Avitaminoz-Vitamin yetishmovchiligi belgilari, sabablari. Reja



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə3/7
tarix15.11.2022
ölçüsü0,58 Mb.
#69195
1   2   3   4   5   6   7
Avitaminoz

B12 (siyanokobalamin) — anemiya rivojlanishining oldini oladi, bolaning o‘sishini rag‘batlantiradi, ishtaha va xotirani yaxshilaydi.
Foliy kislotasi — oddiy oqsil sintezi va yangi teri, soch va qon hujayralarini ishlab chiqarish uchun zarurdir.
PP (niatsin) — ovqat hazm qilish va ko‘rishni yaxshilaydi, asab tizimi va miya faoliyatini tartibga soladi.
H (biotin) — ekzema va dermatitning og‘irligini pasaytiradi; askorbin kislota sintezi uchun zarur
A — yallig‘lanishni davolash uchun javobgar, organizmning turli infeksiyalarga chidamliligini oshiradi, e'tiborni yaxshilaydi, suyaklarning o'sishi va mustahkamlanishiga yordam beradi, teri, soch va tishlarni sog'lom saqlaydi.
D — kalsiy va fosfor almashinuvini tartibga solishda ishtirok etadi, A va C vitaminlari bilan birgalikda normal o‘sishi va suyak zichligini ta’minlaydi, shamollashning oldini oladi.
K — ichki qon ketishning oldini oladi, jarohatni davolashni tezlashtiradi, organizmni energiya bilan ta’minlaydi va suyaklarga kalsiyni singdirishga yordam beradi.

Oziq moddalarda vitaminlarni saqlab qolish
Oziq-ovqat mahsulotlarida vitaminlarning saqlanib qolinishi ularning saqlanish sharoiti va muddati, ovqat tayyorlanish texnologiyasi bilan bevosita bog’liq. A, B1, B2 vitaminlari har qanday ta’sirga chidamsiz bo’ladi. A vitamini ovqat pishirish, mahsulotlarni quritish davomida parchalanib ketadi. A vitamini pishirilgan sabzida xom sabziga nisbatan ikki marta kamayadi. Pishirilgan go’shtda B guruh vitaminlari 15-60%, o’simlik yog’I mahsulotlarida to’rtdan bir qismi saqlanib qoladi.
C vitamini issiqlik ta’sirida va ochiq havoda oson yemiriladi. Shu sababli sabzavotlarni bvosita ovqatga solishdan oldin tozalash, ko’p qaynatmaslik, qopqoqni yopib pishirish lozim. C vitamini metall idishlarda ham tez parchalanadi. Shu sababdan sabzavotlar faqat emalli idishlarda pishiriladi. Sabzavotli ovqat pishgandan so’ng tezda iste’mol qilinadi.

Vitaminga boy mahsulotlar



Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin