Passiv geterotopik aritmiyalar tashqi impuls paydo bo’lishi va asosiy impulsning o’tkazuvchanligi
pasayishi yoki buzilishidan kelib chiqadi. Passiv ektopik komplekslar va ritmlarga bo’lmacha,
qorincha, atrioventrikulyar tugun o’tkazuvchanligi buzilishi, supraventrikulyar
ritm boshqaruvchisi
migratsiyasi va qorinchadalar navbatdan tashqari qisqarishi kiradi.
Faol geterotopiyalarda paydo bo’ladigan ektopik impuls asosiy ritm boshqaruvchisida hosil bo’lgan
impulsdan oldin miokardni qo’zg’atadi va ektopik qisqarishlar yurakning sinus ritmini «to’xtatadi».
Faol komplekslar va ritmlarga quyidagilar kiradi: ekstrasistoliya (atriyoventrikulyar birikmadan kelib
chiqadigan, bo’lmacha, qorincha), paroksizmal va paroksismal bo’lmagan
taxikardiya
(atriyoventrikulyar birikmadan kelib chiqqan, bo’lmacha va qorincha shakllari),
qorinchalar xilpirashi
va qorinchalar qaltirashi (qorincha fibrilatsiyasi).
II. Intrakardial o’tkazuvchanlikning buzilishidan kelib chiqadigan aritmiyalar.
Ushbu aritmiyalar guruhi impulsning o’tkazuvchi tizim bo’ylab tarqalishini pasayishi yoki to’xtashi
natijasida yuzaga keladi. O’tkazuvchi tizim buzilishlariga quyidagilar kiradi: sinoatrial, bo’lmacha
ichi, atrioventrikulyar (I, II va III daraja) blokada, qorinchalar erta qo’zg’alishi
sindromlari, qorincha
ichi Gis tutami oyoqchalari blokadasi (bir, ikki va uch shoxli).
Dostları ilə paylaş: