Atletika, voleybol, gandbol, futbol, gimnastika, shaxmat



Yüklə 4,94 Mb.
səhifə71/78
tarix19.10.2023
ölçüsü4,94 Mb.
#156967
növüУчебник
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   78
Sport turlarini o`rgatish metodikasi0000

Jismoniy ishchanlik – uzoq vaqt davomida va kuch boricha mexanik ishining bajariladigan miqdori.
Jismoniy mashq – jismoniy tarbiya qonuniyatlari talablariga javob beruvchi, ongli ravishda bajarilayotgan ixtiyoriy harakat faoliyatlarining turli turkumi tushuniladi.
Jismoniy mashq texnikasi – harakat vazifasini oson samarali hal qilish uchun tanlangan harakat akti (faoliyati).
Jismoniy tarbiya - pedagogik jarayon boʼlib. Inson organizmini morfologik va funktsional jihatdan takomillashtirishga, uning hayoti uchun muhim boʼlgan bilimlarini malakasini, mahoratini, ular bilan bogʼliq boʼlgan bilimlarini shakllantirish hamda yaxshilashga qaratilgan fan.
Zona-mintaka.1 geografik maydon. Sport musobaqalarining dastlabki oʼyinlari bir necha mintaqalarda oʼtkazishi mumkin. 2 basketbolda maydon oʼrtasidan oʼtgan chiziq uni ikkiga boʼladi.
Kuch – deb tashqi qarshilikni muskullar tarangligi bilan yengish qobiliyatiga aytiladi. Kuch u yoki bu daraja istalgan bir harakatda namoyon boʼladi. Shtanga koʼtarish, qoʼlda tortilish, vertikal arqonga oyoqlar yordamisiz tirmashib chiqish va boshqalar kuchning yorqin ifodasidir. Jismoniy tarbiyada kuch sifatlarini rivojlantiruvchi qoʼyidagi mashqlar qoʼllaniladi: turli ogʼirlikdagi predmetlar (toʼldirma toʼplar, gantellar, qum toʼldirilgan qoplar, toshlar, shtangalar) bilan bajariladigan mashqlar, choʼziluvchi buyumlar (rezinka, espanderlar) bilan bajariladigan maoʼqlar, kurash elementi mavjud boʼlgan mashqlar, tortilish oʼyinlari, osilish, tayanish, irgʼitish va toʼp uloqtirish mashqlari (jumladan uzoq masofaga), uzunlikka sakrash va h.k.
Kombinatsiya - kombinatsiya. Umuman sport oʼyinlarida uzoqni koʼzlab qilingan harakat.
Koʼtarilish - osilib turishdan tayanishga yoki pastroq tayanishdan yuqoriroq tayanishga oʼtish. (Harakatni boshni oldinga qaratgan holda bajariladi.) Qoʼtarilishning quyidagi turlari bor: galma-gal kuchanib koʼtarilish, kuchanib koʼtarilish , bir oyoqni silkitib toʼntarilib koʼtarilish siltanib toʼntarilib koʼtarilpsh, kuchayib toʼntarilib koʼtarilish, oʼng (chap) oyoqda koʼtarilish ikkala oyoqda koʼtarilish, gavdani rostlab koʼtarilish va hokazo.

Yüklə 4,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin