Asosiy qism Gaplarni bo`laklarga ajratish tamoyillari


Mustaqil holda alohida gap bo‘la olish belgisi



Yüklə 60,99 Kb.
səhifə10/14
tarix06.06.2023
ölçüsü60,99 Kb.
#125894
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Aniqlovchi va uning o\'zbek tilshunosligidagi tadqiqi

1. Mustaqil holda alohida gap bo‘la olish belgisi. Bu belgi 4-belgi bilan chambarchas bog‘langan. O‘zbek lisoniy tizimi gapda ma’lum bir axborotni tashuvchi tasdiq/inkor, mayl/zamon va shaxs/son ma’no va munosabatlarini ifodalovchi tarkibiy qismlar zarur bo‘lishini talab qiladi. So‘z-gaplarda bunday tarkibiy qismlarni alohida-alohida ajratish mumkin emas. Lekin ular ham gap bo‘la oladi, chunki kesimlik shakllari ma’no va munosabatlari so‘z-gaplarning o‘zida mujassamlangan va ularning ichki mohiya-tini tashkil qiladi. Bunday gaplarda kesimlik kategoriyasi ma’nolari va kesimlik ─ gap markazi vazifasida kelish ─ fikrni shakllantirish, uni ifodalash bor. Ularda gap sifatida voqelanuvchi so‘zning leksik ma’nosida mujassamlashgan. Shu sababdan bunday gaplarda kesimlik mavjud, ammo kesimlik shakli ifodalanmagan.


2. Demak, so‘z-gaplar mustaqil gap bo‘la olish qobiliyatiga ega bo‘lganligi uchun bu so‘zlarga nisbatan semantik funktsional shakllangan so‘z-gaplar atamasi qo‘llaniladi. Bu atamadagi “semantik” tarkibiy qismi hodisaning lug‘aviy (ma’noviy) tomoniga ishora qilib turadi. Bunda gap markazi mavqeida kelgan leksemalarning ikki tabiiy xususiyati namoyon bo‘ladi, ya’ni bunda leksik birlik ham so‘z, ham gapdir. Bu atamaning funktsional tarkibiy qismi esa so‘z-gaplarning sintaktik vazifa bajarishi f a q a t g a p m a r k a z i v a z i f a s i d a k e l a o l i sh i bilan chegaralanganligini ifodalaydi. Demak, semantik-funksional shakllangan gaplar grammatik shakllangan gaplar ([Wpm])dan farq qiladi va kesimlik ma’nolari so‘z-gaplarda leksik birlikning yoki atov birligi [W]ning o‘zida mujassamlanganligi tufayli so‘z-gaplarning lisoniy qurilish qolipi [W] sifatida berilgan.

3.So‘z-gaplarning o‘ziga xos g‘ayrioddiy lug‘aviy ma’noga egaligi.
 Bu xususiyat quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
a)ma’no imkoniyatlari chegaralangan;
b)o‘zida grammatik shakllarni talab etmaydi;
v)boshqa so‘zlar bilan birikish qobiliyatlaridan mahrum;
g)gapda bajara oladigan vazifasi cheklangan;
d)ma’nоli qismlarga ajralmaydi.
Shuning uchun ham bu leksemalar boshqa leksemalarga nisbatan g‘ayrioddiy, biroq ma’no va vazifa jihatidan alohida barqaror til birligi hisoblanadi. Aytib o‘tilgan fikrlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish, taqlid kabi so‘z turkumlari gapning istagan bir bo‘lagi vazifasida kela olsa, so‘z-gaplar gap (yoki uning markazi) vazifasida kela olishga xoslangan, bog‘lovchi, ko‘makchi, yuklamalar esa sintaktik aloqani ifodalash uchun xizmat qiladi.


Yüklə 60,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin