UEFА - Yevropa futbol ittifoqi.
Umbaloq oshish- gavdaning avval tayanib, ketma-ket bosh orqali toʼntariladigan aylanma harakati.
Uchish - bu shugʼullanuvchining snaryad (odatda halqa) bilan birgalikda bir marta tebranma harakat qilishidir. Bir necha bor uchish uchib turish deyiladi.
FIVB - Xalqaro voleybol federatsiyasi.
Fint - chalgʼitish, raqibni aldaydigan harakatlar hisoblanadi.
FIFА - Xalqaro futbol assotsiatsiyasi.
XGF - Xalqaro gandbol federatsiyasi
XBF - Xalqaro basketbol federatsiyasi
Chaqqonlik – bu harakatni koordinatsiyalash, yangi harakatlarni egallash, oʼzgarib turuvchi sharoit talabiga koʼra bir harakatdan ikkinchisiga tezda oʼta olish qobiliyatidir. Chaqqonlik murakkab gimnastika mashqlarini (erkin mashqlar, asbob-anjomlarda bajariladigan mashqlar) bajarishda, sport oʼyinlarida, balandlikka sakrashda, uloqtirishda ayniqsa koʼproq namoyon boʼladi.
Chaqqonlikni rivojlantirish uchun shugʼullanuvchiga yangilik va koordinatsion qiyinchilik elementi boʼlib koʼrinadigan har qanday jismoniy mashqdan foydalanish mumkin.
Chidamlilik – biror bir faoliyatda charchoqqa qarshilik koʼrsatish qobiliyati chidamlik deb ataladi. Chidamlilik organizmning u yoki bu harakat faoliyatidan toliqishga bardosh bera olish faoliyatidir. Umumiy va maxsus chidamlilik farqlanadi. Umumiy chidamlilik uzoq vaqt davomida (masalan, davomli yugurish, yugurish, suzish, kross yugurish) oʼrtacha suratda tinimsiz harakat faoliyatiga bardosh berish qobiliyatidir. Maxsus chidamlilik esa muayan faoliyatdagi chidamlilikdir. Sportda, masalan, tezkorlik va chidamlilik birikib keladigan (qisqa masofaga yugurishda) tezkor chidamlilik, kuch va chidamlilik birikuvda keladigan (masalan, choʼqqayish, qoʼlda tortilish, shtanga koʼtarish) kuch chidamliligi boʼlishi mumkin.
Egiluvchanlik– kishi organizmning tayanch harakati apparati zvenolarining harakatchanligi bilan xarakterlanadigan xususiyatidir. Harakat koʼlami egiluvchanlikning koʼrsatkichlaridan biri boʼlib xizmat qiladi. Harakat koʼlami tezkorlik, chaqqonlik va boshqa jismoniy sifatlarning noyob boʼlishiga taʼsir etadi.
Egiluvchanlikni rivojlantirish uchun choʼzilish, yaʼni harakatlar koʼlami oshirib bajariladigan mashqlar qoʼllaniladi. Bu mashqlar avvalo qoʼllar, oyoqlar, gavda, bosh uchundir.
Yurishning va katta qadam tashlab yugurishning turli xillari, “qalamlab” sakrashlar, choʼqqayib turgan xolatda sakrashlar, chuqur oʼtirish, gimnastika devoriga yuz oʼtirib – oldinga, orqaga, yon tomonlarga egilish mashqlari va boshqalar.
Engashish - gavdani bukishni bildiradigan termin. Engashishning quyidagi turlari bor: toʼla engashish, kerishib engashish, yarim engashish, pastlatib oldinga engashish, orqata engashib yerga yotish, oyoqlarni keng ochib engashish, quchoqlab engashish.