Ilovalar…………………………………………………………………………..80
Kirish Mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat deb qaralayotgan bir davrda ijtimoiy – iqtisodiy sohani taraqqiy ettirish, iqtisodiyotni barqaror sur’atlar bilan rivojlantirish, bugungi kun talablariga javob bera oladigan ishlab chiqarish jarayonlarni tashkil etish, yaqin kelajakda barcha sohadagi amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan islohotlar izchilligini ta’minlashda energetika tizimining o‘rni va salmog‘i o‘ta muhim hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoevning 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha “Harakatlar Strategiyasi”da iqtisodiyotda energiya hamda resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish masalalari ustuvor vazifalar sifatida belgilangan. Mamlakatimiz energiya xavfsizligini ta’minlashda, energiya ta’minoti tizimlarida innovatsion texnologiyalarni joriy etgan holda, mamalakatimizning kelajakdagi istiqbolli energiya ta’minoti hisoblangan ekologik toza muqobil energiya manbalaridan foydalanish darajasini oshirish, ushbu manbalar hisobida ishlaydigan qurilmalarni takomillashtirish mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlashda poydevor bo‘lib xizmat qilishi bilan bir qatorda bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisolanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 fevraldagi PQ-2772-sonli «2017-2021 yillarda Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida»gi qarori kabi bir qator muhim xujjatlar qabul qilinganligi har bir soha alohida o‘zi bilganicha emas, balki hamma sohalarning rivojlanish uyg‘unligini ta’minlab berilishiga xizmat qiladi. Zero, O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 2013 yil 1-martda “Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 01.03.2013 yil PQ-4512- sonli farmonida quyosh energiyasi texnologiyalarini rivojlantirish tendensiyalari va istiqbollari mamlakatimizda bu sohada erishilgan yutuqlar va kelajakda qayta tiklanadigan (muqobil) energiyaning eng samarali va istiqbolli manbai sifatida quyosh energiyasini rivojlantirish loyihalarini ishlab chiqish va joriy etishga erishish inqirozdan chiqishda lokomotiv vazifasini bajaradigan omillardan biri bo‘lishi ta’kidlagan.
Jahonda hozirgi kunda shiddat bilan rivojlanayotgan yarimo‘tkazgichlar fizikasi sohasida kremniy negizidagi strukturalarda fotoelektrik energiya o‘zgartirish samaradorligini oshirish muhim muammolardan biri hisoblanadi. Bunda fotoo‘zgartirgich yuzasiga tushayotgan yorug‘lik oqimining samarali yutilishini ta’minlash, fotogeneratsiyalangan zaryad tashuvchilarning sirtiy va hajmiy rekombinatsiyasini kamaytirish, yuqori samarali fotoo‘zgartirgichlar uchun istiqbolli yangi strukturalar olish, ularning elektrofizik va fotoelektrik xossalarini o‘rganish muhim vazifalardan bo‘lib kelmoqda. Kremniy negizidagi strukturalarda fotoelektrik energiya o‘zgartirish samaradorligini oshirish borasida maqsadli ilmiy tadqiqotlarni, jumladan, quyidagi yo‘nalishlardagi ilmiy izlanishlarni amalga oshirish muhim vazifalardan hisoblanadi. Shunindek, muqobil energiya manbalaridan keng foydalanish har bir mamlakatning ustuvor maqsadlari hamda energetika havfsizligi vazifalariga muvofiq keladi va energetika sohasining jadal rivojlanayotgan yo’nalishlaridan hisoblanadi. Iqtisodiy taraqqiy etgan va rivojlanib borayotgan mamlakatlarda uglevodorod xomashyosini jahon miqyosidagi zahiralari kamayib borayotgan sharoitda iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi va raqobatbardoshligini oshirishning eng muhim omili sifatida muqobil energiya manbalaridan amalda foydalanish bo’yicha islanmalar jadal sur’atlar bilan olib borilmoqda.
Toshkent davlat texnika universiteti “Raqamli elektronika va mikroelektronika” kafedrasida akademik M.K. Bahodirxonov boshchiligida mustaqil izlanuvchilar va iqtidorli talabar tomonidan quyosh energiyasidan samarali foydalanish, foydali ish koeffisienti yuqori bo’lgan yangi avlod quyosh elementlarini yaratish bo’yicha salmoqli ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Zero bu butun dunyoda rivojlanibgina qolmay, hali ochilmagan bir qator muammolari bilan ham dolzarbdir.
Muqobil energiya manbalaridan keng foydalanish har bir mamlakatning ustuvor maqsadlari hamda energetika xavfsizligi vazifalariga muvofiq keladi va energetika sohasining jadal rivojlanayotgan yo’nalishlaridan hisoblanadi. Iqtisodiy taraqqiy etgan va rivojlanib borayotgan mamlakatlarda uglevodorod xomashyosini jahon miqyosidagi zahiralari kamayib borayotgan sharoitda iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi va raqobatbardoshligini oshirishning eng muhim omili sifatida muqobil energiya manbalaridan amalda foydalanish bo’yicha islanmalar jadal sur’atlar bilan olib borilmoqda. O’zbekistonda muqobil energiya manbalaridan, eng avvalo quyosh energiyasidan foydalanish sohasida ilmiy va eksperimental tadqiqotlar olib borish borasida salmoqli tajriba to’plangan bo’lib, ular yuzasidan bir qancha o’n yillar mobaynida ishlanmalar olib borilmoqda.
2013 yil 1 martda O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining PF-4512-sonli “Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Ushbu Farmonga muvofiq Toshkentda xalqaro quyosh institute ish boshladi, Navoiyda fotoelektrik panellar ishlab chiqarish, Samarqandda 100 MVt quvvatli quyosh fotoelektrik stansiyasini ishga tushirish kabi ustivor vazifalar belgilandi. Farmonda belgilangan vazifalarni amalga oshirish natijasida quyosh va biogaz energiyasidan foydalanishni yanada samarali usullarini va texnologiyalarini ishlab chiqish, amaliyotga qo‘llash uchun ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish hamda zamonaviy moddiy-texnik bazani yaratish bo‘yicha imkoniyatlar yaratilmoqda. Respublikamizda quyosh elektr stansiyalarini qurish ishlari bo‘yicha dastlabki qadamlar tashlandi. Masalan, Namangan viloyatining Pop tumanida 1 megavatt quvvatga ega bo‘lgan, Buxoroda esa 1,2 megavatt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyalari ishga tushirildi va hozir bu loyihalar muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilmoqda.
Yuqoridagilardan kelib chiqib qabul qilingan Farmon va Qarorlar ijrosini va unda belgilangan vazifalari o‘z vaqtida ta’minlash va ijrosini ta’minlash hamda universitetda o‘quv, o‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlari samaradoligini oshirish, ilmiy-tadqiqot natijalaridan foydalanish va o‘zaro ilmiy hamkorlik mexanizmini yanada takomillashtirish maqsadida Toshkent davlat texnika universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘zR FA “Fizika – Quyosh” IICHB, Fizika-texnika instituti, “Energetika va avtomatika” instituti qoshida kadrlar tayyorlash, o‘quv va ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish, ilmiy-tadqiqot natijalaridan foydalanish, o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar malakasini oshirishni tashkil etish hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtirish uchun «O‘quv-ilmiy kompleks» tashkil etildi.
O’tkazilayotgan ilmiy-tadqiqotlarning natijalari mamlakat iqtisodiyotining turli tarmoq va sohalarida amalda eksperimental ravishda keng ko’lamda qo’llanilmoqda. Respublikada quyosh energiyasi bilan suv isitadigan qurilmalar asosida uy-joylar va ijtimoiy ob’ektlarni issiq suv bilan ta’minlash tizimlari ishlab chiqilmoqda va ulardan tajriba tariqasida foydalanilmoqda. Toshkent shahrida, Samarqand viloyati va boshqa mintaqalarda issiq suv olish uchun gelioqurilmalar o’rnatilgan. Turli quvvatlardagi fotoelektrik qurilmalarni ishlab chiqarish o’zlashtirilgan. Ko’plab oliy o’quv yurtlari va kasb-hunar kollejlarida mazkur soha uchun malakali kadrlar tayyorlab kelinmoqda. Mazkur hamkorlik asosida universitetda O‘zbekiston Respublikasi FA “Fizika-Quyosh” IICHB Fizika-texnika instituti, Xalqaro Quyosh energiyasi instituti, Energetika va avtomatika instituti, Toshkent davlat texnika universitetining olimlari va mutaxassislar noan’anaviy va qayta tiklanuvchan energiya manbalaridan samarali foydalanish yo‘nalishida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Jumladan Toshkent davlat texnika universitetining “Raqamli elektronika va mikroelektronika” kafedrasida muqobil energiyadan manbalaridan foydalanish bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarida prof. Baxodirxanovlar rahbarligida amaliy va fundamental tadqiqotlar doirasida grantlar bajarilmoqda. Ushbu amaliy tadqiqotlarga iqtidorli talabalar va magistrantlar ham jalb etilib, natijalari bo‘yicha universitetda oxirgi uch yilda 4 ta ilmiy monografiya, 100 dan ortiq ilmiy maqolalar chop qilindi, 10 ta ilmiy ixtiro uchun talabnomalar berildi. An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan Respublika innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va loyihalar yarmarkasiga 10 dan ortiq innovatsion loyihalari bilan ishtirok etdilar. Ushbu dissertatsiya ishida energiya tejamkor, muqobil energiya manbalari hisobida ishlovchi energiya samarador texnologiyalarni va innovatsion loyihalarni ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish, fan-ta’lim-ishlab chiqarish o‘rtasidagi innovatsion korporativ hamkorlikni rivojlantirish va energetika sohasida malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash borasidagi olib borilayotgan ilmiy, ilmiy-uslubiy tadqiqotlar natijalarini bir qismi sifatida fotoenergentika, xususan fotoelementlarning yangi avlodi uchun nanoklasterli materiallar taklif qilinadi va uning dastlabki tekshirish va o‘lchash natijalari muhokama qilinadi.