kun ulam i kengashga chaqirgan edi. Aksari sodda xalq
odamlaridan b o ‘lgan suv mutaxassislari o ‘z
fikrlarini
aytishga oshiqdilar. Navoiy noqulay vaziyatda qoldi.
Bu katta ishni amalga oshirish uchun o ‘zi ko‘z bo ‘lib
turishi zarur edi. H olbuki, u erta-indin Astrobodga
haydalishi kerak! Kelajakda taqdir yana qanday kutil-
magan jilvalar k o ‘rsatadi — butunlay n o m a’lum... H ar
nima b o ‘lmasin, kengashni o ‘tkazishga qaror qildi.
Ammo ishni bir oz keyinroq boshlam oqqa majbur
b o ‘lganini aytdi-da, suvchilami xonalardan biriga olib
kirib,
dasturxon tortdi; ovqat ustida ular bilan suhbat-
lashdi. M iroblar g‘oyat qiziqib, fikr bayon qila bosh-
ladilar. Bir-birlari bilan bahslashdilar. Ariqning eni,
chuqurligi, zam inning tuzilishiga muvofiq o ‘zgarishi,
chetlarini m ustahkam lash haqida va qancha odam,
qancha asbob-uskuna, ot-ulov va hokazo haqida
qizg‘in muzokara b o ‘ldi. Ilgari ham suv ishi bilan qi
ziqib, bu sohada ancha m a’lumot
orttirgan shoir har
bir fikmi, har bir taklifni diqqat bilan tingladi. 0 ‘rtada
talashuvga sabab b o ‘lgan b a’zi masalalarda u o ‘z fikri-
ni so‘zlab, m iroblam i taajjublantirdi. N ihoyat, ken-
gash oxirida dedi:
— Aziz birodarlar, maslahatlaringiz uch u n g‘oyat
m innatdorm en. Yurtning obodonligi uchun zarur
b o ‘lgan bu kori xaym i, albatta, amalga oshirurmiz.
Lekin hozircha andak orqaga surishga m ajbur bo ‘lib
qoldik. Ne qilaylik, b a ’zan
yaxshi orzularimizning
yo‘lida to ‘g‘onlar uchrar.
— Janoblari bizni qistagan edilar-ku, — shoirga
murojaat etdi soddadil bir mirob.
— T o ‘g‘ri, bu ishga havasimiz baland edi, — javob
berdi Navoiy kulishga tirishib, — lekin, kutilmaganda,
boshimizga bir tashvish tushdi. B undan qutulsak,
keyin...
— Ezgulikning kechi yo‘q,
degan gap bor, — dedi
yirik gavdali ulug‘sifat bir keksa mirob. — Alisher
janoblarining aziz boshlari om on b o ‘lsa, elimizga
daryo-daryo m uhabbatlari oqur.
— Chin so‘z! C h in so‘z! — dedi ko ‘p kishilar.
295
Navoiy kengashga qatnashuvchilaming b a ’zilariga
to ‘n kiydirdi, qolganlariga pul hadya qildi. Hamma
xursand bo‘lib jo ‘nadi. Lekin katta orzu amalga osh-
magani uchun Navoiy qattiq qayg‘urdi. U zoq vaqt
uydan
chiqmasdan, biron ishga qo‘li bormay, tanho,
dilgir o ‘tirdi. Kechga yaqin Xo‘ja Afzal keldi. U
g‘amgin, sarosima, parishon edi. Husayn Boyqaroning
farm oni bilan M ajididdin bosh vazir tayin etilib, unga
m u ’tam ad ul-saltanat va m u ’im tan ul-mamlakat1 de-
gan katta unvon berilganini bildirdi. Navoiy o ‘z
do'stiga taskin berib, hodisani oxiriga qadar tetiklik
bilan kuzatishga undadi.
Oqshom dan so‘ng shoiming do‘stlari, yaqinlari
kelishdi. Ham m aning ko'ngli g‘ash, xotiri parishon
edi, ham m a podshohning qarorini m a’nosiz topib,
yurtning samosiga qora bulutlar
yopirilishini oldindan
sezar, bezovta bo'lardi. K o‘plar gap orasida podshohni
kinoyali so‘zlar pardasi ostida qattiq haqorat qilar.
M ajididdinni masxaralardi.
Navoiy xafaligini, tashvishini, ichki kechinm alarini
bildirmaslikka tirishsa ham , odamlar uning siymosi-
dan, ko‘zlaridan, harakatlaridan dard va o ‘ksinish
tuyardi. Qizg‘in talashuvsiz,
hazil-mutoibasiz, kulgisiz
suhbatdan keyin d o ‘stlar tarqalmoq uchun q o ‘zg‘aldi.
N avoiy bilan xayriasharkan, ham m aning ko ‘zi jiq-jiq
yoshga to ‘lgan, b o ‘yni bukik edi.
Dostları ilə paylaş: