Asr oshgan asarlar


Ohkim, volamen ul sarvi xiromondin judo



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   161
Navoiy romani. Oybek

Ohkim, volamen ul sarvi xiromondin judo,
Ko ‘zlarim giryondur ul gulbarga xandondin judo,
Benavodur jon dag ‘i ul huri rizyondin judo,
Ne navo soz aylagay bulbul gulistondin judo,
Aylamas to ‘ti takallum shakkaristondin judo.
Vahki, bag ‘rim to ‘kti ko ‘zlar yo ‘lidan pargola ko ‘p,
Ko ‘z ham ul gul hajridin yog ‘durdi gulgun jola ko ‘p,
Za’f etibmen qonlig‘ ashkim, baski to‘kti lola ko‘p,
Dema hijronimda chekmaysen fig‘onu nola ko‘p,
Jism aylarmu fig‘on, bo‘lg‘on nafas jondin judo?
Qilg‘ali mahrum jomi vaslidin jonon meni,
Talxi kom etmish tiriklik bodasidin jon meni,
Har zamone o'lturur g ‘am zahidin hijron meni,
Hajr o ‘lumdin talx emish, mundin so ‘ng, ey davron, meni,
Aylagil jondin judo, qilguncha jonondin judo.
Bag‘rima, ey xori hijron, har zamon sonchilmag'il,
Ey ko'ngul, yuz davr yetsa, ko‘zga g'ayrin ilmag‘il,
Ming balo yuzlansa, ey jon, yordin ayrilmag'il,
Bo ‘Isa yuz ming jonim ol, ey hajr, lekin qilmagil
Yorni mendin judo yoxud meni ondin judo.
Kampir dasturxon yozdi. G uldor sopol tovoqlarda 
um och keltirdi ham o ‘tirm asdanoq so‘radi:
— Qalay, deganim to ‘g ‘ri ekanmi? O ym o'm a — oy 
kulcha qizlar-a?
— Parizod desangiz ham ishonam en, — xomush 
javob berdi yigit.
— Tilingdan aylanay, bu qizlami q o ‘ldan chiqarish 
boshga qo‘ngan baxt qushini uchirish bilan barobar. 
Bu — nonko‘rlik b o ‘ladi. Qay biriga ko‘ngling ko ‘proq 
moyil bo ‘ldi? Tuxumday oppoqqina, silliqqinasigami 
yoki bug‘doy rang, nozik niholigami? T o ‘g‘risini ayt- 
sam, o ‘zim ham ikkilanib qoldim. K o‘nglim dam
unga, dam bunga og‘adi... 0 ‘zing tanla!
Arslonqul qoshiqni q o ‘yib, xolaning og ‘ziga 
xomush tikilib qoldi.
— H a, nega b o ‘zrayapsan? G apir, ko‘nglim tin- 
chisin, — so‘zlashga undadi kampir.
247


— Xolajon, har bir ishda sabr-bardosh kerak,— xa- 
fa qilmaslik uchun yumshoq javob berdi Arslonqul. — 
0 ‘ylashaylik, erta-indin ulami birov ilib qochmas...
— Ah, o ‘g‘lonim olamning sabr-bardoshini senga 
yig‘ib bergan ekan! — o‘pkalagan kampir bundan 
so‘ng «churq» etib og‘iz ochmadi.
Ertalab Arslonqul yangi etigini, bundan ikki oy 
burun Navoiy binokor ustalarni, mardikorlami chor- 
lab ziyofat qilganida, boshqa bir ko‘p kishilar qatorida 
kiydirgan yo‘l-yo‘l shohi to ‘nini birinchi m arta kiydi- 
da, ko‘chaga chiqdi. B a’zi og‘aynilarini qidirmoqchi 
b o ‘ldi, lekin yana aynadi: ular, albatta, sharobxonaga 
sudraydilar!
Limun mavzeidan boshlangan uzun, katta, safo- 
baxsh Hirot xiyoboni b o ‘ylab qurilgan — bitgan, chala 
ko ‘shklar, ikki qabatli, lekin yengil, kichik imoratlar, 
meva bog‘chalarini tom osha qilib, yo‘llarda uchishgan 
oltin barg gilamlari ustida asta kezdi. Keyin Shohrux 
madrasasiga jo ‘nadi — Sultonmurodni ikki haftadan 
buyon ko‘rmagan edi.
H ar vaqtdagi nim qorong'iligi bulutli kunda yana 
quyuqlashgan hujrada, kitoblar orasida Sultonm urod­
ni bemordek c h o ‘zilib yotgân holda ko‘rdi.
— Baxayr, ne b o ‘ldi, taqsir? — tiz ch o ‘kib, haya- 
jo n bilan so‘radi Arslonqul.
Sultonmurodning ko ‘zlari ich-ichiga botgan, rangi 
dardli, oqargan edi. U boshini ko'tarib, tirsagini yos- 
tiqqa tirab o ‘tirdi. Ikki-uch kundan buyon xasta 
ekanini, bukun harorati pasayib, ruhi yengillashganini 
so‘zladi.
— Tabib keltiraymi? — samimiy achinib so‘radi 
Arslonqul.
— Yo‘q, qaratdim, durustmen. Sizga juda intizor 
edim, — deb javob berdi Sultonmurod. — Kecha, 
oqshomga yaqin, bir boladan yo‘qlatdim, bordi-mi?
— Yo‘q, taqsir. Kecha, aksiga, uyga barvaqt juna- 
gan edim, — deb javob berdi Arslonqul. — Ne 
yumushingiz bo ‘lsa, ayting, bajarurmen, — o ‘zini ayb- 
dor sezgan kishining tovushi va vaziyati bilan dedi u.
248


Sultonmurodning o ‘chuk yuziga dardli tabassum 
yugurdi.
— Sizning yoringiz to ‘g‘risida g‘oyat to ‘g‘ri m a’lu- 
m ot oldim ,— boshini rost ko ‘tarib gapirdi Sulton- 
murod. — U Xadichabegimning xos kanizaklaridan 
ekan. Podshohga ro ‘baro‘ kelmagan emish.
Arslonqulning ko‘zlarida dard alangalanib ketdi.
— Taqsirim, qaysi m uborak og'izdan bu so ‘zlam i 
eshitdingiz! — titrait lablar bilan so‘radi Arslonqul. — 
Ikki dunyoda qulingiz b o ‘lay, taqsirim , ayting, 
to ‘g‘rimi? Qanday qilib? Jahonni ko‘zlarimga shu 
zum da yorug‘ladingiz, taqsir, bu qanday gap?
Sultonmurod, tabiiy, o ‘z sevgisini ustalik bilan 
yashirdi. Bir vaqt uning mojarosini, bir ertak singari 
Zayniddinga aytib bergach, d o ‘sti qiziqib, surishtirib, 
shunday xabar keltirganini bayon qildi.
— D o ‘stingiz saroyda xizmat qilurmi? — so‘radi 
Arslonqul.
— Y o‘q, — javob berdi Sultonmurod, — lekin 
istasa, har qanday sim i kovlab topadigan odam ... 
Ishonavering.
— X o‘b, saroy, haram , biz bechoralar u chun saddi 
Iskandar'-ku. N im a qilish kerak? — ilojsizlik dardi 
bilan b o ‘shashib dedi Arslonqul.
— T o ‘g‘ri, yo'lingizda saddi Iskandar bor, — boshi 
bilan tasdiqladi Sultonm urod. — Lekin shu vaqtgacha 
yo'lingiz simsiyoh tu n edi. Endi uzoqda um id sham i 
yondi... Inshoollo, g‘ayratingiz samarasiz qolmas. 
Ishni dastaw al nim adan boshlashni o ‘yladim: siz dil- 
navoz yoringiz bilan m unosabat bog‘lab, unga o ‘z 
dardlaringizning, sog‘inchingizning kuchini bildiri- 
shingiz ham qizning yurak orzularini bilishingiz kerak. 
Qarshi emasmisiz?
— Ayni haqiqat. D ildor ko ‘nglining tozaligi, asilli- 
gi xususida zarra gum onim yo ‘q. Ammo, orada ko ‘p 
yillar o ‘tdi. Yana kim biladi, qanday xayollari bor? — 
dedi-da, yerga qaradi Arslonqul.
1 Isk a n d ar Z u lq a m a y n q u rd irg an afso n av iy m u a z za m q o ‘rg ‘on.
249


— D o ‘stim bilan kengashdim. Qanday yo‘l bilan 
munosabat bog'lam oqqa ham bir chora topdik.
Arslonqul sergaklanib, ko‘zlarini olimga tikdi. Sul- 
tonm urod folchi kampir haqida gapirdi, uni qanday 
qilib qo‘lga olish to ‘g ‘risida uqtirdi-da, nihoyat, dedi:
— U makkora kampir, tabiiy, insonlikdan mah- 
rum , ochko‘z bir maxluqdir. Ishonam enki, ancha 
dinor talab qilur. Agar tangangiz b o ‘lmasa, tortinmas- 
dan aytavering, bir iloj qilib topurmiz.
— Ish oqchaga bog‘liq bo‘lsa, o ‘zimni garov qo‘y- 
sam ham topurm en. Bu to ‘g‘rida hech tashvishlan- 
mang!
Arslonqul hozirdan boshlab folchi kampiming 
iziga tushm oqqa shoshib qo‘zg‘alarkan, Sultonmurod 
juda ehtiyot bilan ish ko ‘rishni ta ’kidladi. Qiya ochiq 
darichada Arslonqulning m adrasa sahnida uchib 
ketayotgan azam at gavdasini ko ‘rdi-da, birdan chuqur 
«uh» tortdi. Shu sodda yigitning yuragini zaharlagan 
qahrli, m udhish hayotni qarg‘adi. K o‘ksida ishqning 
muqaddas, toza alangasini yillardan buyon saqlab kel- 
gan bu olijanob, faqir yigitga baxt tiladi. Lekin shu 
onda u o ‘z ko‘ksida eski dardning kuchli chayqalgani- 
ni sezdi. Biroq bu hasad emasdi. Bu chin, samimiy 
ishq og‘rig‘i edi. Dildoming nafis husni, xuddi kecha- 
gina ko‘rgandek, olimning ko ‘z oldida gavdalandi. 
Olim o ‘zini ovutish uchun tokchaga q o ‘l uzatib, qalin 
bir kitobni olib, parishon, dardchil varaqladi.

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin