Vitaminlar nimalar uchun mas’ul? Vitaminlar (lotincha vita – hayot va amin, hayot aminlari) – tirik organizmda juda muhim biokimyoviy va fiziologik funksiyalarni bajaradigan yuqori molekulali birikmalardir. Vitaminlar lotin alifbosidagi A, B, C, D, E va boshqa harflar bilan belgilanadi.
Vitaminlarni o’rganishga rus olimi N.I. Lunin asos solgan. Bu terminni 1912-yilda polyak olimi K. Funk taklif etgan. Vitaminlar organizmda sodir bo’ladigan kimyoviy reaksiyalarni kuchaytiradi va oziq moddalar o’zlashtirilishiga ta’sir ko’rsatadi. Fermentlar tarkibiga kirib, ularning normal funksiyasi va faolligini ta’minlaydi. Organizmda vitamin yetishmaganida moddalar almashinuvi izdan chiqib, odamning mehnat qobiliyati, yuqumli kasalliklarga chidamliligi pasayadi. Vitaminlar orgnizmga juda kam miqdorda (sutkada bir necha mkg dan bir necha mg gacha) kerak. Ular organizmda sintezlanmaydi yoki juda kam sintezlanadi. Odam organizmi vitaminlarni asosan o’somlik va hayvon mahsulotlaridan oladi. Organizmda ayrim vitaminlarning hosil bo’lishida ichakda yashovchimikroorganizmlar katta ahamiyatga ega. O’simliklarda vitamin hosil qiluvchi moddalar - provitaminlar bor. Oda va hayvonlar organizmida ulardan vitaminlar hosil bo’ladi.
C (askorbin kislotasi) — immunitetni oshiradi, virusli va bakterial infeksiyalardan himoya qiladi, allergenlarning ta’sirini kamaytiradi, yaralar va kuyishlarni davolashni tezlashtiradi.
B1 (tiamin) — asab tizimi uchun zarur, miya va o‘sishni rag‘batlantiradi, tananing mudofaasini oshiradi, oshqozon-ichak traktini yaxshilaydi.
B2 (riboflavin) — o‘sish jarayonlarida ishtirok etadi, normal yorug‘lik va rangli ko‘rishni ta’minlaydi, teri, tirnoq va sochlarning salomatligi uchun javobgardir.
Pantotenik kislota — markaziy asab tizimining normal rivojlanishi uchun zarur, immunitetni qo‘llab-quvvatlaydi, tez charchashning oldini oladi.
B6 (piridoksin) — yog‘ almashinuvida ishtirok etadi, me’da shirasining kislotaliligini oshiradi, immunitetni qo‘llab-quvvatlaydi.