Atletika, voleybol, gandbol, futbol, gimnastika, shaxmat



Yüklə 4,94 Mb.
səhifə29/78
tarix19.10.2023
ölçüsü4,94 Mb.
#156967
növüУчебник
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   78
Sport turlarini o`rgatish metodikasi0000

Nazorat savollari:

  1. Sakrash texnikasini tushuntiring.

  2. Yugurib kelib uzunlikka sakrash texnikasini tushuntiring.

  3. Yugurib kelib balandlikka sakrash texnikasini tushuntiring.

  4. Richard Fosberi kim?

  5. “Fosberiflop” usuli haqida tushuncha bering.

  6. Yugurib kelib uzunlikka sakrash fazalarini tushuntiring.

  7. Yugurib kelib balandlikka sakrash fazalarini tushuntiring.

  8. Sakragandan keyin tayanch oyoq qayerda qoladi.

Adabiyotlar


  1. Abdullayev M.J., Olimov M.S., To‘xtaboyev N.T. Yengil atletika va uni o‘qitish metodikasi. Darslik, -Toshkent: “Barkamol fayz media” nashriyoti, 2017 y. 620 b.

  2. Abdullayev M.J. Sport mahoratini oshirish (Yengil atletika). Darslik. – Toshkent: “Cho‘lpon nomidagi nashriyot va matba ijodiy uyi”, 2019 y. 472 b.

  3. Normurodov A.N. Yengil atletika. Toshkent: O‘quv-uslubiy qo‘llanma. ToshDShI 2002 yil.

  4. Niyozov I. Yengil atletika. Farg‘ona: O‘quv qo‘llanma. Farg‘onanashriyoti 2005 yil.

7-Mavzu. Uloqtirish texnikasi tahlili va asoslari.


Respublika miqyosidagi musobaqalarda (120 – 130 grammli) rezinka toʼplar oʼloqtiriladi. Аmmo bunday toʼplar xavfliroq sanaladi (ular ancha ogʼir va yerdan juda balandga sakraydi). Bordi-yu, ular odamga tegsa jiddiy jaroxatlashi mumkin. Qoidaga koʼra, bunday toʼplar maysa bilan qoplangan maydonlarda uloqtiriladi.
Jismoniy tarbiya darslarida tennis toʼpi (ogʼirligi 80 gr.) uloqtiriladi va meyorlar topshirishda shunday toʼplardan foydalaniladi. Uloqtirish mashqini oʼrgatishda, dastlab, lattadan tayyorlangan yoki tennis toʼplaridan foydalanish tavsiya etiladi, negaki ular xavfsizroq va tegib ketganda xam jiddiy jaroxat yetkazmaydi, bundan tashqari, bunday toʼplarni yogʼingarchilik paytida bino ichida, sport zalida, devorga qaratib otish mumkin.
Toʼp uloqtirish darslarida har kimga bittadan yoki ikki kishiga bittadan toʼp beriladi. Bunda bir guruh toʼpni otadi, boshqasi uloqtirishga tayyorlanadi. Yugurib kelib, toʼpni toʼgʼriga uloqtirishda oxirgi qadamlar (3-5 qadam) katta tashlanadi. Uloqtirish chogʼida orqada turgan oyoq bilan siltaniladi, yelkalar oldinga chiqadi va toʼp ushlagan qoʼl keskin toʼgʼrilanib, uni uloqtiradi. Muhimi, uloqtirish paytida qoʼl erkin harakatlanishi, yaʼni gavda qayishdek buralishi lozim. Yakuniy harakat bajarilgandan soʼng chiziqni bosmay toʼxtab qolish zarur.
Darslarda toʼpni uloqtirish vaqtida quyidagilarga eʼtibor berish kerak:
-toʼpni ishora berilgandan soʼng, bir guruh oʼquvchi-talabalar uloqtiradilar; uloqtirilgan toʼplar oʼqituvchining ruxsati bilan yigʼib olinadi;
-uloqtirish uchun eng maʼquli yer yaxshi koʼrinib turadigan keng maydon, sayhonlik hisoblanadi; uloqtirish paytida maydonda odam boʼlmasligi zarur, aks holda toʼp tegib ketib, noxushlik roʼy berishi mumkin; imkoni boʼlsa, toʼpni balandlik tomonga (toʼp uzoqqa ketib qolmaydi) yoki devorga qarab uloqtirgan maʼqul.
Uloqtirish mashqlarini tez-tez va kuchi yetgancha bajarish kerak. Turli narsalarni (nayza, yogʼoch, tayoqcha, rezinka trubkalar – 30-40 sm li va boshqalarni) otsa ham boʼlaveradi. Turli holatlardan, koʼproq yugurib kelib uloqtirish ayniqsa foydalidir.
Toʼgʼri uloqtirishga oʼrgatish mashqlarni bajarishda quyidagilarga amal qilish lozim:
-toʼpni toʼgʼri ushlash, toʼp ushlagan qoʼlni toʼgʼri holatda tutish, toʼp yoʼnalishiga qarash;
-toʼpni uloqtirganda qoʼlni qamchi urgandek oldinga – yuqoriga qilib siltash va oyoqni bir qadam oldinga qoʼyish;
-toʼpni oldinga – yuqoriga qarata oyoq va gavda kuchi bilan uloqtirish va hamda toʼpni uloqtirgandan keyin oyoqni bir qadam oldinga qoʼyish;
-toʼpni bir qadamdan (halqadan halqaga qadamlagandek) uloqtirish;
-toʼpni yurayotib, 3 qadam yugurib otish;
-toʼpni 3-5 qadam yugurib kelib belgiga toʼgʼri tushish uchun uch urinishda uloqtirish;
-kuch bilan yugurib kelib, toʼpni uzoq masofaga uloqtirish;
-toʼp uloqtirishdan oʼquv meʼyorini topshirish va chempionni aniqlash lozim.

Yüklə 4,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin