Ma'ruza №12. Bosimni o‘lchash va nazorat kilish. Bosim to’g’risida umumiy tushunchalar.
Reja:
Bosim to‘g‘risida umumiy tushunchalar.
Bosim o‘lchash asboblarining tasnifi.
Bosim o‘lchanadigan fizik kattaliklar qatoriga kiradi. Issiqlik va atom energetikasi, metallurgiya va kimyo sanoatidagi texnologik jarayonlarning ko‘pchiligini borishini nazorat qilish gaz va suyuq muhitlarning bosimi yoki bosimlar farqini o‘lchash bilan bog‘liq.
Bosim – keng ma'nodagi tushuncha bo‘lib, bir jism tomonidan boshqa jismning yuza birligiga ta'sir qiluvchi normal taqsimlangan kuchni tavsiflaydi. Agar ta'sir qiluvchi muhit – suyuqlik yoki gaz bo‘lsa, unda muhitning ichki energiyasini xarakterlovchi bosim asosiy holat parametrlaridan biri hisoblanadi.
Bosim deb berilgan sirtga perpendikulyar ta'sir etuvchi kuchning shu sirt yuzasiga nisbatiga aytiladi. Bosim – moddaning termodinamik holatini aniqlovchi asosiy kattaliklardan biri. Bosim orqali ko‘pincha texnologik jarayonlarning yuz berishi, texnologik apparatlarning holati va ularning ish rejimlari aniqlanadi. Bosimni o‘lchash maslasi bilan texnologik parametrlarni o‘lchash vaqtida, masalan termodinamik parametrlar, suyuqlikning sathi va shu kabilar o‘zgarganda gaz yoki bug‘ning sarfini o‘lchashda to‘qnash kelish mumkin.
Bosimning atmosfera bosimi, mutloq (absolyut) bosim, ortiqcha bosim va vakuum (siyraklanish) kabi turlari mavjud.
Atmosfera (barometrik) bosimi – yer atmosferasining havo ustuni hosil qiladigan bosimi.
Mutloq bosim – mutloq noldan boshlab hisoblanuvchi bosim. Mutloq bosimning sanoq boshi sifatida ichidagi havosi to‘laligicha so‘rib olingan idish ichidagi bosim qabul qilinadi.
Ortiqcha bosim – mutloq va barometrik bosimlar o‘rtasidagi farq.
Vakuum (siyraklanish) – barometrik va mutloq bosimlar zrtasidagi farq.
Bosimning o‘lchov birligi SI tizimida – Paskal (Pa). Bir Paskal bir nyuton kuchning bir metr kvadrat yuzaga ta'sir qilishidan hosil bo‘luvchi bosimga teng (N/m2). kPa va MPa kabi karrali birliklari keng qo‘llaniladi. Yana santimetr kvadratga kilogramm-kuch (kgk/sm2) va metr kvadratga kilogramm-kuch (kgk/m2) kabi birliklardan ham foydalanish mumkin, oxirgisi millimetr suv ustuniga teng (mm. suv ust.). 8.1-jadvalda bosimning o‘lchov birliklari va ular o‘rtasidagi munosabatlar keltirilgan. Xorij adabiyotlarida quyidagi birliklar ham uchrab turadi: 1 inch = 25,4 mm suv. ust., 1 psi = 0,06895 bar.
Ortiqcha bosimning qiymati 106... 2,5 ∙108 bo‘lgan sohada eng yuqori aniqlik bilan bosimning o‘lchov birligini hosil qilish birlamchi etalon orqali amalga oshiriladi. Birlamchi etalon tarkibiga yuk porshenli manometr, massaning maxsus o‘lchamlar to‘plami va bosimni ushlab turish qurilmasi kiradi. 10-8 dan 4 ∙ 105 Pa gacha va 109 dan 4 ∙ 109 Pa gacha bo‘lgan diapazonlarda, shuningdek bosimlar farqi gacha bo‘lganda bosimning o‘lchov birliklarini hosil qilish uchun maxsus etalonlar qo‘llaniladi.
12.1 Jadval
Bosimning o‘lchov birliklari