www.pedagoglar.uz 45-son 8–to’plam Iyun 2023
Sahifa: 78
ham muammo bo‘lib kelmoqda. Zardushtiylik dini paydo bo‘lgan zamin haqidagi
bahs uzoq yillardan buyon davom etib kelmoqda. Bazilar zardushtiylik dinini
Midiyada paydo bo‘lgan desalar, ayrimlari uni Eronda vujudga kelgan deb
isbotlashga harakat qiladilar. Zardushtiylikning vatani Eron deb hisoblovchi
olimlardan biri E. Bezzining fikricha, zardushtiylik dini «Hind Eron qabilasi dinidan
kelib chiqqan». G‘arb olimlaridan A. Meyu va P. Tedeskular zardushtiylikning
vatani Parfiya ( hozirgi Turkmaniston ) degan farazni bildiradilar. Daristeren,
Jeksonlar zardushtiylik Midiyada paydo bo‘lgan deydilar. I. Markvar, B. To‘rayev,
X. Nyuber, E. Benvenist, Ye. Bertels, Gayyer, Bartold singari olimlarning fikriga
qaraganda zardushtiylik Baqtriyada paydo bo‘lgan va keyinchlik Eron va Midiyaga
tarqalgan deydilar. E. Gersfeld o‘zining dastlabki arxeologik qazishma ishlariga
binoan hamda V.V.Struve, Yu.Popopart, S.F.Oldenburg, N.Proxorov, M.Boys,
I.M.Dyakonov, V.V.Bartold, V.M.Lukanin, B.Avdiyev singari olimlarning fikricha
zardushtiylik Turonzamin – Xorazm, Baqtriya, Sug‘d, Farg‘onada paydo bo‘lib,
so‘ngra Eron va boshqa hududlarga tarqalgan. Zardushtiylik O‘rta Osiyoda kelib
chiqqanligi ko‘proq haqiqatga yaqin. Chunki bu haqda «Avesto» sahifalarida bir
muncha dalillar ham keltirilgan: («Avesto»da Zardusht tug‘ilgan va o‘z faoliyatini
boshlagan joy Skiflar o‘lkasi), Mauri, (Marv), Gava, Sug‘da, Xorazm kabi
mamlakatlardan o‘tuvchi katta daryo atrofi ekanligi bayon etiladi. Hattoki u hozirgi
Xorazm hududida tug‘ilib o‘z faoliyatini boshlagan degan taxminlar ham yo‘q
emas.9 A. O. Mokovelskiy ham shu fikrga qo‘shilishga moyildir. Bu guruh olimlar
zardushtiylik dininig muqaddas kitobi «Avesto» da yakkayu – yagona xudo – Axura
Mazda yaratgan 16 mamlakatning nomi berilgan. Bu mamlakatlardan ikkitasi
afsonaviy bo‘lsa, to‘qqistasi Markaziy Osiyoga tegishli bo‘lgan viloyat va
shaharlardir. Qolgan beshtasi Hindiston, Ozarbayjon, Armaniston hududlariga
qarashlidir. Zardushtiylik dini haqida fundamental tadqiqotlar muallifi Meri Boys
uning bundan 3500 yillar ilgari Osiyo cho‘llari zaminda paydo bo‘lgani va boshqa