Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus


Aholi geografiyasi va demografiya fanlarining shakllanish va rivojlanish



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə8/53
tarix27.12.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#199164
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   53
Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши-fayllar.org

1.4. Aholi geografiyasi va demografiya fanlarining shakllanish va rivojlanish 
tarixi. 
Aholini o‘rganish, u haqida bilimlar to‘plash juda qadimiy tarixga egadir.
Antik davrga oid qo‘lyozmalarda dunyodagi turli davlatlar tabiati, aholisi,
xo‘jaligi, shaharlari, aholining turmush tarzi, urf-odatlari haqida sayohatchilar,
savdogarlar, elchilar hikoyalari asosida to‘plangan ma’lumotlar uchraydi. Bunday
qimmatli tarixiy asarlarga I – asrda Strabon tomonidan (17 kitob) yaratilgan
“Geografiya”, II – asrdagi Ptolimeyning “Geografiyasi” misol bo‘la oladi. Yer
kurrasida aholi soni va ularning yashash maskanlari ko‘payib borishi bilan aholi
haqidagi bilimlar, ularni o‘rganuvchi fanlar geografiyasi ham kengayib bordi.
Fanlarning dastlabki tasnifi eramizdan oldingi 384-322 yillarda Aristotel
tomonidan yaratilgan bo‘lib, unda mantiq, fizika, biologiya, falsafa etika,
sosiologiya, siyosat, tarix, poeziya kabi fanlar o‘rin olgan edi. Undan keyingi
davrlarda fanlar differensiyasi kuchayib, uning uning tasnifi yana ham
mukammallashdi bir qancha fan majmuasi shakllandi. Akademik B. M. Kedrov
tasnifiga ko‘ra fanlar falsafa fanlari, matematika fanlari, tibbiy va texnik fanlar,
hamda ijtimoiy fanlar majmuasiga ajratildi
1
. Mazkur fanlar tasnifida aholini
o‘rganish asosan ijtimoiy fanlar majmuasidan o‘rin olgan.
Aholi geografiyasi ijtimoiy fanlar majmuasiga kiruvchi iqtisodiy geografiya
bag‘rida shakllandi. XVIII asrlarda geograflar aholini o‘lkashunoslik doirasida
o‘rgangandilar. Keyinchalik aholi geografiyasi tadqiqotlari takomillashib,
rivojlanib borgach u (sosial) ijtimoiy geografiya predmetiga aylandi.
Aholi geografiyasining alohida fan sifatida shakllanishi XIX – asrning
ohirlaridan boshlanadi. Ushbu davrda geografiya tarqibidan “Antropogeografiya”
maktabi ajralib chiqdi. Uning asoschisi nemis geografi F. Ratsel edi. U o‘zining
“Antropogeografiya” asarida antropogeograflarning asosiy vazifasi “shaxs va
xalqning ruhi hamda jismiga tabiat ta’sirini o‘rganishdir” deb belgilaydi. Ular
nafaqat insoniyat, hatto davlatlarni rivojlanishi ham tabiyat qonunlari asosida sodir
bo‘ladi, degan g‘oyani ilgari suradilar.
1
Жекулин В. С. Введение в географию. Ленинград. 1989, с. 32.


18
Aholi geografiyasini shakllanishida fransuz geografi Vidal de la Blash


tomonidan yaratilgan “inson geografiyasi” maktabi ham ahamiyatlidir
2
. Mazkur
maktab vakillari antropogeograflardan farqli, ularoq aholi va tabiyatning o‘zaro
munosabatlarini, hodisalarini o‘rganishda tabiiy omillar bilan bir qatorda iqtisodiy ,
tarixiy va psixologik omillarni ham o‘rganish lozimligini ta’qidlaydilar. Ana shu
maktab asosida aholi geografiyasinng shaharlar geografiyasi, qishloq geografiyasi,
migratsiya geografiyasi kabi tarmoqlari shakllandi.
Aholi geografiyasi bugungi kunda o‘z o‘rganish predmetiga, vazifalariga,
ega alohida fan sifatida rivojlandi. Qator rivojlangan davlatlar oliy o‘quv yurtlarida
aholi geografiyasi turli yo‘nalishlarda (demografiyaning geografik aspekti,
shaharlar geografiyasi, migratsiya geografiyasi, aholi geografiyasi matematik
modellar vaho kazo) o‘qitiladi.
Jaxon geograflari, aholi shunos mutahassislari tomonidan ilmiy asarlar,
darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratilgan. Anglo-amerika mutahasisslari D.
Forrester raxbarligida “Geografiya gorodov”, “Dinamika razvitiya goroda”, B. Dj.
Garker, D. Xarved, S. Gamilton, P. Xagget va boshqalar “Model v geografii”,
fransuz geograflari tomonidan “Ocherki po geografii gorodov” shular
jumlasidandir.
Aholini o‘rganish uchun rus olimlari tomonidan ham XIX – asrning ohirgi
choragi va XX – asrning boshlarida aholi geografiyasiga oid qator tadqiqotlar
o‘tkazilgan. 1883 – 1885 yillarda P. P. Semenov-Tyan-shanskiy raxbarligida besh
tomlik “Geografichesko-statisticheskiy slovar” chop etilgan, bo‘lib, unda
Rossiyada o‘sha paytda mavjud bo‘lgan barcha shaharlar va qishloq maskanlari
ta’riflangan. XIX – asrning ohirgi choragida L. I. Mechnikov tomonidan yozilgan
“Sivilizasiya i velikie istoricheskie reki (1889 g)” kitobi ham aholi geografiyasi
bo‘yicha bajarilgan ahamiyatli ishlardan xisoblandi. Unda muallif jamiyat
rivojlanishini va madaniyatni taqsimlanishida suv yo‘llarining muhim o‘rin
tutishini ifodalaydi. Kitobda insoniyat jamiyatini shakllanishida Nil, Tigr, Yefrat,
Xind va Ganga, Xuanxe va Yansze daryolari tabiatning kompleks ta’sirining tahlil
etgan.
Iqlimshunos A. I. Voeykov 1897 yilda Rossiyada o‘tkazilgan aholi ro‘yhati
asosida Rossiyaning Yevropa qismi v G‘arbiy Sibirda qishloqlar shakllanishini
hududiy tahlil etan. XX – asrning 40 yillaridan boshlab aholi geografiyasi iqtisodiy
geografiyaning mustaqil tarmog‘i sifatida rivojlana boshladi. Bu borada R. M.
Kabo va N. N. Baranskiylar tadqiqotlari alohida o‘rinni egallaydi. N. N. Baranskiy
geografik tadqiqotlarda ishlab chiqarishni asosini tashkil etgan, ham ishlab
chiqaruvchi kuch ham iste’molchi sifatida namoyon bo‘lgan aholini o‘rganish
lozimligini qayd etgan.
Shaharlar va qishloqlar aholi maskanlarini o‘rganish bo‘yicha Yu. G.
Saushkin, O. A. Konstantinov, V. V. Pokishishevskiy, V. G. Davidovich, I. M.
Maergoyz, B.S. Xorev, S.A. Kovalev, N.I. Lyalinovlar qator tadqiqotlar olib
bordilar.
2
Е. Л. Шувалов. География населения. М., 1977 с. 3-5


19
Aholi punktlapi, shaharlarini o‘rganishga bag‘ishlangan ko‘plab asarlar rus


geograflari tomonidan ham yaratilgan. Ammo, aholi geografiyasi iqtisodiy
geografiyadan mustaqil fan sifatida ajralib chiqishi 1940 yillarga to‘g‘ri keladi.
Bunda R. M. Kabo va N. N. Baranskiylarning xizmatini alohida ko‘rsatish joizdir.
Aholi geografiyasi rivojlanishing dastlabki yillarda shahar va shahar aholi
manzilgoxlariga e’tibor kuchaytirildi. O. A. Konstantinov, V. V. Pokishevskiy, Yu.
G. Saushkin, keyinroq V. G. Davidovich va boshqalar shaharlarni o‘rganishga
muhim xissa qo‘shganlar. Har tomonlama qishloq aholisi joylashishiga ta’rifni N.
I. Lyalikov tomonidan 40-yillar ohirida birinchi marta berildi. Keyinchalik, bu
yo‘nalishga S. A. Kovalev o‘zining juda katta mehnatlari bilan kirib keldi. Uning
kishloq aholi punktlapini tipologiyalashtirish, qishloq aholisi joylashuvida o‘ziga
xos metodikalari, qishloq aholi punktlapi tizimidagi qator yo‘nalishlari shular
jumlasidandir.
Aholi
migratsiyasini
o‘rganish V. V. Pokshishievskiy tomonidan boshlangan bo‘lib, hoziogacha aholi
geografiyasida muhim bir yo‘nalish, bo‘lim sifatida alohida mavqeini egallab
kelmoqda.
V. V. Pokshishievskiy aholi geografiyasi fanining o‘rganish predmetini
quyidagicha shaklda talqin etadi. “Aholi geografiyasi iqtisodiy geografiyaning
muhim bir tarmog‘i bo‘lib, aholi va aholi punktlapi joylashishi hamda tarkibini
o‘rganadi”. Umuman olganda bugungi kunda aholi geografiyasi fanining o‘rganish
predmeti aholi va aholi punktlapi joylanishi, tarkibi va dinamik o‘zgarishlarining
makon va zamondagi hududiy xususiyatlarini o‘rganishdan iborat. Bundan kelib
chiqqan holda aholi geografiyasi ikkita asosiy bir-biri bilan chambarchas bog‘liq
yo‘nalishlarga ajraladi: 1. aholini tadqiq etish; 2. aholi punktlapi, uning to‘ri va
tizimlarini tadqiq etish (shahar, qishloq). Har ikkalasida ham aholi geogrfiyasi
iqtisodiy geografiyaning tarkibiy qismi sifatida tadqiqot olib boradi.
Ma’lumki, iqtisodiy geografiyaning asosiy vazifasi ishlab chiqaruvchi
kuchlarining hududiy joylanishi va rivojlanishi qonuniyatlarini o‘rganishdir. Aholi
esa har qanday jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchidir.
Taraqqiyot jarayonida aholining shaxsiy iste’moli bilan birga aholining
o‘ziga ham takror barpo etiladi, ya’ni kishilar avlodlari tarbiyalanadi, voyaga
yetkaziladi. Shuning uchun ham aholini geografik jihatdan o‘rganayotganda uchta
narsaga e’tibor berilishi lozim:
1. Aholiy moddiy boylik ishlab chiqaruvchi kuch, barcha moddiy
ne’matlarning yaratuvchisi;
2. Aholi ishlab chiqarilgan ijtimoiy mahsulotlarni ma’lum qisminini
iste’molchisi;
3. Aholi butun ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining asosiy qismi
bo‘lib, o‘zi ham takror barpo bo‘lishi zarur.
Har qanday iqtisodiy geografik muammolarni har qilishda aholiga xos bo‘lgan
ushbu xususiyatlarni o‘rganish zarur. Iqtisodiy geografiyaning bir tarmog‘i
hisoblangan aholi geografiyasi uning boshqa sanoat geografiyasi, transport
geografiyasi, qishloq xo‘jaligi geografiyasi tarmoqlari orasida alohida o‘rin
egallaydi. Qolaversa, iqtisodiy geografiya o‘z ichiga aholi geogrfiyasini kiritar
ekan endi u xo‘jalik geografiyasidan “jamiyat geografiyasiga” yoki “sosial-


20
iqtisodiy geografiyaga” aylandi. Aholi geografiyasining muhim tushunchalariga


biri bu aholining hududiy tarkibi, aholining va aholining funksional guruhlarga
bo‘linishdir. Aholi hammamizga ma’lum bo‘lgan quyidagi uchta funksional
guruhga ajratiladi:
1. Moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida ishlovchilar (sanoat, qishloq
xo‘jaligi, transportda).
2. Xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lganlar (savdo, maorif, sog‘liqni
saqlash, kommunal xo‘jalik, shahar transporti va hokazo).
3. Ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etmaydiganlar (bolalar, uy
bekalari, qariyalar...)
Bulardan tashqari aholining migratsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan bir qancha
qonuniyatlar ham bor. Yuqorida keltirilgan aholi geografiyasining tadqiqot
yo‘nalishlari aholi geografiyasi predmetini aniq shakllantirishga asos bo‘ldi. Aholi
geografiyasining predmeti qator geograf olimlar tomonidan belgilangan. S. A.
Kovalev, N. Kovalskayalar aholi geografiyasi – aholining tarkibi, dinamikasi va
joylashuvidagi regional tafovutlarni vujudga keltirgan omillarni, aholi va aholi
punktlapining hududiy tizimlarini hamda ularning rivojlanish konuniyatlarini
o‘rganadi. Shuningdek, aholi geografiyasi aholining dunyo bo‘ylab va uning
alohida mintaqalari, ayrim davlatlari hamda rayonlar bo‘yicha almashuvini ham
o‘rganadi
1
, deb qaraydilar.
Hozirgi davrga kelib qator geograflar aholining iqtisodiy-ijtimoiy
geografiyaning shoxchasi, tarmog‘i deb hisoblamoqdalar. Uning predmeti qilib
aholi tarkibi va takror barpo bo‘lishidagi geografik farqlar aholining hududiy
tarqalishi va joylashuvi,aholi madaniyati turli tizimdagi geografik farqlar, mehnat
resurslarini hududiy guruhlari va ulardan foydalanishdagi geografik farqlar; aholi
maskanlari va ularning hududiy tizimi
2
kabilar ko‘rsatilgan.
Hududiy ijtimoiy-iqtisodiy tizimda aholi, aholi punktlapi, aholiga xizmat
ko‘rsatish sohalari, sosial blok tarkibiga kiritilgan xolda iqtisodiy blok elementlari
bilan birgalikda umumiy tizimni tashkil etadi. Demak, aholi geografiyasini
ijtimoiy-iqtisodiy geografiyaning muhim bir tarmog‘i sifatida qarash o‘rinlidir. Har
qanday hududiy-ijtimoiy-iqtisodiy tizimda aholi muhim rol o‘ynaydi. Sababi biron
bir hududdagi ishlab chiqarish insonsiz rivojlanmaydi yoki yaratilgan mahsulot
uning iste’molisiz o‘z yakunini topmaydi.
O‘zbekiston hududida ham aholi va aholi punktlapi haqida ma’lumotlar
qadimiy qo‘lyozmalarda manbalarda mavjuddir.
Aholi geografiyasining yo‘nalishiga oid tadqiqotlar O‘zbekistonda XX –
asrning ikkinchi yarimidan boshlab takomillashib bordi. Ginzburg N., Kavalev G.,
O. Ota-Mirzaev, A. Soliev, X. Salimov, A. A. Qayumov, Rayimjonov Z., Safarov
I, Muxamadaliev R., Tojieva Z., Nazarov M. kabi olimlar olib borgan tadqiqotlar
shular jumlasidandir.
Qayd etilgan tadqiqotlarda Respublikada shaharlar geografiyasi va
shakllanishi omillari, urbanizasiya jarayoni, qishloq joylarida aholi punktlapini
1
С. А. Ковалев, Я. Ковалская ...
2
Е. Л. Шувалов. География населения. М., 1977, с. 8 – 9


21
shakllanish hususiyatlari, joylashuvi, mehnat resurslari geografiyasi bilan bog‘liq


muammolar o‘rganilgan.
Aholi geografiyasining muhim predmeti bo‘lgan aholining takror barpo
bo‘lishi, uning demografik omillari va hududiy jihatlarini o‘rganish, aholi
migratsiyasi bo‘yicha R. Ubaydullaeva, M. Qoraxonov, I. Mullaxonov, M. R.
Bo‘rieva, L. P. Maksakova, R. B. Murtazina, Z. Tojieva va boshqa aholishunos
olimlar tomonidan o‘tkazilgan ilmiy izlanishlar natijalari ham qimmatlidir.
Bugungi kunda O‘zbekistonda aholi geografiyasi tadqiqot yo‘nalishlari
bo‘yicha tumanlar, viloyatlar doirasida mukammal tadqiqotlar olib borilmoqda.
Oliy o‘quv yurtlarida geografiya va boshqa aholishunoslik fanlari tizimiga kiruvchi
yo‘nalishlarda mutahassislar tayyorlashda aholi geografiyasi va demografiya,
bo‘limlariga oid kurslar o‘tkazilmoqda.
Demografiya ham alohida fan sifatida o‘z shakllanish va rivojlanish tarixiga
egadir. Mazkur fanning tarixi aholi haqidagi ma’lumotlar ya’ni demografik
bilimlarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liqdir.
DEMOGRAFIK BILIMLAR – aholi soni, yosh-jinsiy va ijtimoiy tarkibi,
tug‘ilishi, o‘lim hollari, nikoh va ajralish jarayonlari, mionrasiya, hamda oilaning
demografik holatiga oid ma’lumotlardan tashkil topadi. Bunday ma’lumotlar
jamiyatning, ayniqsa davlatning tashkil topishi bilan bog‘liq bo‘lib, juda qadimiy
tarixga egadir. Ilmiy manbalarda qayd etilishicha, aholi ayniqsa erkaklar
xo‘jaliklar, oilalar soniga oid demografik ma’lumotlar eramizdan oldingi
davrlardan boshlab mavjud ekan. Bularga eramizdan oldingi III – VI asrlardan
boshlab Osiyo va Afrika davlatlari, MSR, Mesopotamiya, Hindiston, Hitoy ,
Yaponiya hamda qadimgi Rim va Gresiyada o‘tkazilgan aholi ro‘yhatlari orqali
to‘plangan ma’lumotlar misol bo‘la oladi.
Demografik bilimlar tarixini o‘z mazmuniga ko‘ra, jamiyat raqqiyotning
dastlabki bosqichlardan to bugunga qadar uch davrga bo‘lib, o‘rganish maqsadga
muvofiqdir.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin