Nazorat savollari: 1.Gimnastika mashqlarini oʼrgatishning asosiy vazifalari nimadan iborat?
2. Mashqlarni oʼrgatishdagi asosiy qoidalarni ayting.
3.Gimnastika mashqlarini oʼrgatishda onglilik va faollilik tamoyillari qanday oʼringa ega?
Gimnastika mashqlarini oʼrgatishda koʼrgazmalilik tamoyili qanday ahamiyatga ega?
Gimnastika mashqlarini oʼrgatishda osonlik tamoyili qanday oʼringa ega?
6.Jismoniy tarbiya sohasida gimnastika qanday oʼrin tutadi?
Gimnastikaning asosiy vositalari va uslubiy xususiyatlari nima?
Umarov M.N. Gimnastika. O‘quv qo‘llanma– Tashkent, “VNESHINVESTPROM” MChJ - 2015 y
Morgunova I.I. Gimnastika va uni o‘qitish metodikasi. 2-nashr. O‘quv qo‘llanma– Tashkent, Ilm-ziyo - 2011 y
Toirjanov E.I.Gimnastika va uni o‘qitish metodikasi. O‘quv qo‘llanma–
Farg‘ona, “Fan va texnologiya” nashriyoti - 2019 y
19-Mavzu. Gimnastika turlari va ularning qoidalari. Ixtisoslashgan - amaliy gimnastika
Ixtisoslashgan amaliy gimnastika - shug‘ullanuvchilarning umumiy jismoniy rivojlanishga va ularning o‘z ixtisoslariga xos mehnat harakatlarni tezroq o‘zlashtirishga mo‘ljallangan.
Ixtisoslashgan amaliy gimnastika jismoniy tayyorgarlikning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Ixtisoslashgan amaliy tayyorgarlik asosan turli kasbdagi ishchilarni tayyorlaydigan ixtisoslashgan texnika bilim yurtlarida, shuningdek oliy o‘quv yurtlari hamda texnikumlarda o‘tkaziladi. Bu tayyorgarlik uch qismdan iborat: umumiy, ixtisoslashgan amaliy va maxsus jismoniy tayyorgarlik.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik shug‘ullanuvchilarni har tomonlama, garmonik rivojlantirish va sog‘lomlashtirishga qaratilgan. Bu tayyorgarlik turli sport turlari mashg‘ulotlarni: yengil atletika, chang‘i, suzish sporti va hokazolarni o‘z ichiga oladi. Bu tayyorgarlikda ayniqsa quydagi gimnastika mashqlari katta o‘rin tutadi.
Buyumsiz va buyum bilan umumrivojlantiruvchi mashqlar. Ommaviy tusdagi snaryadlar (gimnastika devori, o‘rindig‘i, arqon, xoda va boshqalar)dagi mashqlar.
Oddiy akrobatika mashqlari.
Oddiy va tayanib sakrashlar. Ixtisoslashgan amaliy gimnastika mashqlari bo‘lajak kasbni tezroq egallab olishga mo‘ljallangan. Hamma uchun yagona bo‘lgan umumjismoniy tayyorgarlikdan farqli o‘laroq ixtisoslashgan amaliy tayyorgarlik bo‘lajak ishlab chiqarish faoliyatini hisobga olgan holda o‘tkaziladi. Uning dasturiga ixtisoslashgan amaliy gimnastika kiradi, uning hajmi va xarakteri o‘quvchilarning ixtisosi va shug‘ullanuvchilar mehnatining sharoiti va xususiyatiga bog‘liqdir.
Ixtisoslashgan amaliy gimnastika shug‘ullanuvchilarning ishlab chiqarish faoliyatida asosiy ishni bajaradigan muskul guruhlarini rivojlantirishga, shuningdek boiajak kasbga zarur bolgan harakatlarni o‘stirishga moijallangan.
Bundan tashqari, mehnat jarayoniga o‘xshash bo`lgan mashqlar yordamida aniq kasb sohasida muvaffaqiyatliroq ishlash uchun zarur bo`lgan jismoniy sifat va harakat malakalari rivojlanadi.
Ixtisoslashgan amaliy gimnastikaga qo‘yilgan vazifalarga muvofiq ravishda hamma mashqlar: umumrivojlantiruvchi va erkin, snaryadlardagi, saf va amaliy, akrobatika va badiiy gimnastika mashqlari qo`llanilishi mumkin.
Keyingi vaqtlarda duradgor, bo‘yoqchi va suvoqchilarning ixtisoslashgan amaliy jismoniy tayyorgarlik mashqlari ishlab chiqarilib, sinovdan o‘tkazilgan edi. Ularning jismoniy tayyorgarlik dasturining ko‘p qismini ham amaliy gimnastika egallaydi.
Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida o‘quvchilarning jismoniy tarbiyasi umumiy dastur mashg‘ulotlari va fakultativ mashg‘ulotlardan iborat. 0‘quvchi qaysi sport turi bilan shug‘ullanmasin, u badan qizdirishga kiradigan va sportchilarning maxsus tayyorgarligi uchun qo‘llaniladigan gimnastika mashqlarini albatta bajaradi ko‘rsatilgan mashg‘ulotlarga ixtisoslashgan amaliy gimnastikaga xos bo‘lgan mashqlarni kiritish tavsiya qilinadi. Shunday qilib, ixtisoslashgan amaliy gimnastikani jismoniy tayyorgarlik ko‘rishdagi ahamiyati juda kattadir.
Sport amaliy gimnastika.
Organizimning funksional imkoniyatini oshirish va harakat sifatlarini takomillashtirish uchun qoilaniladigan jismoniy tayyorgarlikning turli vosita hamda uslublari orasida gimnastika muhim ro‘1 o‘ynaydi.
Sport amaliy gimnastikasida qo`llanadigan mashqlar muskul zo‘riqishining tuzilishi va xarakteri bo‘yicha u yoki bu sport turiga xos bo`lgan mashqlarga o‘xshashdir.
Gavdaning turli qismlari aylanma harakat qiladigan sport turlarida yuqori sport natijalariga erishish uchun (figurali uchish, kurash, futbol, suvga sakrash, xokkey, basketbol va boshqalar) akrobatika mashqlari keng qo‘llaniladi, ular yordamida tayanch harakatlantiruvchi apparat va vestibulyar analizatoming funksiyasi takomillashadi.
Sport amaliy gimnastika mashg‘ulotlari asosiy ko‘rinishlarga quydagilar kiradi: 20-40 minut davomida bajariladigan kundalik ertalabki gimnastika. Unga ertalabki badan tarbiyadan ko‘ra ancha jadalroq bajariladigan chigal yozdi (razminka) mashqlari. Buning uchun tanlab olinadigan sport turining asosiy funksional va muskul faoliyatining xarakteriga mos keladigan mashqlar tanlanadi. Chigal yozdi (razminka) mashqlari jarohatlarining oldini olishning ishonchli vositasidir.
Jismoniy tayyorgarlik jarayonida shug‘ullanuvchilarning harakat sifatlari takomillashadi (treniroka paytida va maxsus mashg‘ulotlarda).
Sport amaliy gimnastika uchun mashqlar tayyorlanganda ularning o‘z vazifasiga to‘g ri kelishi (ertalabki gimnastika, razminka, j ismoniy tayyorgarlik), shuningdek shug‘ullanuvchilarning yoshiga, ularning tayyorgarligi va trenirovka davriga mos kelishini hisobga olish kerak. Majmuaga kiritilgan mashqlar sportchilarning organizmiga har tomonlama ta’sir ko‘rsatishi kerak. Ular navbatlashtirilganda muskul guruhlarini ishga ketma - ket kirita borish va astasekin jadalikni oshira borish zarur.
Mashg‘ulotlar kichik amplitudali (asta-sekin bajariladigan) oddiy mashqlardan boshlanadi. Asta-sekin ularning miqdori va bajarish me’yori oshib boradi, alohida muskul guruhlarini ishiga e’tibor ko‘paytiriladi. Jadalroq mashqlar majmuaning oxrida bajariladi.
Vaqti - vaqti bilan 2-4 mashqlardan iborat seriyalar takrorlanadigan, maxsus mashqlar tavsiya qilinadi.
Maxsus jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlarida qo‘llanadigan mashqlarning salmog‘i sport turiga va muayyan harakat vazifalarining hal qilishga bog‘liqdir.
Sport amaliy gimnasitika mashg‘ulotlarida quydagilar: buyumsiz va gimnastika tayog‘i bilan, gantellar, to‘ldirma to‘p, arg‘amchi, rezina amartizator bilan bajariladigan umumrivojlantiruvchi mashqlar: gimnastika devorchasi, skameyka arqon havoda shuningdek, qo‘shpoyalarda, halqada, dastakli otda bajariladigan umumrivojlantiruvchi mashqlar: akrobatika mashqlari (shu jumladan, batutda, irg‘itma taxtada) qo‘llaniladi.
Trenirovka paytida mashqlarning hajmi va navbatni murabbiy belgilaydi. Umumiy jismoniy tayyorgarlikni yaxshilash va maxsus jismoniy sifatlarni takomillashtirish uchun quydagilar tavsiya qilinadi:
- kuchni rivojlantirish uchun o‘ta og‘ir bo‘lmagan yuk bilan eng katta tezlikda mashq bajarish (tez-kuchli), og‘ir yuk bilan (maksimal kuch) o‘ta og‘ir yuk bilan charchaganga qadar bajarish (kuch chidamligi) umumiy ta’sir qiluvchi mashqlarni bajarish zarur. Masalan: arqonga tirmashib chiqish, rezina amartizatorlar, arg‘amchi, gantellar bilan q oini to‘g‘ri bukkan holda oyoq va gavda harakatlari bilan birga turli yo‘nalishda bajariladigan mashqlar: tezlikda zo‘r berib va izometrik rejimda bajariladigan mashqlar juda foydalidir (4-6 soniya pauza bilan). Kurashchi, shtangachi, eshkakchilar uchun ayrim asboblarda, shuningdek amartizatorli qurilmalardan foydalanib mashqlar bajarish: futbolchi, qo‘l to‘pi, basketbolchi va voleybolchi singari o‘yinchilarga buyum bilan bajariladigan mashqlar, gimnastika devorchasida, o‘rindiqda (skameykada), arqonda dinamik xarakterdagi oddiy mashqlar, turli sakrash mashqlari tavsiya qilinadi. Murabbiy mashg‘ulotda kuch ishlatish mashqlarining salmogi va xarakterini belgilaydi. Quyishqoqlikni rivojlantirish uchun mashqlar bajarilar ekan, bunda harakatlarning amplitudasini asta-sekin oshirib bajarish kerak (oyoqlardan ushlab, siltinib, prujinasimon va keskin harakatlar bilan engashish) qo‘shimcha, tanyanchdan, sherikning yordamidan foydalanish (juft mashqlar): ommaviy shakldagi asboblarda mashqlar va hokazolarni bajarish zamr. Mashqlar tanlaganda texnik tayyorgarlik vazifalarini hal qilish uchun tayanch harakat apparatini tayyorlashda yordam beradigan mashqlarga ko‘proq e’tibor berish lozim. Masalan, suzuvchilar uchun yelka bo‘g‘ining yaxshi harakatchanligi zarurdir, o‘yinchilarga esa (futbol, basketbol) tos-son va boldir-tavon bo‘g‘inlarinnig harakatchanligi lozim: chaqqonlikni rivojlantirish uchun - koordinatsiya mashqlarini, har xil usul va turli yo‘nalishda gavda aylanishini talab qiladigan oddiy akrobatika mashqlar yig‘indisini bajarish turli xil sakrashlarni qo‘llash (tayanchsiz, tayanib turib paslikka, tramplindan aylanib bajariladigan sakrashlar) ma’qul.
Turli sport vakillarining mashq bajarishlarida o‘ziga xos xususiyatlari bo‘ladi. Sportchilaming mashg‘ulotlardan harakat faoliyatining shakli va uslubi zaruriy shart bo‘lgan sport turlaridagina (figurali uchish, suvga sakrash) ularning har birining xususiyatlariga qarab gimnastikaga xos uslubga erishish zarur.
Sportchilarning jismoniy tayyorgarligi uchun tavsiya qilingan gimnastika mashqlarini ko‘proq erkin harakatli keng ampiltuda bilan bajarish kerak. Yaxshisi ulami muayyan topshiriqlar shaklida taklif qilish ma’qul. Masalan: oyoqni oldinga boshdan baland ko‘tarib siltash; qo‘llarni siltab ularni yuqorida belgilangan narsaga tekkizib sakrash (ilib qo‘yilgan to‘p va hokazo).
Gimnastika snaryadlarida mashq bajarilar ekan gimnastika devorchasi skameyka, qo‘shpoyalarda, alqada, tumik va hokazolarda tezlik faoliyati shiddatli harakat xarakteriga ega bo‘lgan sportchilarnnig mashg‘ulotlarida uzoq davom etgan statik zo‘riqishga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilish zarur.
Ko‘rsatilgan (statik) holatni ushlab turish mashqlari shtangachilar, kurashchilar, chang‘ichilar, eshkakchilar va boshqalarning mashg‘ulotiga qo‘llanishi mumkin.
Futbolchilar, basketbolchilar, voleybolchilar, tennischilarga turli sakrash mashqlarini gimnastika ko‘prikchasiz (mostik) bajarish, snaryad ustiga sakrab chiqish mashqlarni esa qo‘lni tekkizmasdan bajarish tavsiya qilinadi. Gimnastika bo‘yicha musobaqalar o‘quv-trenirovka jarayonining tarkibiy qismi hisoblanadi. Musobaqa natijalari - gimnastika bilan musobaqa bilan shug‘ullanuvchilarning asosiy tayyorgarlik kriteriyasidir. Gimnastika bo‘yicha musobaqalarning umumiy qabul qilingan ahamiyati uch tomonlama qarab chiqiladi: sport - texnika, tarbiyaviy, targ‘ibot.
Musobaqaning sport - texnika tomonidan ahamiyatini ko‘rib chiqib, shuni takidlash mumkin-ki, musobaqalar ishtirokchining tayyorgarligini - o‘quv trenirovka jarayoni yo‘nalishining to‘g‘riligini tekshirishga u yoki bu jamoada ishtirokchini ko‘rsatgan natijalarini hisobga olib trenirovka uslubiga tuzatish kiritishga yordam beradi; hakamlar o‘z mahoratlarini sport texnikasi bo‘yicha (yangi elementlar va bog‘lamlar bilan tanishishi), hakamlikni shakllantiradilar.
Musobaqalar kelajakda gimnastlarni trenirovka uslubini takomillashtirishi hamda buning asosida murakkab mashqlari bajarib yuqori malakaga ega boiishda muhim omil b o iib xizmat qiladi. Musobaqalar murabbiylarning tarbiyaviy ishlarini, ya’ni matonat, iroda kabi insoniy sifatlarni o‘z shogirdlariga qanchalik singdira olganliklarini yakuni hisoblanadi.
Keskin kurashlar borayotgan musobaqa jarayonida, gimnastlar jismoniy va ma’naviy imkoniyatlarini namoyon etadilar musobaqalarda ishtirok etish albatta sportchi xarakterini toblaydi.
Gimnastika bo‘yicha musobaqalarni sporti xarakterini ko‘rsatadigan insoniy sifatlarini, (qiyinchiliklarni yengib o‘tishda qatiyati, iroda, jasurlik, o‘ziga ishonch, o‘z - o‘zini boshqarish va h.k.) rivojlantiruvchi va mustahkamlovchi vositalardan biri sifatida ko‘rish mumkin. Musobaqalar jarayonida gimnastlar namoyon etgan yuqorida keltirilgan sifatlar faqatgina shug‘ullantiruvchilar uchun tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘libgina qolmay, balki sport kurashlarini borishini kuzatayotgan tomoshabinlar uchun ham ahamiyatli. Bundan tashqari, vositalarning xilma-xilligi, gimnastika mashqlarini qiziqarli bajarilishi musobaqa targ‘iboti va tashviqotining kuchli vositasidir.
Gimnastika musobaqalari faqatgina yoshlarni estetik tarbiyalaydi, hatto gimnastikaning ham turlari bilan ommaviy shug‘ullanishga jalb qiladi.