Axborot haqida tushuncha


Ombordagi ma’lumotlarni tartiblash



Yüklə 3,46 Mb.
səhifə10/41
tarix24.07.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#137257
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   41
Axborot haqida tushuncha

Ombordagi ma’lumotlarni tartiblash
Axborot tizimlari juda ko‘p vazifalarni bajaradi. Bunday vazifalar ichida asosiysi axborotlarni to‘g‘ri tartiblashdir. Chunki kompyuterdagi ma’lumotlarni bexato izlash va ularni ma’lum belgilariga ko‘ra qayta joylashtirish uchun ular tartiblanishi lozim.
Ma’lumotlar qiymati va formatini foydalanish uchun qulay holatga keltirish jarayoniga ma’lumotlarni tartiblash deyiladi.

Tartiblash asosida ma’lumotlarni tasvirlash usullari haqida biror kelishishning kiritilishi yotadi. Bundan kelib chiqib, matnli fayllarni «tartiblanmagan» yoki boshqacha aytganda, «yomon tartiblangan», avtomatik holda qayta ishlanmaydigan axborotlarni o‘zida saqlaydigan fayllar deb tushunish mumkin.


Kompyuterda ma’lumotlarni tartiblash belgilarning kodiga ko‘ra amalga oshiriladi. Masalan, «A» harfining kodi «B» harfining kodidan kichik bo‘lganligi sababli tartiblashda «A» harfi «B» harfidan oldin joylashadi.
Guruh jurnalida talabalarning familiyasi alifbo tartibida yozilgan bo‘lsa, unda quyidagicha ketma-ketlikni ko‘rasiz:
Azizov B, Botirov Sh, Karimov A, Safoeva A, Qosimova G, Hakimov J.
Ushbu familiyalarni komyuterda tartiblashda «H» harfining kodi «B» xarfining kodidan kichik bo‘lganligi sababli undan oldin joylashadi va quyidagicha ketma-ketlikni hosil qiladi:
Hakimov J. Azizov B Botirov Sh, Qosimova G Karimov A.
Bundan kompyuterda harflarni to‘g‘ri ketma-ketlikda tartiblab bo‘lmas ekanda, degan xulosa kelib chiqmasligi kerak. Tartiblashda lotin alifbosi va rus alifbosidagi barcha harflar to‘g‘ri ketma-ketlikda joylashadi, faqat o‘zbek tilidagi «o‘», «q», «g‘», «h» harflari «tartibni buzadi». Umuman, kompyuterli tartiblashda belgilar quyidagicha o‘ringa ega bo‘ladi:

  1. maxsus belgilar; 3) raqamlar;

  2. lotin alifbosi harflari. 4) kirill alifbosi harflari.



Axborotni avtomatlashgan holda izlash
Ma’lumotlar ombori bilan ishlashning muayyan usullari haqida oliy o‘quv yurtlarida to‘laroq ma’lumot beriladi. Kompyuterda arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish katta mahorat talab qilmaydi. Masalan, agar kompyuterga biror tashkilot xodimlarini oylik maoshlarining ko‘rsatkichlari kiritilsa, xodimlarning maoshlarini hisoblash va xarajat turlarini belgilashni bir zumda amalga oshirish mumkin. Lekin mexaniq hisoblashlar axborot tizimlarining asosiy vazifasi emas. Boshqacha aytganda, axborot tizimlari oddiy hisoblash ishlari uchun emas, ma’lumotlarni avtomatik izlash va tanlash (saralash) masalalarini hal qilishga mo‘ljallangan.
Axborotni izlash nima? Bu savolga javob berish uchun bir misolni ko‘rib chiqamiz. Aytaylik, kutubxonadan Abdulla Qodiriyning «O’tgan kunlar» romanini izlayapsiz. Bu kitobni izlashni kutubxonadagi alifboli katalogdan boshlaysiz va unda faqat muallif nomiga e’tibor berasiz. Kartochkalar ichidan bir necha «A. Qodiriy»larni topasiz, ulardan kitob nomini izlaysiz. Shu tartibda izlanilayotgan kitobning bor yoki yo‘qligini aniqlaysiz.
Hozirgi davrda axborotlarni izlash va saralash amallari shunchalik rang-barangki, ularni sanab chiqish u yoqda tursin, turlarga ajratish ham mushkul. Axborot tizimlari o‘zi xizmat qiladigan soha doirasidagi belgilangan har qanday savolga javobni avtomatik izlashga va topishga mo‘ljallanadi. Odatda, izlash sharti faqat foydalanuvchining xohishiga bog‘liq bo‘ladi. Beriladigan savollar kompyuterga kiritilgan ma’lumotlar bilan uzviy bog‘langan bo‘ladi, aks holda beriladigan savollar javobsiz qolishi tabiiy.
Axborotni izlash jarayonini axborot tizimlarida andozalar orqali amalga oshiriladi. Andoza ko‘rinishi turli dastur uchun turlicha bo‘lishi mumkin. Quyida ma’lumotlarni izlashning asosiy boshqarish menyusi keltirilgan.
Andoza asosida ishlash tartibini asosiy boshqarish menyusi orqali quyidagicha belgilash mumkin:



Kalitlar
Andoza
Kiritish/Chiqarish

Birinchi qator tanlanganda, asosiy kalit (so‘zlar) ekranda hosil bo‘ladi va foydalanuvchi ulardan keraklisini PageUp, PageDown, ↑, ↓, →, ← va h. k. tugmachalaridan foydalanib tanlaydi. Kerakli kalit tanlangach, unga mos andoza ekranga chiqadi (ya’ni ish tartibi o‘rnatiladi), so‘ngra (lozim bo‘lsa) andozadagi axborotlarni o‘zgartirib yoki o‘zgartirmagan holda undan foydalaniladi.


Ma’lumotlar omboridan kerakli satrni tez topish uchun jadvaldagi ma’lumotlar berilgan kalit bo‘yicha tartibga keltiriladi (alifbo bo‘yicha, qiymatlarning kamayishi yoki ortishi bo‘yicha).
Telefon ma’lumotnomasidan iborat quyidagi jadval, bosh kalit (telefon nomeri) qiymatining o‘sishi bo‘yicha tartiblangan:
10-jadval

Nomer

Abonent pomi

Manzili

Kategoriya

65-76-11

Murodov Tolib

A. Qodiriy, 13

UK

101-13-02

Aliev Qahramon

Mustaqillik 12/165

sht

……………

…………….

……………..

………..

10Z-26-52

……………

………………..

………….

116-44-46

……………

……………….

………….

133-65-72

Shokirova Zuhra

G‘. G‘ulom, 13/26

UK

Jadvaldan kerakli telefon nomerini topish uchun saralash bosh kalit bo‘yicha olib boriladi. Agar bosh kalit alifbo bo‘yicha tartiblangan bo‘lsa, kerakli abonentni tez topish mumkin, aks holda izlash vaqti anchaga cho‘zilib ketishi mumkin.


Ma’lumotlarni kompyuterda saralash anchagina vaqtni talab qiladigan jarayon hisoblanadi. Shuning uchun axborot tizimini yaratuvchi saralashning optimal variantini izlab topishi kerak. Bu muammo quyidagicha hal qilinadi. Boshlang‘ich jadvalni o‘zgartirmasdan, har bir saralash kaliti uchun indeksli fayl belgilanadi. Indeksli faylga kalitning qiymati (masalan, guruh va familiya) yoziladi (ular tartiblangan bo‘ladi). Har bir qiymat dastlabki jadvalda o‘z tartib nomeriga ega. Tizimda izlashni indeksli faylning kerakli kalitini topgach, dastlabki jadvalga murojaat qiladi va izlangan satrni o‘z nomeri bo‘yicha ekranga chiqaradi. Har qanday dbf fayli uchun ixtiyoriy sondagi indeksli fayllarni yaratish mumkin. Bunday holda fayliing o‘ziga indekslangan fayl deyiladi. Har bir indeksli fayl muayyan indeksli kalit (ya’ni bosh kalit) ga ega bo‘ladi. Indekslash tizimi ma’lumotlar omborida ma’lumotlarni ko‘rib chiqish va izlashning bir necha barobar tezlashishiga imkon beradi.
Axborot tizimini yaratish va undan foydalanish qo‘yiladigan maqsadga muvofiq bo‘lishi lozim. Aks aholda undan foydalanish ma’noga ega bo‘lmaydi. Shu ma’noda ma’lumotlar omborlarini umumiy bir turda tasnif qilish mushkul. Ba’zi tizimlar esa, umuman tasnif qilinmaydi.
Bajaradigan vazifasiga ko‘ra axborot tizimlarining ikki turini ajratamiz va ularning mazmuni bilan tanishib chiqamiz.
Ma’lumotlar omborlarini shartli ravishda ikki turga ajratish mumkin: birinchisi — foydalanuvchilar uchun biror tashkilot (o‘quv muassasasi, xususiy shaxs va h.k.) yoki firma tomonidan yaratilgan va umumiy bo‘lgan ma’lumotlarni beruvchi tizimlar; ikkinchisi — ma’lum dastur asosida ma’lumot beruvchi ma’lumotlar omborini yaratish.
Birinchi turdagi ma’lumotlar ombori qo‘yilgan masalalarga aniq javob bera oladi va ularga shartli ravishda axborot-ma’lumotnomali tizimlar, axborot-izlashli tizimlari va ma’lumotlarni tezkor qayta ishlash tizimlarini kiritish mumkin.
Axborotlarni izlovchi tizimlar (ma’lumotnomalar) to‘plangan bilimlarni yig‘ish, ro‘yxatlash, turlarga ajratish va undan foydalanish imkonini beradi (masalan, telefon ma’lumotnomalari, xodimlar haqida ma’lumotlar va h.k). Bunday ma’lumotlar ombori yangi bilimlar manbai vazifasini bajarishi ham mumkin.
Ma’lumotlarni tezkor qayta ishlash tizimlari ko‘pgina amaliy masalalarni hal qilish, ishlab chiqarishni boshqarish, buxgalteriya hisoboti va hokazolarni hal qilishga mo‘ljallangan bo‘ladi.
Hajmi va ma’lumotlaridan foydalanishga ko‘ra axborot tizimlari quyidagilarga ajaratiladi:

• «klient server» tuzilishiga ega quvvatli axborot tizimlari.
Endi faktografik tizimlarni tahriflashga o‘tamiz. Ko‘rinishi sodda va qo‘yilgan masalalarga yagona, aniqechimni ko‘rsata oladigan tizimlar faktografik tizimlar deyiladi.
Faktografik tizimlarni universal va maxsus tizimlarga ajratish mumkin.
Universal tizimlar turli sohalardagi har qanday ma’lumot bilan ishlashi mumkin. Bu tizimda asosiy vazifa kiritilgan ma’lumotlar omboridan to‘g‘ri foydalana olishdir. Universal tizim ma’lum ma’noda televizorga o‘xshaydi, chunki u hamma narsani —xokkey o‘yini, simfonik konsert, badiiy filim va boshqalarni ko‘rsataveradi.
Lekin inson faoliyatining ko‘pgina sohalarida universal tizimlardan foydalanib bo‘lmaydi. Masalan, samolyotdagi joylarni oldindan belgilash tizimlarida (minglab yo‘lovchilar, yuzlab yo‘nalishlar va h.k.) universal usullardan foydalanib bo‘lmaydi. Bunday tizimlar uchun maxsus ma’lumotlarni kiritish, izlash, qayta ishlash va chiqarish algoritmlari loyihalanadi va barcha ma’lumotlarning xususiyatlari hisobga olinadi. Bunday hollarda har bir qo‘yilgan masalaga moslab tizimlar yaratiladi. Bunday tizimdagi ma’lumotlar tez-tez o‘zgarib turadi va ular turli sohalarda ishlatilishi mumkin (masalan, moddiy ishlab chiqarish, bank ishlari, kriminalistika, ilmiy izlanishlar va h.k.). Unda o‘rganiladigan faktlar ham haqiqiy dunyoning ob’yektlari haqidagi aniq qiymatli ma’lumotlardan iborat bo‘ladi.
Foydalanuvchi tomonidan turli mazmunga ega bo‘lgan ma’lumotlar (masalan, maqola, kitob, referat, qonun matnlari, mehyoriy hujjatlar va h.k.), odatda, tartibsiz joylashgan bo‘ladi. Axborot tizimlari bunday ma’lumotlar ichidan berilgan savolga yagona va bir qiymatli javob topib bera olmaydi. Ular hujjatli tizimlar deb ataladi.
Tizimning maqsadi, odatda, foydalanuvchining so‘roviga ko‘ra uni qanoatlantira oladigan darajada javob berishdir. Masalan, «kuchlanish» so‘zi ishlatiladigan barcha maqolalar ro‘yxatini ekranga chiqarish masalasini qaraylik. Hujjatli tizimning asosiy xossalaridan biri shundaki, foydalanuvchiga kerakli hujjatlarni bermasdan (masalan, «kuchlanish» so‘zi boshqa ma’noda ishlatilgan axborotlar) kerakli ma’lumotlarni berishidir (masalan, muallif «kuchlanish» so‘zini noto‘g‘ri yozib yuborganda). Hujjatli tizim biror-bir iborani gapda qanday ma’noda kelishiga qarab ajrata olishi kerak (masalan, qisqichbaqa — hayvon, qisqichbaqa .— yulduzlar turkumi, rak (qisqichbaqa) — kasallik).
Ko‘p hollarda faktografik va hujjatli tizimlardan birgalikda foydalaniladi. Bunday tizimlardan foydalanish qulayliklarga ham ega, imkoniyatlarga ham boy bo‘ladi
Nazorat savollari


  1. Axborot tizimi deganda nimani tushunasiz?'

  2. Axborot tizimlarining asosiy xususiyatlari va vazifalarini aytib bering.

  3. Taqsimlangan ma’lumotlar ombori haqida gapirib bering.

  4. Ma’lumotlarni chegirish deb nimaga aytiladi?

  5. Axborotning aniqligi nima ?

  6. Ma’lumotlarii tartiblash haqida gapirib bering.

  7. Axborotni avtomatik izlashning xususiyatlari haqida gapirib bering.

  8. Axborot tizimlari qanday masalalarni hal qilishga mo‘ljallangan?

  9. Axborot tizimlarida axborotni qayta ishlash qanday amalga oshiriladi?




Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin