Mavzuning dolzarbligi: Hozirgi kunda ishlatiladigan infraqizil (IQ) nurlarni sezadigan datchiklarda ishlatiladigan materiallar ta’ qiqlangan soxasi kichik bo‘lgan yarimo‘tkazgichlar asosida olinadi. Ta’qiqlangan soxaning kamayib borishi issiqlik energiyasi kT ga yaqinlashganda materialning IQ soxadagi nurlarni qayd qilish imkoniyati yo‘qoladi. Kremniy materiali asosida 1 mkm dan katta bo‘lgan to‘lqin uzunlikdagi nurlanishni qayd qilish imkoni yo‘q. Shuning uchun kremniy kristal panjarasida nanoklasterlarni xosil qilish bilan IQ datchiklarni yaratish ilmiy va amaliy jixatdan katta axamiyatga ega.
Bizga ma’lumki shu paytgacha IQ fotodatchiklarini yaratishda yupqa qatlamli materiallardan foydalanilgan. Hozirda biz IQ fotodatchiklarini kristall shaklida olmoqdamiz. IQ fotodatchiklarimiz to‘lqin uzunligi λ=1,5-3 mkm to‘lqin uzunlikdagi IQ nurlarni sezmoqda.
Magistrlik dissertatsiyasining maqsad va vazifalari:
Kremniy elementiga belgilangan termodinamik sharoitlarda “past haroratli” va an’anaviy diffuzziya usuli bilan II va VI guruh elementlarini kirishma sifatida kiritish hamda hajm va yuzada ularning binar birikmalarini hosil qilish.
Asosiy taglik material sifatida eng ko’p tarqalgan (yer yuzida 28%) yarim o’tkazgich materiali kremniy (Si) elementidan foydalanish, bunda degradasiya koeffisientini minimal darajada saqlab qolish.
Shu davrgacha Si da binary birikmalar sifatida to’liq organilmagan II (Zn, Cd, Mg) va VI guruh elemetlarini (S, Se, Te) atomlari birikmalari – elementar binary yacheykalar hosil qilish texnologiyasini ishlab chiqish.
Si yuzasi va hajmida yuqori konsentrasiyali AIIBVI binar birikmalar hosil qilish va uning optik parameterlarini o’lchash hamda tahlil etish.
ZnSe binar birikmalar asosidagi fotopryomnikning parametrlarini o’lchash va tahlil qilish.
Si asosidagi ZnSe binar birikmali fotopryomniklarning IKS -12 qurilmasida tadqiq qilish.
Si asosidagi ZnSe binar birikmali fotopryomniklarni asosiy parametrlarini haroratga ta’siri.