Arix kafedrasi


-mavzu. Turkistonda sovet hokimyatiga qarshi qurolli harakat



Yüklə 91,94 Kb.
səhifə4/24
tarix10.11.2022
ölçüsü91,94 Kb.
#68363
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
O\'zbekiston tarixi, fan dasturi, 3-kurs.

8-mavzu. Turkistonda sovet hokimyatiga qarshi qurolli harakat.
Turkiston o’lkasida Milliy ozodlik va istiqlol uchun harakatlarning boshlanishi, uning sabablari. Siyosiy vaziyat. Milliy vatanparvarning qo`liga qurol olishlari va bol'sheviklar rejimiga qarshi istiqlolchiliк harakatini keng tus olishi. Harakatning kuchlari va bosqichlari. Farg’ona vodiysida istiqlolchilik xarakati, ularning namoyondalari. Kichik va katta Ergashlar. Muhammad Aminbek Ahmadbek o`gli (Madaminbek), Shermuhammadbek va boshqalar. O’lkadagi istiqlolchilik xarakatining o`ziga xos milliy xarakteri va xususiyatlari. BXSR va XXSRdagi harakatlarning xususiyatlari. Ayrim guruhlarning bu harakatdan o`z manfaatlari yo`lida foydalanishga intilishi. Turkistonda mustamlakachilarga qarshi qarshilik harakatining bostirilishi, uning sabablari va saboqlari.


9-mavzu. Turkistonda sovet boshqaruv tizimining mustahkamlanishi, ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi o`zgarishlar.
Sovet-mustabid boshqaruv tizimining mustahkamlanishi. Moliya, sanoat tarmoqlari, transport, hunarmandchilikdagi o`zgarishlar. Iqtisod sohasidagi yangi chora tadbirlar. Yangi iqtisodiy siyosat (YaIS) (1921- y.) va uning asosiy mazmun - mohiyati. Soliqlar tizimini joriy etish. Turkiston iqtisodiyotidagi kelishmovchiliklar. Turkiston Iqtisodiy Kengashi (Turk EKOSO)ning tuzilishi (1921-y. mart). TurkEKOSO tarkibida Davlat rejalashtirish Komissiyasi (Gosplan)ni tuzilishi. Pul islohoti, markaziy bank bo`linmalari, Turkiston banklarini tashkil etilishi. Sanoat va hunarmandchilik sohalariga nisbatan iqtisodiy siyosatdagi liberallashuv (kelishuvchilik). Agrar sohadagi munosabatlar, yer munosabatlari, paxtachilik va u bilan bog’liq sanoat korxonalari faoliyati. Shirkat xo`jaliklari, kooperatsiya turlari. Ijtimoiy hayotdagi ahvol. Sovet hukumati iqtisodiy siyosatining mustamlakachilik mohiyati.


10-mavzu. Xiva xonligi va Buxoro amirligining qizil armiya tomonidan tugatilishi. XXSR va BXSRning tashkil topishi. O`rta Osiyoda milliy hududiy chegaralanish o’tkazilishi.
1917 – 1920-yillarda Xiva xonligidagi ijtimoiy - iqtisodiy ahvol. Siyosiy o`zgarishlar (Yosh хivaliklar partiyasi faoliyati). Xonlikda vaziyatning keskinlashib borishi. Asfandiyorxonning olib borgan ichki va tashqi siyosati. Junaidxonning (1857-1938) faoliyati. Asfandiyorxonning o`ldirilishi va Said Abdulloni xon deb e`lon qilinishi va uning taxtdan voz kechishi. Hokimiyatni muvaqqat inqilobiy hukumat qo`liga o`tishi. 1920-1924- yillarda Xorazmdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, Butunxorazm birinchi qurultoyi va Xorazm Xalq Sovet respublikasi tuzilganligini e`lon qilinishi (1920-yil 26-aprel). Hukumat raisi Polvonniyoz Xoji Yusupov, muovinlari - Jumaniyoz Sultonmurodov, Qo`shmamedxon Sapievlar faoliyati. g’oyaviy siyosiy kurash. Xorazmda vatanparvarlar harakati. Xalq xo`jaligining ahvoli, aholi turmush darajasi.
1917 – 1920-yillarda Buxoro amirligidagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyat. Amir Said Olimxon yuritgan ichki va tashqi siyosati. "Yosh buxoroliklar" tashkiloti faoliyati. 1918-yil mart oyi voqealari. Vaziyatning keskinlashib borishi F.Kolesov voqeasi, Qizil tepa bitimi (1918-y., 25-mart). F. Xo`jaev, A.Fitrat va boshqalarni milliy harakatdagi faolliklari. Buxoro Xalq Sovet respublikasining tashkil etilishi. 1920-1924-yillardagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlar.
O`rta Osiyo – Turkiston xalqlarining yagona va umumiy vatani “Markaz”ning tarixan tarkib topgan uchta (Turkiston, Buxoro va Xorazm) davlatlarini tugatib o`rniga yangi davlat tuzish g’oyasi. Milliy respublikalar va viloyatlar tuzishga ko`rsatma berilishi va uning siyosiy jihatdan asoslanishi. TASSRni bo`lib tashlash, Buxoro hamda Xorazm Xalq Sovet Respublikalarini tuzish uchun RKP (b) MK hamda Turkkomissiya o`tkazgan tadbirlari, tuzgan loyihalari o`tkazgan taizyiqlar va chiqargan qarorlar. Turkkomissiya va bir guruh milliy yetakchilar o`rtasidagi munozarali nizolar. Mintaqaviy milliy - hududiy jihatidan qayta tuzish masalasini partiya organlarida muhokama qilinishi. Bu jarayonlarda O`rta Osiyo byurosi (Sredazbyuro)ning roli (1922-1923-yy.). O`rta Osiyoni chegaralab bo`lish va milliy respublikalar tuzish masalasini Turkiston, Buxoro va Xorazm respublikalari MIQ hamda Kompartiya majlislarida muhokama qilinishi va ularning chegaralanishgа bildirgan roziliklari hamda qabul qilgan rezolyutsiyalari. O`zbekiston SSR tuzilishi. Yer maydoni, aholisi. O`zbekiston SSRning SSSR tarkibiga kirishi.



Yüklə 91,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin