“Aqliy hujum” va “Keys study” metodlarini texnologiya
darslarida qo‘llash
Oygul Olimovna Xalloqova
Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti
Annotatsiya: Ushbu maqolada muammoli ta’lim texnologiyalaridan “Aqliy
xujum” va “Keys stadi” metodlari yordamida Texnologiya faninig mavzularini
o‘qitishda qo‘llash namunalari keltirilgan. Avvalo, shu ikki metod bo‘yicha umumiy
ma’lumotlar, yutuq va kamchiliklari o‘rganilgan. Berilgan topshiriqlar yechimlari
bilan birga tahlil qilinib, dars maqsadiga erishish yo‘llari o‘rganilgan. Jarayoni
o‘rganishda Ta’lim oluvchilarning aktiv qatnashganliklari tufayli mavzu xotiralarida
uzoq saqlanib, faol bilim zahirasini tashkil etishi xaqida aytib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar: “Keys stadi” metodi, “Aqliy hujum” metodi, muammoli ta’lim,
texnologiya fani, ta’lim, ta’lim oluvchilar.
Use of Brainstorming and Case Study in Technology Lessons
Oygul Olimovna Khallokova
Pedagogical Institute of Bukhara State University
Abstract:
This article provides examples of problem-based learning
technologies used in the teaching of Technology using the Brainstorming and Case
Study methods. First of all, the general information, advantages and disadvantages of
these two methods are studied. The assignments are analyzed along with the
solutions, and ways to achieve the objectives of the lesson are explored. It was noted
that due to the active participation of learners in the study of the process, the topic is
stored in the memory for a long time and forms an active reserve of knowledge.
Keywords: Case Study, Brainstorming, Problem-Based Learning, Technology,
Education, Learners.
Muammoli ta’lim - o’quvchilarda ijodiy izlanish, kichik tadqiqotlarni amalga
oshirish, muayyan farazlarni ilgari surish, natijalarni asoslash, ma’lum xulosalarga
kelish kabi ko’nikma va malakalarni shakllantirishga yo’naltirilgan ta’limdir.
Asosiy yo‘nalishlar quyidagilardan iborat:
- Ijtimoiy
- Konstruktiv
- Badiiy ifodaviy
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
1126
- Ilmiy-tadqiqot yo’nalishlaridir
Muammoli ta’limning bosh maqsadi - o’quvchilarning muammoni to‘liq
tushunib yetishiga erishish va ularni hal eta olishga o‘rgatishdan iborat. Muammoli
ta’limni amaliyotda qo‘llash asosiy masalalardan biri o‘rganilayotgan mavzu bilan
bog‘liq muammoli vaziyat yaratishdan iborat. Turli o‘quv fanlari bo‘yicha
o‘qituvchilar darslar jarayonida muammoli vaziyatlar hosil qilishni va ularni yechish
usullarini oldindan ko‘zda tutishlari kerak. Shunday muammoli texnologiyalardan
biri - “Aqliy hujum”dir.
“Aqliy hujum” biror muammo bo‘yicha ta’lim oluvchilar tomonidan bildirilgan
erkin fikr-mulohazalarni to‘plab, ular orqali natijada ma’lum bir echimga kelinadigan
metoddir. “Aqliy hujum” metodining yozma va og‘zaki shakllari mavjud. Og‘zaki
shaklida ta’lim beruvchi tomonidan berilgan savolga ta’lim oluvchilarning har biri
o‘z fikrini og‘zaki bildiradi. Ta’lim oluvchilar o‘z javoblarini aniq va qisqa tarzda
bayon etadilar. Yozma shaklida esa berilgan savolga ta’lim oluvchilar o‘z javoblarini
qog‘oz varaqcha (kartochka)lariga qisqa va barchaga ko‘rinarli tarzda yozadilar.
Ta’lim oluvchilarda o‘z fikrini faqat og‘zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish
mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish ko‘nikmasi rivojlanadi. Bildirilgan fikrlar
baholanmasligi ta’lim oluvchilarda turli g‘oyalar shakllanishiga olib keladi.
“Aqliy hujum” metodining o‘tkazilish tartibi quyidagilardan iborat:
1. Ta’lim oluvchilar e’tiboriga savol tashlanadi va ularga shu savol bo‘yicha o‘z
javoblarini (fikr, g‘oya va mulohaza) bildirishlari so‘raladi.
2. Ta’lim oluvchilar savol bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishadi.
3. Ta’lim oluvchilarning fikr-g‘oyalari to‘planadi.
4. Fikr-g‘oyalar ma’lum belgilar bo‘yicha guruhlanadi.
5. Yuqorida qo‘yilgan savolga aniq va to‘g‘ri javob tanlab olinadi. Bu metod
ta’lim oluvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish uchun xizmat qiladi.
“Aqliy hujum” metodi ta’lim beruvchi tomonidan qo‘yilgan maqsadga qarab
amalga oshiriladi, ya’ni:
1. Ta’lim oluvchilarning boshlang‘ich bilimlarini aniqlash maqsad qilib
qo‘yilganda, bu metod darsning mavzusiga kirish qismida amalga oshiriladi.
2. Mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni keyingi mavzu bilan bog‘lash maqsad
qilib qo‘yilganda, yangi mavzuga o‘tish qismida amalga oshiriladi.
3. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash maqsad qilib qo‘yilganda, mavzudan so‘ng
darsning mustahkamlash qismida amalga oshiriladi.
“Aqliy hujum” metodini qo‘llashdagi asosiy qoidalar:
● bildirilgan fikr-g‘oyalar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi;
● bildirilgan har qanday fikr-g‘oya, u hatto to‘g‘ri bo‘lmasa ham inobatga
olinadi;
● jarayonda har bir ta’lim oluvchi qatnashishi shart.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
1127
Dostları ilə paylaş: |