Atletika, voleybol, gandbol, futbol, gimnastika, shaxmat



Yüklə 4,94 Mb.
səhifə69/78
tarix19.10.2023
ölçüsü4,94 Mb.
#156967
növüУчебник
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   78
Sport turlarini o`rgatish metodikasi0000

Nazorat savollari:

  1. Suzish sport turning tarixi haqida gapirib bering.

  2. Ibtidoiy odamlar hayotida suv qanday ahamiyatga ega boʼlgan?

  3. Qanday suzish turlari mavjud?

  4. Qaysi mamlakatlarda suzish sport turi rivolangan? Adabiyotlar

1.O.A.Sobirova "Suzish" Toshkеnt, Ibn Sino, 1993 y. F/S.
2.www.suzish.uz.
21-Mavzu. Suzish texnikasining ilmiy-nazariy asoslari. Suzish mashg`ulotlarida mashq qilish va o`rgatish uslubiyati.
Suzish bo’yicha o’quv sport ishlarini uyushtirish, rejalashtirish va hisobga olish o’quv mashg’ulot jarayonining muvaffaqiyatli o’tishini ta’minlaydi. O’qituvchilar va jamiyat aktivlari ish faoliyatining samaradorligi o’quv-sport ishlarining sifatli uyushtirilishiga va ularning muntazam xisobga olib borilishi ko’p jixatdan bog’liq.
O’quv-sport ishlarini uyushtirishga quyidagilar kiradi:
1.Mahg’ulot o’tkazish uchun joy tayyorlash
2.Shug’ullanuvchilarni gruppalarga taqsimlash va uyushtirish
3.O’qituvchi murabbiylar tarkibini tuzish va ularning ishini tashkil qilish.
Mashg’ulot o’tkazish uchun joy tayyorlash. Yozgi va qishki sun’iy basseynlar, shuningdek tabiiy suv xavzalari qoshidagi bassenlar suzish bo’yicha o’quv mashg’ulotlarini uyushtirish va o’tkazish joyi xisoblanadi. Bunday sport inshootlarida odatda turli xarakterdagi mashg’ulotlar uchun maxsus xonalar bo’ladi. Jumladan nazariy darslar uchun maxsus adabiyotlar, ko’rgazmali qurollar va maxsus kinofilmlarni namoyish qilish uchun kino apparatlari bilan jixozlangan uslubiyot xonasi, amaliy mashg’ulotning quruqlikda o’tkaziladigan qismi uchun xona, suzish texnikasini o’rgatish va umumiy hamda maxsus jismoniy mashg’ulot o’tkazish uchun zarur bo’lgan jixozlar va inventarlarga ega maxsus zal, suzishni bilmaydiganlar bilan mashg’ulot o’tkazish uchun sayoz basseyn,
shug’ullanuvchilarni sportcha suzishga o’rgatishva razryadli suzuvchilar bilan mashg’ulotlarini o’tkazish uchun xar jixatdan standart basseyn bo’ladi. suzish uchun o’z inshootiga ega bo’lmagan sport jamiyatlari mashg’ulot o’tkazish uchun joyni kerakli vaqtga ijaraga olib, undan maqsadga muvofiq foydalanishlari lozim. Bundan tashqari normativ topshirishga tayyorgarlik va topshirish, shuningdek, ochiq xavoda turli sport mashg’ulotlaridan foydalanib, umumiy jismoniy tayyorgarlikni oshirish uchun sport jamiyatlari eshkakli sport turlari va ularni ijaraga olishi kerak. Agar xovuz va yozgi suv bazasi bo’lmasa, o’quv-sport ishlarini tabiiy suv xavzalarida o’tkazish mumkin. Suzishni bilmaydiganlar bilan bo’ladigan darslar toza, tobora chuqurlashib boradigan soy, xavzalarda o’tkaziladi. Suvning dars o’tiladigan qismi shamoldan to’silib ustunlarga bog’langan arqon bilan chegaralangan bo’lishi kerak. Suzishni biladiganlar bilan chegaralangan bo’lishi kerak. Suzishni biladiganlar bilan mashg’ulotlarni o’tkazish uchun chuqurligi 1,5-2m keladigan joy tablanadi va eng oddiy suv bazasi barpo qilinadi.
Sportcha suzish usullarini o’rgatish uchun qirg’oq bo’ylab suvdan 5-10 sm balandlikda reyka o’rnatiladi. Mashg’ulotlar o’tkaziladigan joy ikki tomoniga, 2025 m oraliqda, burilish uchun o’rnatilgan taxta schit suv ostiga qqilgan qoziqchalarga maxkamlanadi va shchitlar orasida, bir-biridan 2-2,25 m uzoqlikda po’kak o’tqazilgan arqon bilan ajratilgan yo’laklar xosil qilinadi. Burilish shtining ustida start olish uchun supachalar bo’ladi.
Shug’ullanuvchilarni gruppalarga taqsimlash va uyushtirish asosan o’quv yilining boshlanishida yoki yozgi suzish mavsumida amalga oshiriladi. Bunda shug’ullanuvchilarning yoshi, jinsi va suzish tayyorgarligiga qarab gruppalarga bo’linadi. Sportcha suzishni boshlovchilar uchun o’quv gruppalari, keksa yoshdagi kishilar uchun o’quv sog’lomlashtirish gruppalari, keksa yoshdagi kishilar uchun o’quv gruppalari, keksa yoshdagi kishilar uchun o’quv sog’lomlashtirish gruppalari tashkil qilinadi. Keyinchalik sportda takomillashtirishda mo’ljallangan jinsi bo’yicha -erkaklar, ayollar va aralash; yoshi bo’yicha – bolalar (5-6, 7-8, 910 yosh), osmirlar (11-12,13-14 yosh), yoshlar (17-23 yosh), kattalar (23 yoshdan kattalar), o’rta yoshdagilar (40-50) va keksa yoshdagi (50-60 vaxakazo) gruppalar komplektlanadi.
Tayyorgarlik bo’yicha – suzishni bilmaydiganlar, bo’sh suzadiganlar, o’zicha yaxshi suzadiganlar o’quv (o’rgatish); sport razryadiga ega bo’lmagan suzuvchilar (lekin sportcha suzish usullarni o’zlashtirirgan) III va II razryadlilar va sport masterlari sportni takomillashtirish gruppalariga jalb qilinadi. Lekin amalda o’quv sport ishlarini o’tkazishda shug’ullanuvchilar ko’pincha ikkita o’quv gruppalariga: suzishni bilmaydiganlar va bo’sh suzadiganlar; o’zicha (sportcha bo’lmagan) yaxshi suza oladiganlar; shuningdek ikkita sport: o’smirlar va III razryadlilar; II va I razryadli xamda sportni takomillashtirish gruppasiga biriktiriladilar. Jamiyatning ilg’or suzuvchilari uchun sportchi-razryadlilar soni kam bo’lgan xollarda ular maxsus bir gruppaga uyushtiriladi.
Bitta o’qituvchiga quyidagi miqdorda shogirdlar bilan shug’ullanish tavsiya qilinadi:
-suzishni bilmaydiganlar, yomon biladiganlar va o’zicha suza oladiganlar o’quv va o’quv –sog’lomlashtirish gruppalarida 12-15 kishidan ko’p bo’lmasligi kerak. Mashg’ulotlar xaftasiga 2-3marta, suvda 30-45 daqiqa davomida o’tkaziladi;
-sportcha suzish texnikasini o’zlashtirganlar, o’smirlar va III razryadlilardan iborat o’quv mashg’ulot gruppasi 8-10 kishidan ko’p bo’lmasligi kerak. Mashg’ulot bir xaftada 3-4 marta, suvda darslar 45-60 daqiqa davom etadi;
-II razryadli suzuvchilardan iborat o’quv mashg’ulot gruppasi bir xaftada 6-7 kishidan ko’p bo’lmasligi kerak. Mashg’ulotlar bir xaftada 4-5 marta o’tkazilib, ularning xar biri 60-90 daqiqa davom etadi;
-I razryad va sport ustalaridan iborat sport takomillashtirish gruppasida 4-6 kishi shug’ullanadi.
Mashg’ulotlar xaftasiga 6,9,12 marta o’tkazilib, suvdagi darslarning davom etishi 90-120 daqiqani tashkil etadi.
Bolalar, o’smirlar, yoshlar va kattalar bilan suzish bo’yicha o’quv, o’quv sog’lomlashtirish va sport mashgulotlari, ommaviy sport tashkilotlari, sport klublari, sun’iy xovuzlar va yozgi suv bazalari ma’muriyati, madaniyat va istiroxat bog’lari, sport jamiyatlari va tashkilotlari kabi organlari tomonidan uyushtiriladi va o’tkaziladi.
Ommaviy cho’milish joylarida (daryo, k’ol va dengiz qirg’oqlarida), axoli punktlarida, shaxarlarda, shaxar chekkalarida, dam olish uylari joylashgan manzillarda va sanatoriylarda yilning yoz faslida axolini suzishga ommaviy o’rgatish bo’yicha o’quv punktlari uyushtiriladi.
Sportcha suzish maktabida yoshiga qarab o’zi suza oladiganlardan tuzilgan o’quv gruppalari sportcha suzishga o’rgatiladi. Shunungdek ko’pgina maktablar qoshida suzishni bilmaydiganlardan maktab, maktabgacha 5-6, 7-8 yoshdagi bolalar uchun tayyorlov gruppalari tuziladi. Sportcha suzish texnikasini o’zlashtirgan o‘smir va yoshlar mashg’ulotining davom ettirishlari uchun o’quv mashg’ulotlari va sport takomillashtirish gruppalariga jalb qilinadi. Sport tayyorgarligiga qarab tuzilgan mazkur gruppalarga yoshi va jinsidan qat’iy nazar sport razryadi bo’lmagan suzuvchilar (lekin sportcha suzish texnikasini o’zlashtirganlar) va razryadlilar uyushadi.
Ayrim sport maktablarida doimiy ishlaydigan uchta gruppa -11-12, 13-14, 15-16 yoshlilardan iborat terma komandalar tuziladi. Bolalar sport maktablari o’zaro musobaqalar uyushtiriladilar va o’tkazadilar. Terma komandalar tuman, shaxar, viloyat musobaqalarida ishtirok etadilar.
Oliy o’quv yurtlari qoshida suzish terma komandalari tuzladi. Bu komandalar yil davomida muntazam suzish mashqini egallaydilar va turli musobaqalarda qatnashadilar. Viloyat va shaxar ko’ngilli sport jamiyatlari xuzurida sport maxoratini takomillashtirish gruppalari tashkil qilinadi va ular shu jamiyatning terma komandasi xisoblanadi. Bu gruppalarda maxoratni oshirish uchun yil davomida muntazam sport mashg’ulotlari o’tkaziladi.
Shaxar sport tashkilotlari tomonidan uyushtirilgan yoshlar sport maktablarida suzish sporti dasturiga mivofiq kelajagi poqloq bolalar va shaxarning kuchli suzuvchilari bilan o’quvchilar sport ishlari olib boriladi. Bu bo’limning asosiy vazifasi sport ustalari va I razryadli suzuvchilarni tayyorlashdan iborat. Yoshlar sport maktabi o’quv sport gruppalaridagi ish shug’ullanuvchilarning tayyorgarlik darajasi xisobga olingan xolda uyushtiriladi. Bunda qishki suzish xovuzlarida mashg’ulot o’tkazish imkoniyati bo’lgan maktablarda II razryadlilar gruppasi 1,2 yil, I razryadlilar va sport ustalari 3-4 yil o’rgatiladi.
Qishki xovuzlari bo’lmagan maktablarda III razryadli gruppasi 1-2yil, II razryadlilar gruppasi 3-4 yil xamda I razryadlilar va sport ustalaridan iborat gruppalar mashg’ulotlarning keyingi yillarida o’qitiladi. O’quv-sport ishlariga o’rta maxsus yoki oliy ma’lumotli o’qituvchilar murabbiylar jalb qilinadi. Mashg’ulotlar jadvali tuzilgandan keyin ish kuni normasiga muvofiq o’qituvchilar gruppalarga biriktiriladi. O’quv – sport ishlari ustidan murabbiylar raxbarlik qiladi, u siyosiy-tarbiyaviy o’quv uslubiy ishlarning saviyasini oshirish bilan shug’ullanadi. Murabbiylar nazariy va amaliy darslar, mashg’ulotning yillik va istiqbolli, ilg’or suzuvchilar uchun yakka rejalar, sport tadbirlari va bu tadbirlarni uyushtirish rejalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. Bundan tashqari o’qituvchilar tarkibining ijtimoi-siyosiy darajasini va malakasini oshirishga qaratilgan tadbirlar konpleksini ushlab chiqadi va o’tkaziladi.
Suzish bo’yicha o’quv mashg’ulot jarayonini rejalashtirish deyilganda butun o’quv materiallarini izchil taqsimlash tushuniladi. Rejalashtirishda nazariy va amaliy darslar uchun zarur xijjatlar tuziladi. Bolalar va yoshlar sport maktablari, oliy o’quv yurtlari va xakozolar o’quv mashg’ulot jarayonini dastlabki rejalashtirish xujjatlari davlat dasturi va musobaqa tadbirlarining kalendaridan iborat bo’ladi. Dastur shug’ullanuvchilar ma’lum gruppasi uchun o’quv mashg’ulot darsini uyushtirish formasi, maqsadi, asosiy vazifalari, o’quv materialining xajmi va mazmunini belgilaydi.
Dasturning tushuntirish qismida shug’ullanuvchilar miqdori va ularni o’qitish muddati belgilanadi: o’quv mashg’ulot jarayonining maqsadi va bo’limlarning vazifalari; o’quv mashg’ulotini uyushtirish formasi; dastlabki va yakuniy normativlari. Bundan tashqari tushuntirish qismida tashkiliy uslubiy ko’rsatmalar beriladi.
O’quv rejasiga ko’ra dastur nazariy va amaliy qismlarga bo’linadi, ularning xajmi va mazmuni bayon etiladi, material choraklarga taqsimlanadi. Rejada nazariy mavzular va asosiy mashqlar o’tiladigan gruppalar ko’rsatiladi. Ularni o’tish uchun zarur soatlar belgilanadi. Asosiy mashqlar gruppasi mashg’ulotlari qiyinligi ortib borishi xisobga olinib, mashg’ulotlar tartib bilan mukammal yoziladi, shuningdek xar bir mashqlar gruppasi bo’yicha norma talablari ko’rsatiladi.
Suzish bo’yicha o’quv sport ishlarini rejalashtirishda joylarda sharoitni xisobga olib dasturni biroz o’zgartirish mumkin. Lekin kiritilgan o’zgarishlar dastur mazmuniga salbiy – ta’sir etmasligi kerak.
Mashg’ulot yig’ilarini o’tkazish va sport ustalari xamda I razryadli sportchilar bilan ishlash bo’yicha aniq davlat rejasi yo’q. Shuning uchun xam bu ishlar sportchilarning shaxsiy xususiyatlarini xisobga olgan xolda maxsus ishlab chiqilgan dastur asosida olib boriladi. Yig’inlar dasturi maqsad va vazifalar asosida olib boriladi. Yig’inlar dasturi maqsad vazifalari asosida, ularning murakkabligiga qarab tuziladi.
Dasturning nazariy qismida sportcha suzish texnikasi, suzuvchilarning sport masg’ulotini tashkil qilishga aloxida e’tibor beriladi. Amaliy qismida esa suzish sportining tanlangan turi bo’yicha mashqlar va umumiy xamda maxsus tayyorgarlikning oshirishga yordam beradigan maxsus jismoniy mashqlar asosiy o’rinni egallaydi.
Sport tadbirlarining kalebdari yuqori sport tashkilotlarining tadbirlari kalendari asosida tuziladi. Bunda o’quv sport ishlarining vazifalari va maxalliy sharoit xisobga olinadi. Mashg’ulot jarayonini rejalashtirish, uni davrlarga bo’lish va sportchining mas’uliyatli musobaqalarga tayyorlash muddatini belgilaydi.
Mavzuiy ish reja dastur va o’quv materialini o’tish grafigi asosida tuziladi. Dastur materialini darslarga taqsimlanadi, xar bir dars temanikasi, nazariy va amaliy darslarning mazmuni belgilanadi. Ish plani bir oy,chorak yoki semestrga mo’ljallanadi.

Yüklə 4,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin