www.pedagoglar.uz 45-son 8–to’plam Iyun 2023
Sahifa: 73
зависимости от того, когда и кем были написаны эти сведения, на каком языке
и какой письменности связать их с тем языком и тем временем нереально. Не
будем забывать, что мы имеем право объективно выражать свое мнение, и
решение не одно, а сравнение множества противоположных мнений.
Ключевые
слова:
«Огонь»,
«Солнце»,
«Нур»,
«Рушнолик»,
«Зороастризм», «Рукописи прошлых веков», «История Табари», мудрец,
астролог, журнал «Мулокот».
KIRISH
Zardushtiylik dini haqida va uning muqaddas kitobi «Avesto» haqida gap
ketganda shuni nazarda tutish kerakki, fanda bu mavzuga doir bir qancha
munozarali fikrlar mavjud, ya’ni Zardushtning qaysi millat vakili qachon va qayerda
tug‘ilganligi, zardushtiylik dinining qayerda paydo bo‘lganligi va uning xronologik
davri, shuningdek «Avesto»ning qanday holatda bizga yetib kelganligi qaysi tilda
bitilganligi haqida fanda xilma – xil qarashlar bor. Oradan 2,5 – 3 ming yil
o‘tganidan keyin bu ta’limot va kitob haqida fikr bildirar ekanmiz, shubhasiz, har
bir tadqiqotchi qo‘liga tushgan ma’lumot asosida ish ko‘radi. Bu ma’lumotlarning
qachon va kim tomonidan, qaysi til va xatda yozilganligiga qarab ularni o‘sha til va
o‘sha zamon bilan bog‘lab qo‘yish haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Shu o‘rinda
yechimni bitta emas, ko‘p bo‘lgan qarama – qarshi fikrlarni taqqoslashda va o‘z
fikrimizni xolisona bildirishga haqli ekanligimizni unutmaylik. Dastlab
Zardushtraning qachon va qayerda tug‘ilganligini ko‘rib o‘tadigan bo‘lsak hozirga
qadar yaratilgan ba’zi tadqiqotlar, asarlar, yozilgan kitoblarda Zardusht va u
yaratgan din «majusiylik» , otashparastlik deb no‘to‘g‘ri talqin etib kelindi.
«Denkard» va boshqa pahlaviy tilidagi kitoblarda Zardushtning ismi «Madurta»
shaklida zikr etilgan. Bu yodgorliklar arab tiliga tarjima qilinganda, Zardusht
«Majus», targ‘ib qilgan dini «Majusiy» deb atalgan. «Otash», «Quyosh», «Nur»,
«Rushnolik» zardushtiylik dinining ramziy timsollari bo‘lsa-da, lekin zardushtiylar
hech qachon quyosh va olovga sig‘ingan emas, faqatgina ularni muqaddas bilganlar