Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus


 Demografiya fani va uni aholi geografiyasi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə6/53
tarix27.12.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#199164
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши-fayllar.org

1.3. Demografiya fani va uni aholi geografiyasi 
tadqiqotlarida tutgan o‘rni. 
Demografiya–aholini, avlodlar almashuvi jarayonlari va uning qonuniyatlari
o‘rganuvchi fan bo‘lib aholishunoslik fanlar tizimida asosiy o‘rinni egallaydi.
“Demogafriya” – ikki yunon so‘zining qo‘shilishidan iborat bo‘lib, “demos” –
halq, aholi, “grafiya” – tasvirlash, yozish, o‘rganish, ya’ni “halq haqida yozmoq”,
yoki “aholini sharhlash” ma’nosini anglatadi. Biroq, demografiya fani faqat
sharhlash bilan chegaralanib qolmay, bal‘ki uning o‘rganish doirasi bir muncha
keng va chuqurdir.


14
Demografiyada asosiy kuzatuv birligi – inson hisoblanadi. Inson hayoti


davomida uning fiziologik va psixologik xususiyatlari, ma’lumotlilik, darajasi,
oilaviy holati, kasbi-kori, malakasi ijtimoiy guruhi, yashash joyi, til bilish kabi
imkoniyatlari o‘zgarib boradi. Ana shu alohida inson hayotida ro‘y bergan
o‘zgarishlar yig‘indisi umuman aholi hayotida ijtimoiy-iqtisodiy va demografik
o‘zsharishlarga olib keladi. Nikohga kirish natijasida, oilalar soni oshib boradi,
yolg‘izlar, bo‘ydoqlar soni kamayadi. Nikohning bekor etilishi, ya’ni ajralish
jarayoni esa aholi tarkibida tugalmas oilalarning va bevalar salmog‘ining
ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Inson dunyoga kelar ekan ma’lum davr yashaydi. Ana
shu davr moboynida u ulg‘ayib boradi. Go‘daklik davridan bolalikka, o‘smirlik,
yoshlik va o‘rta yoshlik, yetuklik, qariyalik davrlariga o‘tadi. Har bir o‘quv yili
tugashi bilan aholi tarkibida ma’lumotlilar soni oshib boradi. Ana shu tarzda shaxs
xayotidagi o‘zgarishlar aholi guruhidagi o‘zgarishlarga olib keladi. Insonlarning
bir hududdan ikkinchi bir hududga ko‘chib o‘tishi – migratsiya, ushbu hududlar
aholi soniga va tarkibiga ta’sir etadi.
Aholi soni tug‘ilish va o‘lim hisobiga doimo o‘zgarib boradi. Tug‘ilish
jarayoni aholi sonini ko‘payishiga olib kelsa, o‘lim uning kamayib ketishiga sabab
bo‘ladi. Tug‘ilish va o‘lim jarayonlari asosida aholi tabiiy o‘sishi sodir bo‘ladi.
Agar tug‘ilganlar o‘lganlar sonidan yuqori bo‘lsa, aholi ko‘payib boradi, aksincha,
o‘lganlar soni tug‘ilganlar sonidan ko‘p bo‘lsa, aholi soni kamayib boradi.
Ma’lumki, jamiatda har doim qandaydir sabablarga ko‘ra aholinig bir qismi
xayotdan ko‘z yumadi, ya’ni vafot etadi. Yana bir qism aholi esa, dunyoga keladi.
Jamiatdagi o‘lgan aholi o‘rni, yangi tug‘ilganlar hisobiga to‘lib boradi, avlodlar
almashadi. Ana shu jarayon aholi takror barpo bo‘lishining asosini tashkil etadi.
Biror bir hududda, ma’lum davrdagi aholi tarkibi, o‘tgan davrdagi aholi
takror barpo bo‘lishining natijasi, keyingi davrdagi aholi takror barpo bo‘lishining
zamini hisoblanadi. Demak, aholi takror barpo bo‘lishi jamiyat taraqqiyoti
davomidagi doimiy, murakkab jarayondir.
Aholining takror barpo bo‘lishi natijasida aholi soni va uning yosh-jinsiy
tarkibi muntazam o‘zgarib turadi. Yangi tug‘ilgan bolalar jinsi aholi jinsiy
tarkibiga ma’lum o‘zgarishlar olib keladi. O‘lganlar soni esa aholi yosh tarkibiga
ta’sir etadi. Aholi yosh va jinsiy tarkibidagi o‘zgarishlar jamiatda ma’lum sosial
muammolarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Aholining takror barpo bo‘lish
jarayoni esa, o‘z navbatida qator, ijtimoiy-iqtisodiy omillar ta’sirida sodir bo‘ladi.
Shu bois aholining takror barpo bo‘lish jarayoni jamiat taraqqiyotining har bir
bosqichida o‘ziga xos xususiyatlarga, qonuniyatlarga egadir. Demografiyaning
asosiy predmeti aholining takror bo‘lish qonuniyatlarining tahlili hisoblanadi.
Aholini o‘rganar ekan, demografiya alohida fan sifatida, uning miqdoriy va
sifatiy xususiyatlarining mukammal tahlil etadi.
Aholining miqdoriy xususiyatlari ma’lum millat, hudud aholisi sonining
o‘zgarib (ko‘payishi yoki kamayishi) borishida ifodalanadi. Aholining sifatiy
xususiyatlari esa, ma’lum millat yoki hudud aholisining salomatlik va
ma’lumotlilik darajasida, o‘rtacha umr ko‘rish muddati, bandligi kabi jihatlarda
ifodalaniladi.


15
Har ikkala jarayon, ya’ni, aholining miqdoriy va sifatiy rivojlanishi bir-


biriga chambarmas bog‘liq, xolda sodir bo‘ladi. Masalan, aholi salomatligini
yuqori darajada bo‘lishi, aholi o‘rtasida o‘limning kamayishi, o‘rtacha umr ko‘rish
muddatining uzayishiga olib keladi. Natijada aholi soni ko‘payib boradi.
Shuningdek tug‘ilishning juda yuqori darajada bo‘lishi, ko‘p hollarda ona va bola
organizmning zaiflashib borishiga va o‘lim hollari ko‘payishiga olib keladi.
Jamiat taraqqiyotining eng dastlabki bosqichidan to hozirgi davrga qadar har bir
hudud aholisi ham miqdor, ham sifat jihatdan muntazai o‘zgarib kelgandir.
Demografiya aholining miqdoriy va sifatiy o‘zgarishlarini aholining takror barpo
bo‘lishining asosiy omillari sifatida o‘rganadi.
Aholining takror barpo bo‘lishi, keng ma’noda tabiiy o‘sish, o‘lim,
migratsiya aholining hududlar bo‘ylab harakati, bir ijtimoiy guruhdan ikkinchi
ijtimoiy guruhga o‘tishi, mu’lumot olishi, mehnat faoliyatining boshlanishi va h.q.
natijasida aholi tarkibini yangilab turishini bildiradi.
Demografiya asosiy e’tiborini tabiiy avlodlar almashuvi – ya’ni, tug‘ilish va
o‘lim asosida aholining takror barpo bo‘lish jarayoniga qaratadi. Ushbu jarayonni
jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlaridagi qonuniyatlarini, turli millat, hudud va
davlatlardagi xususiyatlari, omillarini o‘rganadi, muammolarini aniqlaydi va
istiqbolini belgilab beradi. Bu vazifalarni bajarish uchun demografiya jamiyat
taraqqiyoti bosqichlari, tarixiy shart-sharoitlarini atroflaricha o‘rganish lozim.
Demak, demogarafiya, aholining takror barpo bo‘lishi qonuniyatlari 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin