Asosiy qism I. Bob yarimo’tkazgichli yorug’lik manbalari va qabul qilgichlari


Optoelektron asboblardagi fotoqabulqilgich turlari



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə9/25
tarix21.12.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#188559
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
Dissertatsiya(Fotopryomniklar)100%

Optoelektron asboblardagi fotoqabulqilgich turlari

Optronlarda fotopriyomnik sifatida fotorezistorlar,fotodiodlar, fototranzistorlar, fototiristorlar va boshqalardan foydalaniladi.


Fotorezistorlar asosidagi fotopriyomniklar .
Optronlarda fotorezistorlar sifanida yarimo’tkazgichlarning fotoo’tkazuvchanlik xususiyatidan foydalaniladi, ya’ni tashqi yoritish ta’sirida ularni o’z qarshiligini xususiyati o’zgarishiga asoslangan. Fotorezistorlarni xususiyati va ularni konstruksiyasilari to’la beramiz.
Ko’p hollarda nur energiyasini elektr energiyasiga o'zgartirib beradigan yarimo'tkazgichli asboblarga fotoelektron asboblar deb ham ataladi . Fotoqabul qilgichlarning ishlash prinsipi yarimo’tkazgichli materiallarda yorug’likning yutilishi natijasida yuzaga keladigan fizik hodisalarga asoslanadi.[16]
Yarimo’tkazgichli materiallarda yorug’lik , ya’ni foton energiyasini yutilishi natijasida electron va kovaklar jufti hosil bo’ladi. Hosil bo’lgan elektron va kovaklar jufti yarimo’tkazgichli materiallarda elektr tokini tashishda ishtrok etadi.
Masalan, ma’lum sharoitlarda yarimo’tkazgichda yorug’likni yutilishi natijasida qo’shimcha zaryad tashuvchilarning hosil bo’lishi kristallning elektr o'tkazuvchanligini o'zgartirishi mumkin( fotorezistiv effekt) yoki elektron o’tishlarga ega bo’lgan turli sohalar orasida elektr yurutuvchi kuch yuzaga kelishi mumkin( fotogalvanik effekt).Endi fotorezistiv effektga asoslangan asbob bilan tanishamiz. Fotoqarshiliklarning ichki qarshiligi yorug’lik ta’sirida o’zgaradi. Ularni tayorlash texnologoyasi quyidagicha: dielektrik taglikka bug’latish (changlatish) usuli bilan yoruglik sezgir yarimo'tkazgichli material, masalan, karbid – kremniy, sulfid kremniy, oltingugurtli qo'rg'oshin va boshqalar qatlam – qatlam qilib

changlatish usulida sochiladi. Changlatib sochilgan plastinka, ebonit yoki boshqa materiallardan darchali qilib tayorlangan tutgich ichiga joylashtiriladi. Elektrodlar ma’lum usul bilan chiqichlarga ulanadi. 2.5.1 a,b – rasmda fotoqarshilikning tuzilishi va ularning ulanish sxemasi keltirilgan.



а) b)
5.1 - rasm.Fotoqarshilikning (a) tuzilishi va (b) ulansh sxemasi .



5.2 -rasm. Fotoqarshilikning volt – amper va yorug’lik xarakteristikakari.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin