Muvozanat - shugʼullanuvchining bir oyoqda turgandagi, shuningdek osilib yoki tayanib turgandagi gorizontal holati. Muvozanatga engashib.
Osilish - snaryadda shugʼullanuvchining yelkalari tutish nuqtasidan past boʼlgan holat. Osilishning quyidagi turlari bor: oddiy osilishlar - bunda snaryadni gavdaning qaysidir bir qismi bilan (koʼpincha qoʼl bilan) tutiladi; aralash osilishlar - bunda gavdaning yana biron qismidan (oyoqdan, oyoqlardan va hokazolardan) qoʼshimcha tayanish uchun foydalaniladi.
OFK - Osiyo futbol konfederatsiyasi.
Ochko - ochko. Sport turlariga qarab gʼoliblar uchun ochkolar har-xil beriladi.
Portlovchi kuch – qisqa vaqt ichida katta miqdorda kuch namoyon qilish qobiliyati.
Rekord - rekord. Sport turlari boʼyicha oʼtkazilgan musobaqalarda eng yuqori koʼrsatkichga erishib, birinchilikni egallash.
Sakrash - oyoqlarda depsingandan keyin erkin parvoz qilib maʼlum masofadan (balandligiga, uzunasiga) yoki toʼsiqdan (snaryaddan) oʼtish.
Sakrab tushish - snaryadda osilib yoki tayanib turgan holatdan yerga sakrab tushish. Sakrab tushishning quyidagi: oldinga tebranib, orqaga tebranib, oldinga yoki orqaga siltanib burilib, yoysimon, aylanib, toʼntarilib, qoʼllarping orasidan, salʼto va xokazo turlari mavjud. Shuningdek (tayanib turishdan va qoʼllarda turishdan) oyoqlarni bukib, oyoqlarni kerib sakrab tushish.
Sekundomer - sekundomer. Juda qisqa vaqt oraligʼini soniyalar bilan oʼlchash asbobi.
Set - hisob belgisi: olti yoki undan ortiq geym yutgan va ikki geym ustunlikka ega boʼlgan uchunchi set yutadi.
Stadion - oʼyingox, stadion (stadion-musobaqalashish joyi).
Statik muvozanat – dastlabki holat – oyoqlar ketma-ket bir chiziqda, qoʼllar oldinda, koʼzlar yopilgan tartibda muvozanatni saqlash. Tayanish shugʼullanuvchining yelkalari tayanch nuktasidan yuqorida boʼlgan holat.
Tayanishlar oddiy va aralash boʼladi.
Sportchining maʼnaviy-iroda tayyorgarligi – oʼzining pedagogik mohiyati jihatdan sport faoliyati sharoitiga moslab amalga oshiriladigan ahloqiy tarbiya, jumladan, irodani tarbiyalash jarayonidir.