«avesto» va zardushtiylik dini haqida



Yüklə 73,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix07.01.2024
ölçüsü73,54 Kb.
#205031
1   2   3   4   5   6   7   8   9
72-80

www.pedagoglar.uz 
 
45-son 8–to’plam Iyun 2023
Sahifa: 74 
holos. A. Ashirovning bergan ma’lumotiga ko‘ra Zardusht eramizdan oldingi VII 
asrning oxiri va VI asrning birinchi yarmida faoliyat yuritgan.1
ASOSIY QISM 
Miloddan avvalgi V-IV asrdagi qadimgi yunon olimlarining asarlarida ilk bor 
Zardushtning nomi uchraydi. Yunonlar uni Zoroastr va Zoroastera, u asos solgan 
dinni esa «Zoroastrizm» nomi bilan yuritishgan. Zardusht Spitama qavmidan 
(sug‘diycha Soitamen nomi ham shundan kelib chiqqan bo‘lsa kerak – P.S.) bo‘lib 
otasini – Purushasp, onasini – Dug‘dava deb ataganlar. Spitama qavmi afsonaviy 
urug‘ bo‘lmasdan balki tarixda bo‘lganligi nafaqat «Avesto»da balki qadimgi yunon 
va forsiy manbalarda ham zikr etilgan. Zardushtraning tarjimai holi to‘g‘risidagi 
ma’lumotni qo‘lyozma manbalar orasida Beruniyning «O‘tmish asrlardan qolgan 
yodgorliklar» asari va Tabariyning «Tarixi Tabariy» asari alohida ahamiyatga 
egadir. Bu kitoblarda Zardushtning hayot yo‘lini ko‘rsatuvchi ayrim lavhalar 
mavjud. Beruniyning xabar berishicha Zardushtra asli Ozarbayjondan bo‘lib, 
keyinchalik Eron va O‘rta Osiyoda hayot kechirgan. Xuddi shunday ma’lumotni 
ya’ni Zardushtning qadimgi Eronning shimoli – g‘arbida joylashgan Ozarbayjonda 
ko‘p yillar yashaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni Meri Boys ham beradi. Lekin Meri 
Boys keyinchalik bu fikrdan voz kechadi, chunki zardushtiylik gimnlari asosida olib 
borilgan izlanishlariga tayangan holda haqiqatdan ham Zardushtning O‘rta Osiyo 
hududida yashaganligini ishonch bilan takidlab o‘tadi.2 Bunday bahsli mavzuga 
V.A.Livshits ham qo‘shiladi va o‘z fikrini bildiradi. Olimning ma’lumotiga 
qaraganda Zardushtning vatani, millati, hayot faoliyati aniq isbotlangan bo‘lmasada, 
lekin Zardushtning nomi qadimgi eronliklarning nomi ekanligini aniq aytadi. 
V.A.Livshits Zardushtning nomini qadimgi Eron tiliga o‘girganda «qari tuya egasi» 
degan ma’noni berishini aytib o‘tadi.3 V. A. Livshits yozishicha, ruhoniy 
Zardushtra eng qadimgi diniy tasavvurlarni isloh qilgan shaxs sifatida maydonga 



Yüklə 73,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin