Avitaminoz-Vitamin yetishmovchiligi belgilari, sabablari. Reja


Ayrim turdagi vitaminlarning ortiqcha dozasi natijasida kelib chiqadigan gipervitaminozning belgilari



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə7/7
tarix15.11.2022
ölçüsü0,58 Mb.
#69195
1   2   3   4   5   6   7
Avitaminoz

Ayrim turdagi vitaminlarning ortiqcha dozasi natijasida kelib chiqadigan gipervitaminozning belgilari:
gipervitaminoz A — bosh og‘rig‘i, qayt qilish, uyquchanlik, yorug‘likdan qo‘rqish (kamdan-kam hollarda). Karotinoz rivojlanishi mumkin;
gipervitaminoz B6 — qo‘l va oyoqlarning uvishishi, yuz va bo‘yinning qizarishi, terining achishishi, bosh aylanishi;
gipervitaminoz D — bolalarda qayt qilish, ishtahani yo‘qolishi, vazn ortishi (yoki uning pasayishi); maktabgacha yoshdagi bolalarda bosh og‘rig‘i, zaiflik, ba’zida aritmiya;
gipervitaminoz C — sistolik qon bosimining oshishi, yuz va bo‘yinning qizarishi, terining achishishi, bosh aylanishi, qorin og‘rig‘i, ba’zida ko‘ngil aynishi va diareya

Vitaminlar haqida 6 ta mashhur savol

Vitaminlarni qachon qabul qilish yaxshiroq — ovqatdan oldin, ovqat paytida yoki keyin? Eng yaxshi variant ovqatdan so‘ng darhol, bu holda ozuqa moddalarining so‘rilishi ancha samarali bo‘ladi.
Vitaminlarni qabul qilishda ma’lum bir vaqtiga rioya qilishim kerakmi? Organizmni butun kun uchun zarur bo‘lgan hamma narsa bilan ta’minlash uchun ularni ertalab qabul qilish yaxshidir.
Vitaminlarni qabul qilish samarasini qachongacha kutish kerak? Vitamin profilaktikasi kasallanishning kamayishi va salbiy tashqi omillarga qarshilikning kuchayishi bilan namoyon bo‘ladi. Ammo ta’sirni darhol kutmaslik kerak: foydali moddalar organizmda yetarli miqdorda to‘planishi kerak.
Vitaminlarni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerakmi? Albatta, zarur! Birinchidan, mutaxassis ishonchli ishlab chiqarilgan vitaminlarni tavsiya qiladi, ikkinchidan, u bolalarga ehtiyojdan kelib chiqqan holda vitamin kompleksini tanlashga yordam beradi.
Vitaminlarni chiqarish shakli ahamiyatlimi? Darhaqiqat, vitamin preparatlari turli shakllarda mavjud — sotuvda turli xil kapsula, kukun, sirop va tabletka ko‘rinishida mavjud, ammo bu ro‘yxatning barchasi bolalar uchun mos emas! Misol uchun, besh yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun tabletka yoki kapsulalar bundan mustasno. Ular vitaminlarning suyuq shakllari — siroplar yoki suvda suyultirilgan maxsus kukunlarga muhtoj. Ammo 5 yoshdan boshlab, bola tabletkalarni xavfsiz yutib yuborishi yoki chaynashi mumkin.
Vitaminlarni qancha vaqt ichish kerak? Deyarli butun yil davomida. Asosan, ularni faqat yoz oyida to‘xtatish mumkin, agar farzandingiz shaharda yashamasa, ochiq havoda ko‘p vaqt o‘tkazsa va muvozanatli ovqatlanishga rioya qilsa.

Foydalanilgan manbaalar:

  1. Shifo.uz

  2. Daryo.uz

  3. Odam va uning salomatligi, 8-sinf darslik.



Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin