«avesto» va zardushtiylik dini haqida



Yüklə 73,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix07.01.2024
ölçüsü73,54 Kb.
#205031
1   2   3   4   5   6   7   8   9
72-80

www.pedagoglar.uz 
 
45-son 8–to’plam Iyun 2023
Sahifa: 75 
chiqadi. Uning yashagan vaqti, vatani va qayerda o‘z ta’limotini targ‘ib qilganligi 
munozarali bo‘lsa – da, uning afsonaviy shaxs emas, balki real inson bo‘lganligida 
hech qanday shubha yo‘q. Yevropada Zaradushtra ta’limotining «Zoroastr» – 
zoroastrizm shaklida yoyilib ketishiga sabab shuki bu ism yunon tilidagi «Astron» 
(yulduz ) so‘ziga o‘xshashligidadir. Qadimgi rivoyat va manbalarda Zaradushtra – 
donishmand, astrolog sifatida qayd etilib, uning ta’limoti G‘arbga tomon tarqalgach 
«zoroastrizm» tarzida talqin eta boshlangan. Zardushtning nomini tahlil etgan yana 
bir tarixchi G‘. Xo‘janiyozov o‘zining «Zardusht qadami tekkan tuproq» nomli 
maqolasida zardushtiylik dinining xronologik vaqtini eramizdan oldingi VI asrdan 
boshlab toki arablar istilosi va islom dinining kirib kelishi davri, ya’ni eramizning 
VII asrigacha ya’ni qariyb 1300 yil O‘rta Osiyo xalqlarining dini bo‘lib kelganligini 
aytib o‘tadi. Dinning asoschisi Zardusht nomining ma’nosi esa, V. A. Livshitsdan 
farqli o‘laroq G. Xo‘janiyozov «Oltin junli tuyalari bor odam» deb izohlaydi. Olim 
«Zardushtni Kaspiy va Orol dengizi oralig‘da yashagan, Qadimiy Xoraz diyori esa 
zardushtilik gullab yashnagan makon bo‘lgan» – degan ma’lumotlarni ham beradi.4 
Xuddi shunday Zardushtning nomi haqidagi ma’lumotni R. Berdiyev ham beradi. 
Zardusht nomi fors tilidan kelib chiqqan bo‘lib, «zar» – oltin, yoki «zard» – sariq , 
«ushtra» – tuya degan ma’noda, ya’ni sariq tuya yoki oltin tuya egasi degan ma’noni 
beradi deb izohlaydi R. Berdiyev.5 Zaradushtra aslida qadimda Dantiya – 
Amudaryo bo‘ylarida yashagan Spitama urug‘idan bo‘lgan deb takidlaydi- M. 
Ishoqov.6
Shunga o‘xshash ma’lumotni H. Homidiy va B. Do‘schonovlar ham beradi
ya’ni VII asr oxirlarida Sharqda birinchi shoir, voiz, din va jamoat peshvosi – 
Zardusht eramizdan oldingi 628 – yili Xorazmning Spitama urug‘i boshlig‘i 
Prushasp xonadonida dunyoga kelganligini aytib o‘tadilar. Zardushtning tug‘ilgan 
yili haqida ham bir nechta taxminlar bor. Xususan taniqli faylasuf olim I. Karimov 
«Muloqot» jurnalining 1992 – yil 11-12 – sonlarida chop etilgan, «Zardushtiylik 



Yüklə 73,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin