Astronomiya


Astronomiya fanining mazmuni



Yüklə 118,67 Kb.
səhifə20/29
tarix26.12.2023
ölçüsü118,67 Kb.
#198477
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29
Astronomiya-fayllar.org

Astronomiya fanining mazmuni
Astronomiya osmon jisimlarining xarakati, fizik tabiati, ularning kelib chiqishi va evolyutsiyasi, Koinotning tuzilishi va unda planetamiz-Yerning o’rni xaqidagi ma’lumotlar beradigan fandir. Astronomiya so’zi yunoncha «astron»- yulduz, «nomos»-qonun so’zlaridan olingan bo’lib, uning qonunlari barcha tabiatshunoslik bilimlarining asosida yotadi. Shuning uchun xam uni uzoq vaqt tabiat falsafasi deb ataganlar. Тajriba materiallarining kupayishi, ularning ilmiy umumlashtirilishi va tekshirish usullarining takomillashtirilishi natijasida tabiat falsafasidan-fizika, kimyo, biologiya, geologiya va boshqa tabiiy fanlar, jumladan astronomiya xam ajralib chiqqan.

Astronomiya fanining maqsadi.
Astronomiya fanining maqsadi umumiy o’rta ta’lim negizida astronomiyadan fundamental bilim berish, olam xaqidagi tasavvurlarni kengaytirish, makrodunyo ya’ni juda ulkan, lekin bevosita borib ko’rib o’rganish imkoni bo’lmagan jarayonlarni inson o’z tafakkuri, ongi bilan o’rgana olganligi haqida fikr yuritiladi. Fan orqali O’quvchilar ongida dunyoqarash shakllantiriladi. Koinotda materiyaning turli kurinishlari mavjudligi, ularda xam saklanish qonunlari bajarilishi, koinotda borayotgan jarayonlarni bilish mumkinligi tushuntirib bera oladi.

Astronomiya fanini o’rganish jarayonida o’quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo’lishlari lozim:
- yulduzlar osmonining aylanishi, yulduzlar fonida Quyosh va Oy harakatlanishlarining sabablari;
- bahorgi, yozgi, kuzgi va qishki osmonning yulduz turkumlarini va ularning eng yorug’ yulduzlarini (Vega, Al-Тoxir, Deneb, Aldebaran, Betelgeyze, Antares, Sirius, Polluks, Arktur va boshqalar).
-Oy fazalarini almashinishi sabablarini, Quyosh va Oy tutilishlarining asosiy sabablari;
- Quyoshning tush paytdagi balandligini yil fasllariga ko’ra o’zgarib borish sabablari;
- astronomik kuzatishlar asosida, geografik kenglamani aniqlash prinsiplari.
-geliotsentrik ta’limotning ilmiy-dunyoqarash masalasida ahamiyati;
- Quyosh sistemasi jismlarigacha masofalarni o’lchash usullari;
- astronomik birlikning taxminiy qiymati;
-Oyning Yerdan, planetalarning Quyoshdan o’rtacha uzoqlik-larining taqribiy qiymatlari.
-birinchi va ikkinchi kosmik tezliklar;
-sun’iy yo’ldoshlarning asosiy orbita elementlari;
-kosmik kemalarni Oyga va planetalarga uchirish asoslari
- teleskoplarning vazifasi va ishlash prino’ipi;
-keng to’lqinli zamonaviy astronomiya (zamonaviy metodlar) haqida;
-yerdan tashqi astronomiyaning imkoniyatlari;
-osmon jismlarini o’rganishda spektral analiz;
-Quyoshning asosiy fizik xarakteristikalari (Quyoshning aktivligi va uning Yerga ta’siri);
- Yer tipidagi planetalar va ular uchun umumiy bo’lgan xususiyatlar;
-Gigant (ulkan) planetalar va ularning Yer tipidagi sayyoralardan farq qiluvchi asosiy xususiyatlari;
-Quyosh sistemasi mayda jismlarning fizik tabiatlaridagi xarakterli xususiyatlar;
-Kosmik fazoni tadqiq etishning asosiy yo’nalishlari va uni o’zlashtirishning kelajak istiqbollari;
-Quyosh sistemasi jismlarning kelib chiqishi to’g’risida zamonaviy tasavvurlar.
- yulduzlargacha masofalarni aniqlash usullari, astronomiyada asosiy uzunlik birligi;
-galaktikamizdagi eng yaqin va eng uzoq yulduzlargacha bo’lgan taxminiy birligi;
-yulduzlarning asosiy fizik xarakteristikalari (spektri, rangi, temperaturasi, radius va massalari) va ularning Quyosh bilan taqqoslash;
-nurlanish qonunlarining(Stefan-Bolo’man, Vin) mohiyati va ulardan yulduzlarga tegishli fizik kattaliklarni aniqlashda foydalanish;
- yulduzlar energiyasining manbai;
-yulduzlar evolyuo’iyasi haqida tushunchalar.
- Galaktikamizning tarkibi va o’lchamlari, unda Quyosh sistemasining o’rni;
- yulduzlararo bo’shliq, gaz va chang tumanliklar;
- tashqi-qo’shni galaktikalargacha (Andrameda, Katta va Kichik Magelan bulutlari) taxminiy masoflar;
- olam tuzilishining tuzilishi va evolyutsiyasi haqidagi tushunchalar.



Yüklə 118,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin