O n sakkizinchi bob
D ildor cho‘chib uyg‘onganda, darichalam ing tirqi-
shidan tong yorug‘ligi sizg‘ir edi. T o ‘shaklarda qator
yotgan sheriklari — kanizaklar bir-birilariga suqilishib,
jim gina uxlashardi.
— Turinglar, hay yetim qo ‘zilar. Taltaymanglar —
so‘kishga-qarg‘ishga botasenlar! — yostiqdan boshini
ko ‘tarib qichqirdi Dildor.
Ikkita qiz ko‘zlarini arang ochib, yana g‘ingshinib
yumishdi. D ildor homuza tortib, kerishib o ‘m idan
250
turdi. Odaticha, tez va yengil kiyinib, eshikni ochdi.
N am va sovuq shamol mavji uni birdan quchib,
seskantirdi.
Elakda elangan un kabi, mayda qor siypalab
yog‘ardi. Bog‘chalar, cham anzorlar oqargan, sarvlar-
ning nozik qomatlari kum ush parlangan. Tansiq qor!
Yana qish. Q ancha m arta bu yerda ilk qom i qarshi-
lardi! — Dildorning esida ham yo‘q. U, har vaqtdagi
kabi, dardli xayollarga berilib, unda-bunda iz tushgan
qorda yurib ketdi. Kafsh ichini to ‘ldirgan qom i ham
sezmagandek b o ‘ldi. Qarg‘alar, quzg‘unlar shaxdam
tovush bilar qag‘illashib uchishar, uzoqda nazoratchi
qullaming ko‘lankalari izg‘ir edi. M adorini qish uz-
ganday suzilib oqayotgan ariq bo 'y id a D ild o r
cho‘qqayib, apir-shapir yuvindi. H o ‘l barmoqlari bilan
sochlarini tarab-tekislab, xonaga qaytarkan, uzoq-
dan Davlatbaxtning allaqanday hayajonli tovushini
eshitdi:
— D ildor, yugur, bu tom on yugur.
— H a, nim a gap? Yana kalamush tutdingizmi?
— Sho‘rimiz quridi, yugur, — b o ‘g‘ilib qichqirdi
Davlatbaxt.
D ildor qorga to ‘lgan kafshini tushirib, kiyib, D av
latbaxt yashaydigan xonaga yugurdi. Eshikda D avlat
baxt shaq-shaq titrar, tusida tus qolmagan edi.
— N im adan q o ‘rqdingiz, egachijon? — Davlat-
baxtga yopishdi hovliqib Dildor.
— G ulsanam ga bir qara,— yerga to ‘shalgan yolg‘iz
to ‘shakni ko ‘rsatdi u.
D ildor uyning to ‘riga o ‘tib, to ‘shakka engashdi —
ko‘zlari dahshatli olayib: «Voy!» deb qichqirdi.
Davlatbaxt darichani ochdi. Qish tongining sovuq
so‘nik nuri turkm an qizi G ulsanamning o ‘lik yuzida
aks etdi.
— 0 ‘rtoqjonim , gulim, nim a qilding? Nega bizni
tashlab ketding?
D ildor suyukli o‘rtog‘ini, sirdoshini, darddoshini
quchoqlab, h o ‘ng-ho‘ng yig‘ladi. Davlatbaxt ham o ‘lik
qizning boshiga cho'qqayib, titrab, yig‘i aralash
251
so'zladi: «Bugun men bu uyda tunamagan edim.
H ozir kirib «tur», deb qichqiramen, qichqiramen,
«g‘iq» etmaydi. Yaqin kelib qaradim, turtdim , qotib
yotibdi! Zahar ichgan, zahar... Ko'rm aysenm i, ko‘ka-
rib ketibdi! M en o ‘lay, nega seni yolg‘iz qoldirdim,
nega siringdan xabarsiz qoldim!»
— Oh, Davlatbaxt, go‘yo ko‘ngillarimizdagi dard-
dan, yaradan bexabardek so‘zlaysiz, — ko ‘z yoshlarini
yum-yum quyib gapirdi Dildor. — Ota-onadan, o ‘z
yurtidan ju d o b o ‘lishlik, tutqunlik, ko ‘ksingdagi
m uhabbatni, orzularini ko‘mib, qari qiz bo ‘lib, so‘lib
sarg‘ayish osonmi? Oh, G ulsanamim, o ‘rtoqjonim,
mehribonginam! Bilamen, o‘zingga hamisha o ‘lim
kutarding, lekin bizlarni tashlab ketganing yomon
b o ‘ldi. — D ildor yuzini do ‘stining sovuq, ko‘kargan
yuziga surib yig‘ladi.
Birpasda uy ichi kanizaklar bilan to ‘ldi. Hamma-
ning ko‘zida yosh qaynaydi, ham m a titraydi. Chunki,
bu o ‘lim bechora asiralaming siynalarida cho'kib yot-
gan qayg'ulam i birdan va behad kuchli to ‘lqinlatib
yuborgan edi.
G ulchehrabibi ham yetib kelib qoldi. U endi xiyla
munkillab qolgan. Kampir dahshatli bir sovuqqonlik
bilan murdaga qaradi. Labini burib, xo‘mrayib, teskari
o ‘girildi. Qizlar, garchi tovushsiz yig‘lasalar-da, u
bobillab berdi:
— Bas, tovushlaring o ‘chsin... Xadichabegim no-
tinch b o ‘lmasinlar. Chiqlaring, yumushlaringni qilla-
ring! Biz o ‘zimiz saranjomlab, tangri buyurgan joyga
eltib qo‘yormiz.
Kanizaklar kampirdan qayta-qayta qarg‘ish eshit-
gandan so‘ng, bo ‘yinlaridan birov sudrab tortgandek,
noiloj tashqari chiqishdi.
Peshin vaqtida G ulsanamning tobutini olib jo ‘nadi-
lar. M arhum aning ham m a o ‘rtoqlari uch kun qora
ro ‘mol o ‘rab, m otam tutishdi.
D ildor o ‘rtog‘ining o ‘limiga ham m adan chuqurroq
qayg‘urdi. H ar kun oqshom sham yoqib, Q ur’ondan
o ‘zi bilgan bittagina surani o ‘qir, m arhum aning arvo-
252
higa bag‘ishlar edi. Bir qancha kun ko‘zidan uyqu
qochdi, fikri, xayoli do‘stining qismatida edi. K o‘pin-
cha vahim, qorong‘i o ‘ylar uning borlig‘ini qoplay
boshladi. Ba’zan bu o ‘ylarning dahshatidan c h o ‘chib,
yuragi go‘yo qotib qolardi. Sekin-sekin dahshatli xa-
yollarga ko‘nika boshladi. 0 ‘lim bilan hayot orasidagi
qora o ‘pqon oddiy va yaqin narsa kabi sezila bordi.
Lekin bu voqeadan ikki hafta o ‘tar-o‘tmas, D ildom ing
yuragida to ‘satdan, hech kutm agan dam da, hayot
orzusi, um idi q o ‘zg‘aldi...
Bir kun Xadichabegimning katta ziyofatida yugura-
yugura horigan D ildor o ‘z xonasida yolg‘iz dam
olib o ‘tirar ekan, darichadan folbin kam pim ing yuzi,
vahimali tushdagi chirkin basharalar kabi, ko‘rinib
qoldi.
— D ildor degan senmi? — enkayib, shilpiq k o ‘zla-
rini tikib so‘radi kampir.
— H a, men. Endi ko ‘rdingizmi meni? — beparvo
javob berdi Dildor.
Bir zum dan so‘ng folbin eshikdan kirdi-da,
Dildorning yoniga cho‘qqaydi:
— Q o‘l uchingni ber, m en rom ochamen.
D ildor bu quv kam pim ing marhamatiga hayron
qoldi. Chunki har foli uchun Xadichabegimdan b o ‘g ‘-
cha-bo‘g‘cha sarupolar oigan bu makkora ch o ‘rilar-
ning jon-dil bilan yalinishlariga qaramay, ularga fol
ko‘rmasdi: «Har so‘zimning bahosi — bir dinor!» deb
ham m aning tilini kesardi. D ildor saroyning baland
mavqeli xonimlarining bittasi sovg‘a yo‘sinda bergan
bir ko ‘ylak badaliga bundan ikki-uch yil burun bir
m arta fol ochtirgan edi.
U k o ‘zlarini jovdiratib, beixtiyor qo‘lini uzatdi.
Kam pir har vaqt fol ochganda, hurpayib, yolg‘iz
shilpiq ko'zlari bilan kishiga qattiq tikilib, valdirar edi.
H ozir esa qizning qo‘lini ushlarkan, kulgidan lablari
bir zum yoyilib ketdi.
— Shu qizimning xudo bergan bir suygani bor
ekan, — atrofga alanglab, juda sekin gapirdi kam
p ir,— kuch-quw atda Rustamday ekan. Ammo Maj-
253
nun singari, o ‘z Laylosini axtarib, bu shahri azimda
sargardon ekan.
— N im alar deyapsiz, buvi? — rangi o ‘chib so‘radi
Dildor.
— Shoshma, sen Arslonqul deganni taniysanmi?
D ildor entikib, qo‘lini tortib oldi, tusi o ‘chib, qalti-
rab ketdi.
— Esingni yig‘, nima b o ‘ldi? — xirillab shivirladi
kampir.
— So‘zlaringiz hammasi rost-ku! — hovliqib dedi
Dildor.
— Ha, m en hamisha to ‘g‘ri topurm en. Muakkil-
larim ham m a sirlardan xabar berishadi! — ishonch
bilan dedi kampir.
— Y o‘q, buvi, siz Arslonqulni taniysiz. Bu fol
emas!
— Hay, sekin gapir! — k o ‘z olaytirdi kampir.
— Ayting, buvijon, qachon ko‘rdingiz Arslonqulni?
Qayerda, nim a dedi? Sog‘mi? Oh, sho‘rlik yigit! —
Dildor hayajondan hamma narsani unutib, kam pim i
quchoqlam oqchi b o ‘ldi.
— Jinni b o ‘ldingmi? Qayerdasen?
Kam pir achchiq bilan siltab tashladi qizni, keyin
darichani qiya yopdi-da, Arslonqul uning uyiga qidirib
kelganligi, Dildorga arz-holini yetkazishini o ‘tinib
yig‘laganligi, Quduqboshi degan mahallada, xolasini-
kida D ildordan ayrilgandan beri yashab turganligi va
hakazo haqida shivirladi.
— Buvijon, agar m enda dunyoning xazinasi b o is a
edi, sizdan ayamas edim, — yig‘lab dedi Dildor. —
Yana nim alar dedi? Sihat qanday? Acham balki
olgandir? O tam to ‘g‘risida hech nim a demadimi? Xat
bermadimi sizga?
— Xat? Til zindonga sudraydi, xat dorga eltadi!
U naqa narsalarni ushlashdan hazar qilamen. Yig‘la-
ma, azalning qalami senlaming sevgilaringni ayrim
daftarlarga bitgan ekan. Ham m asi olloning ishi! M en
ham dunyodan toq o ‘tdim! Xayr, b o ‘tam.
Kam pir o ‘m idan turdi.
254
— Shoshmang, buvijon,— D ildor uning kosov
qo‘lini ushlab oldi. — Ichim da dardim behad ko‘p, bir
uchini sizga ochay, Arslonqulga yetkizing, — yalindi
qiz.
Vahimaga tushgan kampir k o ‘zlarini atrofga o‘yna-
tib, jahl bilan shivirladi:
— Bas, bas, ham m a darding menga ravshan,
um rim da bir savob ish qilayin, deb bu jafoni b o ‘ynim-
ga oldim. Zinhor birovga og‘iz ochma! — darrov
eshikdan chiqdi u.
0 ‘z yorining o ‘lik-tirigidan xabarsiz bo ‘lgan va
undan mangu ayrilganiga ishonib, endi hayot bilan
vidolashuvga jazm eta boshlagan Dildorning o ‘y va
xayollari ost-ust bo'lib ketdi. Shu tobda u go‘yo qayta
dunyoga ko‘z ochdi. Kampirning keltirgan xabari,
xuddi narigi dunyodan kelgan kabi sirli ko‘rindi. Och-
ko‘z, yalmog‘izday xunuk, chirkin folchi endi, uning
nazarida, payg‘ambarning qizi va qiyomatda ayollami
jannatga boshlab kiruvchi Bibi Fotim adek ulug‘sifat,
m ehribon b o ‘lib tuyuldi. D ildor yurak urishini, haya-
jonini bosolmasdan, boshini yostiqqa q o ‘yib, o‘yladi:
«U nutm abdi qadrdonim , u bilan yashash, birga jafo
chekish qadar zo‘r baxt bormi? Shuncha yillardan beri
shu shaharda, yon bag‘rim da yashar ekan, oh, zolim
falak, nega biz shuncha uzoqmiz? Qanday qilib kam-
pirga yo'liqqan ekan? Endi nim a qiladi? M eni qutqa-
rish uchun astoydil harakat qiladi, albatta. Lekin yana
soddalik bilan, alamiga, dardiga chidayolmasdan,
qaltis harakat qilib, o ‘z jonini tahlikaga solmasa edi!»
Bu fikr uning butun borlig‘ini, dahshatli og‘riq kabi,
qoplab oldi. Birdan hovliqib, o ‘m idan sachradi.
Qiz har kun kampirning qadamiga intizor b o ‘ldi.
0 ‘z yigitidan har on sabrsizlik bilan yangi xabarlar
kutdi. Lekin kam pirdan darak yo‘q. Kunlar yildan
uzoq tuyuladi. Q anot bog‘lasa-da, o ‘z yoriga uchib
bora qolsa! D am shodlikdan bolalarcha quvonadi,
dam qo ‘rqinch o ‘ylarga botib, yuragi o ‘ynab ketadi...
0 ‘ninchi kun haram da kam pir paydo bo‘ldi. D ildor
quvonch bilan uni hovlida qarshi oldi. A trofda
255
odam lar ko‘p bo ‘lganidan, ko‘z uchi bilan folchini
daraxtzorga imladi. Biroq, folchi kinoya bilan labini
burib, to ‘ppa-to‘g‘ri Xadichabegimning ko‘shki tom on
yo‘rg‘aladi. Dildor m a’yuslansa ham, faqat umidsiz-
lanmadi: «Kampiming shunday qiliqlari ko ‘p b o ‘ladi.
Balki, hadiksirar» — o ‘yladi ichida. Pana joyda uchra-
tib, so‘zlashmoq maqsadida uning yo‘lini poyladi.
Biron soatdan keyin uzoqda kampim ing qorasini
ko‘rib, tez-tez yurib bordi. Biron joyga taklif etmoqqa
botinm ay, sekingina so‘radi:
— Buvijon, uni ko‘rdingizmi? N im a dedi?
— K o‘rdim, niyati yom on ekan... Oralaringda gap
tashib baloga qolish uchun esimni yeganim yo‘q, —
tikanday botadigan bir tovush bilan javob berdi kam-
pir keta turib.
— Buvijon, yom on niyati nima ekan? Tangri yara-
laqasin, ayting! — yana butun samimiyati bilan yalin-
di qiz.
— So‘rama! Toshdan sado chiqar, m endan chiq-
mas! — qiyo boqmay, ketdi-qoldi folchi.
D ildom ing hushi uchib, turgan yerida qotdi. Orqa-
dan kelayotgan bir to ‘da ch o ‘rilaming tovushidan
esini yig‘ib oldi va o ‘yladi: «Niyati yomon... N im a
dem oqchi kampir? Arslonqul yo m en bilan ko ‘rish-
makni so‘ragandir, yo bu yerdan meni olib qochish
to ‘g‘risida gapirgandir... Bu narsa kam pim ing o ‘takasi-
ni yorgan. Axir, «xat» degan so‘zni eshitib, tunov kun
joni chiqib ketgandi-ku». D ildor Arslonqul to ‘g‘risida
tashvish tortdi. «Menga yetishamen, deb zindonda
chirimasin yana!» — u uzoqlashgan folchining orqasi-
dan yugurdi.
— Buvijon,— shivirladi u ,— uni ko'rsangiz, ayting,
hech qanday yom on niyatda b o ‘lmasin, tinch yursin.
Folchi tiijaydi, «xo‘p» deganday boshini sal qimir-
latdi.
Shu kundan boshlab D ildor «yomon niyat»ni o ‘zi
amalga oshirm oqqa urindi: «Yo o ‘lim, yoki yorga
qovushmoq!» — bu fikr unga hokim b o ‘ldi. Tunlari
mijja qoqmay, turli reja va yo‘llar axtardi.
256
0 ‘ylay-o‘ylay, o ‘zicha eng qulay chora topadi.
Biroq bir zum dan keyin yana bundan voz kechadi.
Chunki qulay deb bilgan bu rejada qo'rqinchli mush-
kulot paydo b o ‘ladi. N ihoyat, o ‘ylashdan xunob
b o ‘lib, bir qarom i m ahkam ushladi.
Beshinchi kun qoq yarim kechada, burkanib,
o ‘zini uyquga solib yotgan D ildor ko‘rpadan boshini
chiqardi. 0 ‘n ikki qizning barchasi dang qotib uxlab
yotardi. Xurrakdan boshqa, na urinish, na xo ‘rsinish
sezdi. Q orong‘ida jim gina kiyimlarini kiydi. Oqshom
o ‘rin solganda, yostiqning tagiga suqib qo‘ygan xan-
jam i oldi. Buni u bir vaqtlar erkaklarga berilgan bir
ziyofatdan keyin xonani yig‘ishtirayotgan vaqtda topib
olib, vazirzodalar,
bekzodalardan biri tushirib
qoldirgandir, deb qandaydir bir niyat bilan hech
kimga ko‘rsatmay, yashirin saqlagan edi.
Turtinib eshikka borarkan, yuragi uzilganday, bir-
dan to ‘xtadi, devorga suyaldi. U ko ‘p yillar birga
yashagan, birga yig‘lagan jonajon o ‘rtoqlaridan ayrila-
di! U lar bilan birga kechgan hayotning butun sahi-
falari uning ko ‘z oldidan bir-bir o ‘taverdi. Bu sahifalar
yurak qoni bilan yozilgandek, yaqin edi. D ildor o ‘z
siridan deyarli ham m a o ‘rtoqlarini voqif qilishi
m um kin edi. Ularga ishonardi. Faqat o ‘rtoqlari uni
xatarli yo'ldan qaytarishlari ham aniq edi. Lekin shu
vaqtda: «Nega, hech bo ‘lmasa, birontasini, ozgina
b o ‘lsin, ogohlantirmadim?» — afsuslandi Dildor. —
Koshki hozir sham yoqib, hammasining yuzidan bir-
bir o ‘pib chiqsa! Tom og‘ini bo ‘g‘gan bir dard bilan
pichirladi: «Xayr, darddoshlarim, o ‘rtoqlarim! Agar
o ‘lsam, goh-goh m eni yodlanglar! Tirik b o ‘lsam, m en
sizlarni hech vaqt unutm aym en. Tangrim sizlarga
uzun um r bersin, yorug‘ kunlam i nasib etsin!» D ildor
qaynab toshgan ko‘z yoshlarini yeng uchi bilan artib,
tashqari chiqdi. K echa tim qorong‘i va izg‘irinli edi.
Usti qotgan loy yo ‘llarda ildam yurib, daraxtzorlar,
xiyobonlar oralab ketdi. Q orong‘ilik ichidan dahshatli
qo‘llar unga yopishayotganday tuyulib, ko‘zlari sergak
jovdirar, yurak kuchli urar, oyoqlari, qo ‘llari titrar edi.
9-4733
257
Kichik darvozaga yaqinlashganda, chiyillagan tovush
eshitdi: «Kimsan?» Bu eng zolim, itfe’l qul edi. Shu-
ning uchun kanizaklar uni o ‘zaro «Qopog‘on» deb
nom lar edilar. D ildor cho‘chib, orqaga tislandi. Keyin
o ‘zini tutib oldi, xanjam i yeng ichiga yashirib, dalil
gapirdi:
— M en, m en, Olloyor! — yugurib, qulning pinjiga
tiqildi.
— Tun o ‘rtasida? Bu yoqqa qara! — Olloyor xira
fonusga qizning yuziga tutdi.
D ildor jo'rttaga hayajonini kuchaytirib, zo ‘raki
hansirab gapirdi:
— Och eshikni, tabib mavlono Abdulhayga kishi
yubor!
— A! N e deydi o ‘zi? Tushuntir.
— Xadichabegim birdan xasta bo‘lib qoldilar. Voy,
o ‘lay ahvollari juda og‘ir. Tillari so‘zlashdan qoldi.
— Davlatbaxt qani? Nega u kelmadi? — qopib
gapirdi Olloyor.
— Ah, nega ahvolni tushunmaysen! Sho'rlik Dav
latbaxt bem or bilan ovora. Eshik orqasida posbon
bormi? Buyur unga!
Olloyor nim adir p o ‘ng‘illab, darvoza tom on yurdi.
Belidan kalidni olib, katta ch o ‘ng qulfga soldi. Darvo-
zaning bir qanotini qiya ochib, asabiy qichqirdi:
— M izrob, hay Mizrob!
Qul ostonadan tashqariga bir qadam qo‘ydi. Yana
M izrobni chaqirdi. D ildor ostonaga chiqib, qo ‘lini
orqasiga olib, darvozaga suyaldi.
— Posbon b o ‘lmay o ‘lib ket, har kecha mast... —
vaysadi Olloyor.
Dildorning kutgani bu edi.
— Tezroq uni topib j o ‘nat! Buncha beg‘amsen, —
jo'rttaga qistadi Dildor.
— Kir, qorangni o ‘chir!
Olloyor qizni ichkari itarib, darvozani yopmoqchi
b o ‘ldi.
D ildor fursatni qo ‘ldan qochirmaslikka tirishdi —
Olloyoming ustiga birdan otildi-da, xanjar urdi. Uning
258
ko‘kragini m o‘ljallagan b o ls a ham , lekin hayajondan,
tajribasizlikdan, xanjar qulning yelkasiga tegdi. Ollo-
yor fonusni uloqtirib, baqirdi. D ildor butun kuchi
bilan qochdi. O rqadan baqirib-chaqirib Olloyor quvdi.
Ellik qadam cha narida Olloyor D ildom ing sochidan
ushlab qoldi. Qiz orqaga qayrilib, uning duch kelgan
a’zosiga shoshib-pishib, lekin g ‘azab bilan uch-to‘rt
m arta tig‘ urdi. Olloyor dahshatli chinqirish bilan
yerga yumaladi. D ildor xanjam i qo‘lda m ahkam siqib,
o ‘qday uchdi. Atrofdan «hoy, tut!» kabi qisqa, kesik
sadolar eshitila boshladi. Tom og‘i qaqragan, g‘azabli,
essiz-hushsiz D ildor bor kuchi bilan yugurdi. Ancha
masofa bosgandan so‘ng qorong‘ida pastgina devorga
birdan urildi. Devordan chaqqon sakradi. Quyuq
daraxtzor orasiga kirarkan, orqada hansiragan, pish-
qirgan kimdir devordan yumaladi va quvdi. D ildor
qutulishga iloj y o ‘qligini sezdi. G ‘azabi toshdi.
X anjam i ko‘tarib, quvlovchiga hamla qildi. Lekin,
gurziday mushtning zarbasi bilan shu onda yerga
mukka yiqildi.
Dostları ilə paylaş: |