Yigirma birinchi bob
I
Qiyom chog‘i edi. Yarqiroq, uzun, keng shohi to ‘n
kiygan va kattagina oppoq sallani bukun, nim a
uchundir, qunt bilan o ‘ragan Sultonmurod “ Ixlosiya”
m adrasasidan chiqdi-da, Injil yoqasida quyoshda
c h o ‘milgan go‘zal, ko‘rkam , xushhavo bog‘ larda har
kungidek keza boshladi. Tangadek quyosh tushm agan,
toza, salqin yo‘llarda olim o ‘z fikrlariga berilishni
sevardi. Ariqlarda suvlar bog‘lardan gulzorlarga, gul-
zorlardan xiyobonlarga o ‘tib, sharqirab, sho‘x oqardi.
Sarvzorlarda kim dir hazin nay chaladi. 0 'q tin -o ‘qtin
naq bosh ustida, quyuq barglar orasida qush sadosi
283
yangrab ketadi. Xiyobonda qandaydir musofir darvesh
X o‘ja Hofiz Sheroziyning bir g‘azalini g‘oyat ta ’sirli
o ‘qimoqda...
Sultonm urod ancha vaqt kezib, katta yo‘lga chiqar-
kan, uzoqdan eshagini yetaklab, yo‘lni adashtirgan-
dek, har yoqqa alanglagan kishini ko‘rdi. Uning
harakatlari, butun siymosi tanish tuyuldi. Nariroq
borib, diqqat bilan tikildi: shoir mavlono Binoiy. Tez-
tez yurib, u bilan quyuq ko‘rishdi.
— Safardan qachon qaytdilar? — so‘radi Sulton-
murod.
— Bukun qaytdim, — javob berdi eshagiga suyalib
mavlono Binoiy va quyoshda mavjlangan yashil
bog‘larga tikilib dedi: — Hov, biz bilgan xaroba Injil
sohillari qani?
— Navoiy janoblarining qo'llari taqir yerlardan
chamanlar yaratadi!— dedi Sultonmurod so‘zni chertib.
— Bu g‘oyat xushhavo, latif manzil bo ‘libdi, —
dedi Binoiy oftobda qoraygan kichkina yuzidagi dag‘al
soqollarini qashib. — Ammo Navoiyning «Xamsa»si
bunday latif bo ‘lmasa kerak!
— Nega?— istehzo bilan kulib so‘radi Sultonmurod.
— She’rning onasi — til. 0 ‘zbeklaming tilida na
rang, na ohang bor. Bu ikki nimarsasiz she’r yaratmoq
imkonsizdir.
— Xato qilursiz, Binoiy! — jiddiy gapirdi Sulton
m urod. B inoiyni soyaga tortib. — N avoiyning
«Xamsa»si she’rning mislsiz go‘zal asari bo ‘lib chiqdi.
Endi forsiyparastlar abadiy gung b o ‘lishga majburlar.
Bizning tilimiz Navoiyning sozida shunday ulug‘ qud-
rat va m uazzam ohang bilan yangradiki, chin so‘zni
aytsam, ham m am iz chuqur xayratda qoldik. Navoiy
ning «Xamsa»si hozir yolg‘iz Xuroson va Turkiston-
dagina emas, Hindistonda, Qofqozda, Chin-Mochin-
da sayr etm oqdadir. U o ‘z sayohatida yetti iqlim yer-
larini bosishga aslo shubha qilmaymen.
Mavlono Binoiy olimga zim dan xo‘mrayib qaradi.
Kirgina olacha yaktagining etagi bilan yuzidan terini
artdi.
284
— Navoiy janoblarining uylariga bizni boshlarmi-
siz? — eshagini ch o ‘p bilan urib yurgizdi Binoiy.
— M arham at qiling, yaqin, — yo‘l boshladi Sul-
tonm urod.
Y o‘lda so‘z yana «Xamsa»ga ko‘chdi. Sulton-
m urod «Xamsa»ni shavq va hayajon bilan m aqtadi.
Jomiyning Navoiy «Xamsa»sini maqtagan go'zal mis-
ralarini o ‘qib berdi. Binoiy noiloj hazilga o ‘tdi. Lekin
bunda ham Sultonm urod bo ‘sh kelmadi. U ning
so‘zlari tikanini fikming tig‘i bilan kesib, to'm toqladi.
Shunday qilib, ular «Unsiya»ga yetganlarini sezmay
qoldilar.
Navoiy «Unsiya»dagi ko ‘p xonalam ing birida —
katta, salqin chorxari uyda, qariyb har vaqt birga
b o ‘ladigan do ‘stlari, yaqinlari bilan bosh yalang shat-
ranj o'ynab o ‘tirar edi. M avlono Binoiy kirishi bilan
o'rn id an turdi-da, d o ‘stona ko‘rishib, o ‘z yoniga
o ‘tqizdi. U zoq safardan qaytgan shoiming holini,
kayfini so‘radi. K o‘p o ‘tm asdan, dasturxon yoyildi.
Gangir-gungur suhbat boshlandi. Mavlono Binoiy o ‘z
sayohatidan oigan taassurotlarini juda maroqli ravish-
da aytib berdi. Bir necha qo ‘pol latifalar so‘zlab,
majlisni yaxshi kuldirdi. G ap orasida Navoiy unga
m urojaat qilib, dedi:
— Iroqda, Yaqubbekning qoshida bo ‘libsiz. Uning
fazilatlaridan so‘zlang bizga.
— Yaqubbekning bir yaxshi fazilati shundaki, dedi
Binoiy ayyor tabassum bilan, — u hech vaqt og‘ziga
turkiy so‘zni olmas ekan!
Majlis birdan sovuq sukutga botdi. Shoirlardan
Shayxim Suhayliy, Hiloliy, Hofiz Yoriy, Pir M uam-
moiy va boshqalar iztirob bilan qisilib, yerga qaradilar.
Sohib D oro g‘azabiga chidolmasdan, eshikka chiqib
ketdi. Yolg'iz ikki kishi beparvo qoldi: Binoiy bemalol
ovqatni tushirardi; Navoiyda o ‘z kuchiga, o ‘z haqi-
qatiga ishongan kishining q at’iy sokinligi barq urardi.
— Bizning tilimiz gavhardir, — dedi Navoiy ta ’kid-
lovchi bir ohang bilan. — Yaqubbek gavharni najosat-
ga otmas, albatta.
285
Mavlono Binoiyning ko‘zlari allanechuk olayib
ketdi. U o ‘zining najosat bilan tenglanishini kutmagan
edi. 0 ‘ch olish uchun yana qo ‘pol hazillar yog‘dirdi.
Keyin jiddiy bahslashuvga tirishib ko‘rdi. Lekin fors
tilining go‘zalligi, ustunligi haqidagi uning butun dalil-
lari, isbotlari, urinishlari Navoiy mantiqining mus-
tahkam toshlariga urilib, qumday sochilib ketar edi.
Sultonmurod og‘ir — vosi’ so‘yladi. Tillaming
umumiy tarixini, o‘zgarishlarini, mazm unini vuquf
bilan gapirdi. Arabcha, forscha, hindcha, o ‘zbekcha
va boshqa tillaming ayrim m a’xazlariga turli-turli mi-
sollar keltirdi. Tillaming ohanglariga tushib, Sulton
murod yorqin va chuqur m a’noga ega b o ‘lgan gaplar
so‘yladi va natijada Binoiyga e ’tiroz qildi. U ni majlis
tasdiqladi.
— Barakalla, rahm at,— dedi Binoiy qulluq qilib, —
zavq bilan eshitdim, pishiq narsalar aytdingiz. Lekin
masala o ‘zi nimada? Nimaga chor bozorga solasizlar?
M en o ‘lib ketdim-ku...
Ammo do ‘ng‘illab Sohib D oro kirib keldi va
Binoiyga qarab dedi:
— Bas-e! G ap bitdi, qani, tanbum i eshitaylik!
— H azilni bilmagan kal fozil! — dedi Binoiy. —
Sen o ‘tir yoki jo ‘na: qayoqqa — ola toqqa!
Majlis bir oz kuldi, Sohib D oro qizarib bir chek-
kaga o ‘tirdi.
— Belgulikki, mening tabiatim da bir oz mazaxga,
hazilga tom on moyillik bor, — dedi Binoiy. — Hazil
qilish m um kin emasmi? Holbuki, piching, hazil, lati-
fa, askiya — tirik, xushbo‘y narsadir. Aksari shoirlar
mazaxga, hazilga va shuning kabi narsalarga juda
o ‘ch. M a’nodor hazil, latifa va hokazo — yorqin bir
guldurki, hidlasang, maza qilasan. Alisher janoblariga
unda-munda bir ozgina tikan tashlash mening oda-
timdir. Janob Navoiy meni uzib-uzib oladiki, chidab
yotolmaymen, toqatim toq b o ‘lur... Ammo piching va
hazil gaplar o ‘tadi-ketadi, suv kabi. Lekin odamgarchi-
lik va mehr-shafqat lozimligi unutilm as narsadir.
Butun majlis yengillik sezdi. Sohib D oro va bosh-
286
qalar zavqlanib: «Yomg‘ir tom di — yo‘q bo ‘ldi!» dedi-
lar.
— Ehe, qayoqqa qochish kerak, — dedi Binoiy, —
hazilni, kulguni m ahv etsak!
Navoiy kulib dedi:
— E tavba, xalq bor, biz bor, siz bor, hazil davom
etur! Lekin e ’tirozlar, ehtiroslar, tortishuvlar hech
vaqt biron janjalga aylangan emas: ora-sira ranjish,
ehtim ol, bo‘lgandir.
Navoiy va Binoiy do‘st edilar. Lekin yangi meh-
m on kelishi bilan mubohasa birdan kesildi. Bu — ras-
som Behzod edi. Iste’dodi um um tom onidan favqu-
lodda baland taqdirlangan, um um iy sevgiga sazovor
bo ‘lgan dongdor sa n ’atkor endi soqol-mo‘ylabli, yetil-
gan er edi. Butun majlis uni samimiy quvonch bilan
qarshi oldi. Navoiy uni yuqoriga o ‘tqazib, nodir
mehribonchilik k o ‘rsatishga tirishdi. Behzod katta juz-
donini ochib, bir rasm chiqardi-da, tavoze va kamtar-
lik bilan Navoiyga taqdim etdi:
— Shogirdingizning kichkina bir asarini qabul etib,
uni baxtiyor qilursiz, — dedi rassom nazokat va hur-
m at bilan egilib.
Bu rasm N avoiy qurdirayotgan binolardan bir
ko‘rinish edi. Navoiy hayajon bilan berilib rasmga ti-
kildi: madrasa qurilishida ishning qaynoq payti butun
jonliligi bilan ko‘z oldingda yashnaydi. Ustaboshilar,
toshchilar, mardikorlar, aravalar va filiar, tanish siy-
molarning o ‘zlariga xos tu r va harakatlari — hamm asi
bir yaproq qog‘ozda yaqqol, to ‘g‘ri, go‘zal naqsh etil-
gan. Navoiy benihoyat quvonganini bildirib, tashakkur
aytdi. H am m a boshlar rasm ustiga yopirildi.
M ehm onlar kechga tom on tarqalishdi. Alisher
Binoiyni olib qoldi. Quyosh ufqda alangada edi.
«Unsiya» ajoyib edi. Bir nafas kezgali chiqdilar.
— Bog‘ chindan go‘zal!— atrofga qarab dedi Bi
noiy. — Chiroyli manzara! Anav unda — gird, anav —
ot bozori.
— Anav yoqda, ko‘rdingizmi, suv? — uzoqqa
qarab dedi Navoiy. — Bu suvni ustalik bilan mirob-
287
larimiz sekin-sekin keltirdilar. Suv — serob, xalq icha-
di, sug‘oradi...
Binoiy «Unsiya»ga, suvning kelishiga va um um an
inshootlarga hayron qoldi. Navoiy chapga burildi.
Binoiy ikkisi yonma-yon borar edilar.
Tovuslar yoniga chiqib, birpas hangomalashib ke-
tishdi. Bog‘aro aylanib-aylanib, shaftolizorga kirishdi.
— M arham at, xonaga kiring! — qo‘lini ko‘tardi
Navoiy. — Ilhom manbai va xushhavo!..
Binoiy bir uy va ayvon qarshisiga chiqib qoldi:
— Oh, shiringina joy! — uyga va shaftolizorga sevgi
bilan qarab dedi Binoiy. — Tashakkur! Endi men
g ‘azallarga kirishay...
Navoiy ko‘k maysadan asta ketdi.
n
M ajididdin parvonachi har kun ertalab Bog‘i
Jahon oroga kelar, dastlabki yumushi saroydagi o ‘zi-
ning «quloq»laridan yangi voqealar, g‘iybatlar, fitnalar
haqida m a’lum ot olishdan iborat b o ‘lardi. Bukun u
saroy makkorlarining oqsoqoli hisoblangan Pir Hoji
Bakovulni uchratdi. U Navoiy tarafdorlari deb nom
oigan b a’zi mansabdorlar to ‘g ‘risida podshoh xususiy
bir majlisida shikoyatlanganini, go‘yo tasodifan topil-
gan bir xazinadan darak bergan kabi, sirli ovoz bilan
shivirladi. M ajididdin unga yangi topshiriq berib, oliy
devon to m o n qayrildi.
Devonda uni, har kungidek, ikki m uhim vazir —
X o ‘ja Afzal va Nizom ulm ulk qarshiladi. Bu ikki
vazim ing k o ‘ksilarida bir-birlariga nisbatan g ‘azab va
nafrat bir o n b o ‘lsin tinmasa-da, lekin ular muomala-
da qadrdonlardek edilar. M ajididdin ulam ing har
ikkovini ham yom on ko‘rardi. X o‘ja Afzalni Navoiy-
ning o ‘ng q o ‘li, deb hisoblar, Nizom ulm ulkni esa har
o n uni chaqm oqqa hozir turgan ilon, deb, bilardi.
Rasmiy t a ’zim va salom dan so‘ng, suv bilan olov-
day dushm anlar, so‘zlasha boshladilar. U lam ing so‘z-
lari, har vaqtdagi singari, ilk totishda shiringina
tuyulib, taxiri so‘ngroq bilinadigan doriday edi.
288
Husayn Boyqaro kirib, qalin zar to ‘shakka o ‘tirdi.
Uning ko‘zlarida, ertaroq qarimsigan yuzining chi-
ziqlarida ifrot ichkilik bilan uyqusiz kechirilgan tun
ning izlari ravshan ko ‘rinar edi. U viloyatlarga doir
b a ’zi farmonlar yozishni parvonachiga buyurib, maz-
m unini bir necha o g ‘iz chalkash-chulkash so‘z bilan
aytib berdi. M ajididdin shu yerda yozmoqqa kirishdi.
Husayn Boyqaro k o ‘zlarini horg‘in suzib, vazirlarga
m urojaat etdi:
— Bizga ikki tum an oqcha hozirlangiz!
X o‘ja Afzal yalt etib, Nizomulmulkka qaradi.
Sersavlat, serviqor vazir boshini quyi solib, sukut qildi.
X o‘ja Afzal o ‘ng‘aysizlandi, qisildi. Xazinada mablag‘
kecha deyarli tugagan edi. Hasham at va dabdabaga
berilgan saroy xazinani yutib turardi. Xo‘ja Afzal
haqiqiy ahvolni bayon qilishga botinolmay, qizarib,
sukut etmoqqa majbur b o ‘ldi.
— Ne sababdan tillaringiz qimirlamaydi? — har
ikkala vazirga o ‘shshaydi Husayn Boyqaro.
X o‘ja Afzal talab qilingan miqdorda oqcha hozir-
cha yo‘qligini, agar fursat berilsa, chora ko ‘rish
mumkinligini so‘zladi. Husayn Boyqaroning tusi o ‘ch-
di, ko ‘zlarida g‘azab yiltirab ketdi.
— Xuroson hukm dorining xazinasida ikki tum an
oqcha topilmasin! — dedi u yuzini vazirlardan ters
o ‘girib.
Devonni dahshatli, ezuvchi bir jimjitlik to ‘ldirdi.
Parvonachi yozishdan to ‘xtab, g ‘olib x o ‘rozday
b o ‘ynini cho‘zdi-da, podshohga m a’nodor boqdi, taas-
suflangandek boshini asta, og‘ir tebratib qo‘ydi.
Vazirlar oqcha topishni endi va’da qilishga boti-
nolmadilar. Endi qancha mablag1 tayyorla — behuda!
Podshohning g‘azabi ostida o ‘tirish og‘ir edi. Vazirlar
ruxsat tilab, aybdorlardek enkayib, ezilib, tashqari
chiqdilar. M ajididdin yashnab-yonib ketdi, Husayn
Boyqaro tadbirsiz boshliqlardan shikoyat qildi.
Parvonachi ko‘p yillardan buyon ko‘ksida saqlab yur-
gan orzulari uchun eng qulay fursat kelganligini angla-
di. Podshohning keyingi vaqtlarda unga bo‘lgan alohi-
10-4733
289
da iltifoti uni jasoratlantirdi. M ajididdin kuyib-pishib
o ‘z yuragidagi ginalarini bo ‘shata boshladi. Davlat ish-
laridagi ham m a nuqsonlarni Navoiy va uning odam-
lari ustiga ag‘dardi, yangi kamchiliklar to ‘qib chiqar-
di. Navoiyning qurilish ishlari xazinani quritganini
isbot qilmoqqa urindi. Podshoh diqqat bilan tinglar
edi. Nihoyat, jang maydonida ahvol tang bo‘lgan payt-
da o ‘z ishtiroki bilan m uqarrar zafar va’da etgan
bahodim ing ishonich va g‘ururi bilan dedi:
— O lam panoh, davlatingizda xazinani aqlga
sig‘mas bir darajada simu zar bilan to ‘ldirmoq
mumkin... M en, masalan, ikki tum an emas, ikki ming
tumanni bag‘oyat osonlik bilan yig‘ib bermoqqa va’da
qila olurmen.
— Ishonm oq mumkinmi? — so‘radi podshoh
yengillanib.
— Shubha qilmoqqa o ‘rin yo‘q, — javob berdi
Majididdin qat’iy. — Ammo buning uchun, xoqonim,
bu kamina qullariga davlatda tegishü mavqe, huquq va
iqtidor bermoqlari shart.
Husayn Boyqaro qaddini rostlab, ko ‘zlarini bir nuq-
taga tikdi. Oqara boshlagan soqolini silab, o ‘yga toldi.
U M ajididdinni o ‘zining eng ishonchli odamlari-
dan hisoblar, uning idora ishlarida qobiliyatiga
ishonardi ham. Xadichabegim ham ko‘pdan buyon
har munosabat bilan uni m aqtar edi. M ajididdin ko‘p
yillardan beri oliy mavqeiga intilganini, bir ko‘p
beklar ham a ’yonlar uning tarafida ekanini yaxshi
fahmlardi. Lekin parvonachi har vaqt Navoiyning
siyosat, tadbirlariga ochiq va yashirin norozilik bayon
qilishda davom etgani uchun davlatni boshqarishda
uning ishtirokiga, mavqeiga chegara q o ‘yishga majbur
b o ‘lgan edi. Endi ahvol boshqa. Navoiyga b o ‘lgan eski
e ’tim od ko ‘pdan beri shubha va gum on bilan to ‘la.
Navoiy uni jabr-zulmda ayblaydi. Uning mamlakatda-
gi tadbir va siyosatini yoqtirmaydi. M amlakatning
«gullari» b o ‘lgan oqsuyaklar, davlatm andlar bilan
emas, qora xalq bilan hamnafas bo ‘lishga undaydi.
U ning xato, nuqsonlarini barala fosh etadi. Shuning
290
uchun u Navoiyning dilida bir nim a bor, degan fikrga
kelgan edi.
Ayniqsa, osonlik bilan ikki ming tum an oqcha to-
pishga qat’iy va’d a bergan parvonachining siymosi
uning nazarida ulg‘aydi. Lekin parvonachini hokimi-
yat tepasiga keltirish qaroriga Navoiy, albatta, qarshi-
lik ko‘rsatadi. N im a qilish kerak? H usayn Boyqaro
horg‘in ko‘zlarini yumib o ‘yladi. K o‘pdan buyon
uning qulog‘ini tinchitm agan bir ko‘p a ’yonlam ing,
yuksak mansabdorlarning, hatto barios beklardan
ba’zilarining talablarini qondirishga jazm etdi.
— M ajididdin M uham m ad, — m urojaat etdi u par-
vonachiga, — siz saltanatda eng oliy poyani ishg‘ol
etursiz. Ulug‘ vazifangiz uchun zarur choralarni shu
ondan boshlab ko‘rm oqqa bel bog‘langiz.
Majididdin parvonachi qayta-qayta qulluq qilib,
podshohning haqiga duo o ‘qidi.
Ertasi Husayn Boyqaro Navoiyni yo ‘qlatib, yolg‘iz
qabul qildi.
— Janoblarini qoshimga chaqirishdan maqsad, —
dedi Husayn Boyqaro sovuq va rasmiy tur bilan, —
xotirimga kelgan b ir mulohazani bildirmoq edi. — Bir
zum sukutdan so‘ng davom etdi u. — Janoblarini
yangi bir vazifaga tayinlam oq fikriga keldim. Bu vazi-
fani mumkin qadar tez va ham sidqidil bilan qabul qil-
moqlariga ishonurm en.
— N e vazifa ekan? — so‘radi Navoiy noxush xa-
bardan gum onsiragan bir turda.
— Biz sizni Astrobodga hokim qildik. Safarga tay-
yorlanmoqlari kerak!
Q at’iyat bilan aytilgan va aslo kutilmagan bu xabar
Navoiyga juda g‘alati ta ’sir qildi. K o‘zlariga qayg‘u
cho‘kdi. Qoshlarining o ‘rtasidagi tugunchak qavardi.
Podshohning bunday favqulodda qarorga kelishiga
nima majbur qilganini o‘yladi.
— Bu qaroringizning asli m a’nosidan kam inani
ogohlantiringiz. M en buning idrokidan ojizmen... —
podshohga, go‘yo uning butun sirini uqib olmoqchi-
day, diqqat bilan tikildi Navoiy.
291
Husayn Boyqaro dastaw al taraddudlanib, el-ulus-
ning m anfaatini nazarda tutganini so‘zladi. Nihoyat,
shoirni bu bilan qanoatlantirish m umkin b o ‘lma-
ganidan, qandaydir o ‘zga maqsadlari borligi haqida
ju d a tum anli, pardavor qilib ming‘illadi.
— Dilni ochm oq kerak edi,— dedi Navoiy isteh-
zoli, titrak tabassum bilan. — Am m o m enga
maqsadingiz, fonus ichidagi o ‘t kabi, ravshan ko‘rina-
di. Siz meni poytaxtdan yiroqlatib, xato qilmasam,
b a’zi zotlarga yo‘l ochm oq tilaysiz. Bilmadim, bu tad-
bir qanchalik to ‘g‘ridir... Agar davlatga xayrli natija
bersa, barchadan burun kam ina quvonur. Qo'rqam en-
ki, noxush oqibatlarga eltmasa, deb...
Husayn Boyqaroning yuzi bir zum asabiy titrab
ketdi. U o ‘ng‘aysizlandi. Chunki uning sirli parda osti-
da silliqqina amalga oshirmoqchi bo ‘lgan tadbiri,
sovun ko‘pigidek, bir zumdayoq yorilib ketdi. Husayn
Boyqaro b a ’zi davlat arboblarining allaqanday xohish-
lari ham xazinani to ‘ldirmoq uchun qandaydir o ‘zga
choralar ko‘rish kerakligi haqida ishorat qildi.
— Baland him m atli, bahodir beklaringiz b o ‘lgani
kabi, davlat daraxtining gullarini balo quyunidek
sovurmoqchi bo ‘lgan maxluqlar ham yo‘q emas.
U lam ing h ar biri shaharlarga, viloyatlarga ko ‘z tikur,
dillari elga, davlatga sadoqat, muhabbat bilan emas,
oltin-kumush dardi bilan og‘rigan. Kiyimlari, idish-
tovoqlari oltin-kumush b o ‘lishiga qanoat qilmaydilar;
etiklarining nag‘ali ham oltindan bo ‘lsa!.. Xazina dav
lat uchun, badandagi qon kabi, zarurdir. Ammo, bir
yoqdan, to ‘plam oq, ikkinchi yoqdan, sovurmoq bilan
xazina tuzib bo ‘lmas. H otamtoylikni bilib qilmoq
lozim. Yomg‘um i qurib qaqshagan boqqa emas, eltib
toqqa quygan bulutni saxiy, deyilmas. D astaw al xazi
nani el manfaati uchun to ‘kmak kerak. Ziroatni, hu-
nar va san’atlami rivojlantirmoq, tijoratga e ’tibor ber-
moq kerak. U vaqt, masalan, halol mehnat qilgan deh-
qonning ombori hosilga to ‘lgani kabi, xazinangiz ham
zarga to ‘lur. 0 ‘zga choralar bilan xazina boyitm oq
oqilona harakat emasligi h ar kirn uchun ravshan.
292
Husayn Boyqaro sokin, lekin beparvo tingladi.
Keyin, beli og‘riganday, ikki qo‘li bilan kam ar ustidan
belini qisib, asta o ‘rnidan turdi. Navoiy ham qo‘z-
g‘aldi.
— M en sizni Astrobodga yuborm oqni munosib
ko‘rdim ,— dedi podshoh ovozini balandroq qo ‘yib. —
H ar qanday bahona topsangiz ham , qarorim dan voz
kechmasmen.
— Meni H irotdan quvmangiz, yolg‘iz qalam va
daftarlarim bilan yashamoqqa ijozat beringiz. Hech
qanday rasmiy vazifaga xohishim yo‘qligini hazratlari-
ga ko‘p d a fa arz etgan edim. Shoyad unutm agan
b o ‘lsalar...
— Hargiz iloji yo‘q! — boshini chayqab dedi H u
sayn Boyqaro.
— X o‘b, m en har qanday jabr tog‘ini ko‘tarm oqqa
hozirm en, — dedi Navoiy keskin va dadil, — lekin
ichi qora zotlar yaxshi bilsinlarki, m en qayerda
b o ‘lmayin, haqiqatni qo ‘riqlarmen.
Husayn Boyqaro bir m uddat jim qoldi. So‘ng,
sovuqqina xayrlashib, yondosh xonaga o ‘tib ketdi.
Navoiy hayajonlanib, dahlizga chiqdi. Sobiq navkari,
bukungi eshik og‘a Boboali uni qarshiladi.
— Taqsir, qanday falokatlar ro ‘y bermoqda? —
shivirlab dedi u g ‘amgin, umidsiz bir holda. —
N ahotki M ajididdin parvonachidek m akkor odam
mamlakatda hokim iyat jilovini qo ‘lga olsa va pod-
shohdan so‘ng ham m am iz unga bo ‘yin egsak!
Navoiy qom atdor Boboalining keng yelkasiga
qo‘lini qo‘ydi-da, mehribonchilik bilan unga tasalli
berdi, maqsad yo‘lidan toymaslikni uqtirdi. Qirq
ustunli ochiq zalga — ayvonga o ‘tdi. Bu yerda aksari
uning ochiq va yashirin dushm anlaridan iborat bir
guruh m ansabdorlar turardilar. Bir k o ‘plarining
ko‘zlarida yangi yuqori poyalarga ko‘tarilish umidi
ochiq jilvalanardi. Navoiy, har vaqtdagi kabi, sokin va
dadil boqdi. Haqiqatga ishonchdan tug‘ilgan kuch
uning siymosiga asi va m a’nodor bir tetiklik bag‘ishla-
gandi. D ushm anlar allanechuk o ‘ng‘aysizlanib, soxta
293
tavoze ko‘rsatishga tirishdilar. Shoir ichdan nafratlan-
di. M ana, xonalam ing biridan parvonachi lop etib
chiqib qoldi. U katta sallali boshini kibr bilan orqaga
tashlagan, o ‘shshaygan edi. Navoiyni ko‘rgan ham on
o ‘ng‘aysizlanib, shuursiz ravishda vaziyatini o ‘zgartdi.
Lekin istehzoli tabassum bilan uning yoniga keldi-da,
o ‘zining g‘aflatga solib, dedi:
— Xoqonning huzurlarida muhim kengash bor,
ishtirok etmaydilarmi?
— Yo'q, — javob berdi Navoiy.
— Zoti oliylarining kayflari qalay?
— K o‘nglim ham isha kayfchog‘liqqa moyil...
Am m o xursandligim hozir avjiga chiqdi.
— Sabab? — M ajididdin bo ‘shashgan ovoz bilan
so‘radi va yalt etib, do ‘stlariga qarab qo‘ydi.
N avoiy unga kulim sirab, qoshlarini kinoyali
chim irib qaradi. Uning xotiriga bir shoiming bayti
keldi:
Dostları ilə paylaş: |