Tebranuvchan asboblar .
Bunday zichlik o’lchagichlarning sezgir elementlari ichki silliqlangan metall naychadan iborat, qaysiki to’xtovsiz ravishda tahlil qilinayotgan modda oqimiga xalaqit qiladigan. Naycha elektron moslama yordamida silkinib, tebranib turadi. Sezuvchan elementning tebranish chastotasi modda zichligini aniqlaydi.
Zamonaviy texnologiyaga asoslangan zichlik o’lchagichlarda mikroprosessor va hisoblovchi bloklar o’rnatilgan (masalan, tashqi muhitning o’zgarishi natijasida parametrlarni avtomatik ravishda moslashtirib olish qilish maqsadida). Bunday zamonaviylashgan texnologiyalar yordamida zichlik o’lchagichlarning texnik funksiyalari kengayib, har qanday ob-havo va noqulay sharoitlarda ham beminnat xizmat qiladi.
Tebranuvchan zichlik o’chagichda shunday qurilma o’rnatilganki u silkinib harakatlanuvchi naycha yordamida o’rganilayotgan modda yoki unga uriladigan element haqida ma’lunot beradi hamda o’sha moddaning zichligini ham o’lchaydi. So’nggi yillarda tebranuvchan zichlik o’lchagichlar sezilarli rivojlanib , ularnish konstruksiyasi va ko’rinishi mukammallashtirildi.
Tebranuvchan zichlik o’lchagichlarni quyidagi ikkita guruhga ajratish mumkin:
amplitudali zichlik o’lchagichlar, zichlikni o’lchashning bunday turida doimiy chastotaga ega rezonator amplitudasi orqali zichlikning o’zgarishi rezonansga qaytariladi va amplitudani o’zgartiradi. Rezonatorning bunday tebranish amplitudasi nafaqat parametrlarni balki boshqa faktorlarni ham aniqlaydi (impuls kuchi, modda oqimining tezligini va boshq.). bu guruhdagi zichlik o’lchagichlarning metorologik belgilari chegaralangan;
chastotali zichlik o’lchagichlar, rezonatorning xususiy tebranish chastotasining modda zichligiga funksional bog’liqligidan foydalanib o’lchanadi. Shu bilan birgalikda sistemali ogohlantirish va sistemali eletroximik generatorning teskari aloqasi ham sodir bo’ladi. Bu ko’rinishdagi o’lchanilayotgan chastota rezonatordan keladigan parametrlarga (shakl, o’lcham, tomonlar orasidagi modul, rezonator va undagi suyuqlik massasi) bog’liq bo’ladi. Amplitudali zichlik o’lchagichlardan farqli ravishda har qanday og’ir meteorologik sharoitlarda ham bemalol ishlab , uzatuvchi to’lqinlarni qayta ishlay oladi.
Chastotali zichlik o’lchagichlarning asosiy qulayliklari orasida shuni aytish lozimki, ular o’ta aniqlik, sezgirlik va ishonchlilik bilan to’xtovsiz ravishda noma’lum zichlikni chastotaning chiqish signallarida ifodalab turadi, keng nomenklaturali tekshirilayotgan moddaning kuchli bosimda ham qabul qilish imkoni borligi bilan ajralib turadi.
Shu bilan birgalikda chastotali zichlik o’lchagichlar kamchiliklarga ham ega. Ular moddaning chegaralangan miqdorda bo’lishi, oqim kanallarning ma’lum yuzadagi qismlarda bo’lishi, shkalalarning to’g’ri chiziqli bo’lmasligi, rezonator parametrlari uchun maxsus o’chamdagi temperatura va bosimiga kerakligi va boshq
Tebranuvchan zichlik o’lchagichlarning sezuvchan elementlari turli oiladagi rezonatorlarda bo’lishi mumkin – elektromagnitli yoki mexanik ( tebranuvchi silindr, tayanch, arqon, plastina, kamerton va boshq.) . rezonator avtotebranuvchi xususiy rezonans chastotasi yordamida uni ichida yoki atrofida joylashgan moddalarning zichligini o’lchaydi. Ma’lumki, mexanik rezonator elektromagnitli dan o’zining muhim jihati bilan ajralib turadi, shuning uchun eletromagnitli tebranuvchi sistemali zichlik o’lchagichlar ham rivojlantirilib qo’llashda ustunliklarga ega bo’ladi.
Tebranma amplitudali zichlik o’lchagichlar fan va texnikaning bir nechta maxsus sohalarida qo’llanildi. 6.2 rasmda chizmasi ko’rsatilgan botiriladigan kamertonli amplitudali zichlik o’lchagich Venera sayyorasining zichligini o’lchash uchun “Venera-5” va “Venera-6” moslamalarida qo’llanilgan. O’lchash diapazoni – 0.5 dan 45 kg/m³ gacha, temperatura intervali 0 – 350ºC , xatolik darajasi ±10%gacha.
8.2 rasm. Botirmali kamertonli amplitudali zichlik o’lchagich.
1 – kompensatsion g’altak; 2 – signalli g’altak; 3 – ogohlantiruvchi g’altak; 4 – ulovchi kaskad; 5 – ogohlantiruvchi kuchaytirib bergich; 6 – barqarorlashtirgich; 7 – chiquvchi kaskad; 8 – radiotelemetrik sistema; 9 – tekshirib to’g’rilagich; 10 – temperaturali kompetsatsion kaskad; 11 – sozlikni kuchaytirgich; 12 – chegaralanga tartibda ishlovchi kaskad; 13 – elektron ko’rsatgich; hisoblagich.
Ko’rib chiqilgan asboblar guruhi zichlik o’lchagichni rezonator naychasi bilan birlashtiradi. 8.3 rasmda botirma oqimli zichlik o’lchagich ko’rsatilgan. Elastik materialdan yasalgan naychali rezonator ikkita harakatlanmaydigan o’qqa mahkamlangan. Ikki elektromagnit g’altak 2 naychani 1 to’xtovsiz sinusoidali formada tebrantiradi. G’altaklar tebranish maksimal amplitudaga ega bo’ladigan nuqtaga joylashtiriladi. Bitta g’altak qo’zg’atuvchi tartibida ishlaydi, boshqasi esa induksion qabul qilgichdir. Chiquvchi signal kuchaytirgichga uzatiladi va tebratuvchiga qaytariladi. Elastik naycha funksiyani teskari aloqa natijasida takrorlaydi. Zichlik o’lchagich truboprovodi sxema boyish kesilganda ko’rinadiki suyuqlik naycha ichi boylab yoki trubaning tashqi tarafidagi korpusi orasidagi g’ovakdan yoki ikkalasidan ham bir paytda oqib o’tishi mumkin.
8.3 rasm. Botirma-oqimli naychali rezonatorlga ega zichlik o’lchagichlar.
Maxsus zichlik quyidagi aloqdorlik orqali aniqlanadi:
Bu yerda — naycha materialining zichligi; T—bo’sh naychaning bo’sh korpusda tebranish davri; — suyuqlikka to’ldirilgan naychaning bo’sh korpusda va shu suyuqlikka to’ldirilgan korpusdagi tebranish davri.
Dostları ilə paylaş: |