Gidroksidlardan faqat NH4OH eritma holida bo'lib, boshqalari qattiq holda bo'ladi. lshqorlar qattiq holda, ko’pchiligi oq rangli, juda gigroskopik moddalardir. KOH, NaOH, Ca(OH)2 — oq rangli, Ni(OH)2 — yashil rangli, Fe(OH)3 — qo‘ng‘ir rangli moddalar va h.k. Ishqoriy va ishqoriy-yer metallar (berilliy va magniydan boshqa) gidroksidlari suvda eriydi. Qolgan asoslar suvda erimaydi yoki juda yomon eriydi. Indikatorlarning rangini o‘zgartiradi: qizil lakmusni ko‘k tusga, rangsiz fenolftaleinni — pushti rangga kiritadi. NaOH va KOH ishqorlar qizdirishga juda chidamlidir. Masalan, NaOH 1400℃ da parchalanmasdan qaynaydi. Lekin asoslarning ko‘pchiligi qizdirilganda parchalanadi.
va suv hosil qiladi (bu
reaksiya neytrallanish reaksiyasi deb ataladi)
NaOH + HCI = NaCl + H2O
3. Qizdirilganda suv ajratib chiqarib tegishli metall oksidini
hosil qiladi:
Asos = asosli oksid + suv
Ca(OH)2 =CaO+H2OCu(OH)2 = CuO + H2O
4. Ba’zi gidroksidlar qizdirilsa, suv,
kislorod va erkin holda metall ajralib
chiqadi:
Asos = metall + suv + O2
4AgOH = 4Ag + O2 + 2H2O
2Hg(OH)2 = 2Hg + O2 + 2H2O
5. Ammoniy gidroksid temperature ta’sirida gazsimon moddalarga to’liq parchalanadi:
NH4OH = NH3+H2O
6. Ishqorlar tuzlar bilan ta’sirlashadi va yangi asos hamda tuz (sharoitga qarab o‘rta
yoki asosli) hosil qiladi:
Ham asos, ham kislota xossalarini namoyon etuvchi gidroksidlar amfoter gidroksidlar deyiladi, yoki boshqacha aytganda dissotsilanganda bir vaqtning o‘zida vodorod kationlari N+ ni ham, gidroksid-ionlar OH - ni ham hosil qiladigan gidroksidlar amfoter gidroksidlar deyiladi.
Al(OH)3 + NaOH = Na[Al(OH)4] eritmada
Al(OH)3 + NaOH = NaAlO2 + 2H2O qattiq holatda
Al(OH)3 +3HCl = AlCl3 + 3H2O
Amfoter gidroksidlami olish uchun metallga ekvivalent miqdordaishqor ta ’sir ettirish kerak:
AlCl3 +3NaOH=Al(OH)3↓+3NaCl
Be(NO3)2 + 2KOH = Be(OH)↓2 + 2KNO3
KISLOTALAR
Kislotalar deb, tarkibida vodorod atomlari va kislota qoldig‘i saqlagan murakkab moddalarga aytiladi.
Kislotalar tarkibiga ko‘ra, kislorodsiz (HnE) va kislorodli (HnEOu) bo'ladi.
Kislorodsiz kislotalarga: HF, HCl, HBr, HI, H2S, HCN, HCNS Kislorodli kislotalarga: HCIO, HClO3, HClO4, HBrO3, HIO3,
H2CO3, kabilar kiradi.
Kislotalar tarkibidagi vodorod atomlari soniga ko‘ra: bir asosli (bir negizli) HF, HCl, HNO3, HNO2, HI, HBr, HCIO - molekulasi tarkibida bitta vodorod atomi tutgan kislotalar; ikkiasosli (ikki negizli) kislotalar H2S, H2CO3, H2SO3, H2SO4uch asosli (uch negizli) H3PO4, to’rtasosli (to‘rt negizli) H4P2O7 ga bo‘linadi.
Kislotalar IYuPAK ning 1979 yilda qabul qilgan nomenklaturasiga asosan nomlanadi: ∆) kislorodsiz kislotalam ing nomi — kislota hosil qilgan element nomiga — “id” qo‘shimchasi qo‘shib aytiladi: HF — florid, HCl
∇) kislorodli kislotalanla element turli valentlik (yoki oksidlanish darajalari) namoyon qilsa: — “gipo” old qo‘shimchasi markaziy atom eng past oksidlanish darajasida bo‘lsa qo'shiladi: НСlO- gipoxlorit, HBrO - gipobromit, HIO - gipoyodit kislota deyiladi;
“it” qo’shimchasi markaziy atom o'rtacha oksidlanish darajasida bo‘lsa qo'shib aytiladi: НСlO2 -xlorit, H2SO3 sulfit, HNO2 nitrit, H3PO3
”at“ qo‘shimchasi markaziy atom yuqori oksidlanish darajasida bo‘lsa, kislota hosil qiluvchi element nomiga qo‘shib aytiladi: H2CO3- karbonat, H2SiO3 — silikat, H2SO4 —sulfat, НСlO3— xlorat, HBrO3
“per” old qo'shimchasi kislota hosil qiluvchi elementning juda yuqori oksidlanish darajasini ko'rsatish uchun aytiladi: HCl+7O4 perxlorat, HMn+7O4— permanganat, HI+7O4 — peryodat kislota;
“piro” qo'shimchasi agar kislota bir xil tarkibli kislotaning ikkita molekulasi birikib, bir molekula suv chiqib ketishidan (qizdirish natijasida)hosilbo‘lganbo‘lsa,uningnomigaqo‘shibaytiladi:H4P2O7
pirofosfat kislota (yoki difosfat kislota).
bir element bir xil oksidlanish darajasida turli tarkibli kislotalar hosil qilsa, vodorod atomlari (aniqrog‘i suv molekulalari) soni kami “meta”, vodorod atomlari ko'piga “orto” — old qo'shimchasi qo’shib aytiladi: HP+5O3 - metafosfat; H3P+5O4- ortofosfat, HB+3O2 - metaborat; H3B+3O3 - ortoborat; H2Si+4O3 - metasilikat; H4Si+4O4 - ortosilikat kislotasi deyiladi;