3) Kimyoviy birikmalar. Birlamchi kristallanish jarayonida komponentlarning о‘zaro kimyoviy reaksiyaga kirishuvi natijasida hosil bо‘lgan birikmalar kimyoviy birikmalar deyiladi. Bunday qotishma komponentlarining atomlari shunday kristall panjara hosil qiladiki, bu kristall panjara ayrim komponentlarning kristall panjaralaridan boshqacha bо‘ladi. Kimyoviy birikmalar bir jinsli qotishmalar jumlasiga kiradi.
Kimyoviy birikmalarning hosil bо‘lishida kristall panjara bilan bog‘liq bо‘lgan maxsus xususiyatlar vujudga keladi. Ularni qattiq eritmadan keskin ajratib turadigan xususiyatlar quyidagilardir:
Kimyoviy birikma о‘ziga xos kristall panjara turini hosil qilish xususiyatiga ega. Hosil bо‘lgan yangi kristall panjara komponentlarning kristall panjaralaridan tubdan farq qiladi. Kimyoviy birikmalarda komponentlarning atomlari tartibli joylashgan bо‘lib, ma’lum joylashish qonuniyatlariga ega. Kо‘pchilik kimyoviy birikmalarning elementar kristall panjaralarining turlari murakkab bо‘ladi.
Birikmada elementlar massasining nisbati doimo saqlanadi. Shuning uchun kimyoviy birikmalar sodda qilib AmBn ifoda bilan belgilanadi. Bu yerda m va n butun sonlar bо‘lib, elementlarning atom nisbatlarini ifodalaydi.
Kimyoviy birikmalarning xossalari shu birikmani tashkil qiluvchi elementlar xossalaridan keskin farq qiladi.
Suyuqlanish harorati о‘zgarmas bо‘lib, kimyoviy birikma suyuqlanish haroratigacha suyuqlanib qolishi ham, suyuqlanish haroratiga yetmasdan parchalanib ketishi ham mumkin.
Agar kimyoviy birikma suyuq fazodan tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri kristallansa yoki qizdirilganda suyuqlanish haroratigacha saqlanib qolsa, bunday birikma barqaror kimyoviy birikma deb ataladi. Agar kimyoviy birikma qattiq fazalarning muvozanati о‘zgarishi natijasida vujudga kelsa, yoki qizdirish natijasida qattiq holda qiffuzion parchalanib ketsa, bunday kimyoviy birikmalar beqaror kimyoviy birikmalar deb ataladi.
Kimyoviy birikmalarning hosil bо‘lishida harorat о‘z-о‘zidan о‘zgarishi mumkin.
Kimyoviy birikmalarning hosil bо‘lishida atom elektron tuzilishlari birbiridan keskin farq qiladigan komponentlar qatnashadi. Kimyoviy birikma hosil qiluvchi qotishmalar bir jinsli bо‘lib, MgSn, MG2Pb, Mg3Bi2, MgSi, MgS, Fe3C, NbCl, CaCl2, CuZn, CuZn3, kabi birkmalar shular jumlasiga kiradi.