77
mumkin. Kirib olish vaqtida chervlardan farqi shundaki,
ular hech qanday
noxushliklarni amalga oshirmaydi.
– Virusning faollashishi. Buning uchun zararlangan obyekt ishga tushishi
kerak. Bu fazada viruslar zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan obyektlariga ko‘ra
turlarga bo‘linadilar.
– Zararlash uchun obyektlarni qidirish. Bu fazada viruslar o‘zlarini ikki xil
tutishi mumkin:
Boshqaruvni olgan virus zararlash uchun birinchi obyektni topgach ishni o‘zi
joylashgan faylga beradi.
Boshqaruvni olgan virus xotirada joylashib olib o‘zi ishlayotgan muhit ishini
tugatguncha zararlash obyektlarini to‘xtovsiz qidiradi.
– Virus nusxalarini tayyorlash. Virus nusxalarini tayyorlash oddiy nusxa
olishdan ko‘ra farqli bo‘lib, mualliflar ularni har xil yo‘llar
bilan yashirishga
urinishadi. Asliga o‘xshamagan nusxalar tayyorlash texnologiyalari xilma-xildir.
– Virus nusxalarini joylash. Bu ish ikkita bir-biridan farqli usullar bilan
amalga oshirilishi mumkin:
Virus kodini zararlanishi kerak bo‘lgan obyektga joylash;
Obyektni virus nusxasiga almashtirish. Almashtirilayotgan obyekt, qoidaga
ko‘ra nomi o‘zgartiriladi.
Birinchi
usul viruslarga xos, ikkinchisi esa ko‘pincha troyan va chervlar
tomonidan qo‘llaniladi.
Kompyuter virusi qanday namoyon bo‘ladi degan savol amaliyotda ko‘p
uchraydi. Quyida kompyuterga virus tushganligining ba’zi belgilarini sanab
o‘tamiz:
•
Kompyuterdagi dasturlar avvalgiga nisbatan sekinroq yuklanadi;
•
Ba’zi papkalarda sizga notanish fayllar paydo bo‘lib qoladi yoki aksincha,
bir xil fayllar yo‘qolib qolishi mumkin;
•
Sizga tushunarsiz sabablarga ko‘ra, fayl yoki dasturlarning hajmlari
o‘zgarib qoladi, yo ortadi yoki kamayadi;
•
Ekranda tushunarsiz yozuv yoki grafikalar paydo bo‘lib qoladi;
78
•
Diskdagi bo‘sh joy o‘z-o‘zidan kamayib ketadi;
•
Fayllarning nomlari yoki kengaytmalari o‘zgarib qoladi;
•
Klaviaturadagi tugmachalar bosilganida dinamikdan
har xil tovushlar
chiqadi;
•
Qattiq diskka murojaat qilib bo‘lmay qoladi.
•
Kompyuter ishlashi sekinlashadi;
•
Ba’zi bir fayllar buziladi yoki ularning hajmi ortiqcha har xil yozuvlarni
qo‘shish hisobiga o‘zgaradi, kattalashadi;
•
Tezkor xotiraning bo‘sh joyi qisqaradi;
•
Qattiq magnitli diskdan dasturlarni yuklash qiyinlashadi yoki umuman
yuklanmaydi va h.k.
Shuni ta’kidlash kerakki, dasturlar
va hujjatlar matnlari, berilganlar
bazasining axborot fayllari, jadvallar va boshqa shunga o‘xshash fayllar
zararlanmaydi. Ular faqat buzilishi mumkin.
Virus asosan ikkit qismdan iborat bo‘lib, ularni
biri virus ikkinchisi
shifrlovchi deb ataladi. Virusning har bir nusxasi shifrlovchi, qandaydir kalit va
shu kalit bilan shifrlangan virusdan tashkil topadi. O‘zi differentsiallanuvchi
viruslar esa, o‘zini formasini takomillashtiradi. Ko‘p
viruslar boshqalar uning
ishlash mexanizmini sezib qolmasliklari uchun o‘zining katta qismini kodlangan
holda saqlaydi. Bu albatta bunday viruslarni topishda qiyinchiliklar tug‘diradi.
Dostları ilə paylaş: