«axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va tizimlar»



Yüklə 10,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə181/269
tarix28.09.2023
ölçüsü10,74 Mb.
#150106
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   269
«axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va tizimlar»

Psixologik ta’minot 

joriy qilinayotgan avtomatlashtirilgan 
axborot tizimlarini foydalanuvchilar psixologik jihatdan qabul 
qilishi va unga asta-sekinlik bilan qo‘nikishi hisoblanadi.
Axborot tizimlarining funksional qismi
axborot tizimlarining 
vazifa va topshiriqlari bajarilishini ta’minlaydi.
AATning hayot siklida quyidagi bosqichlar ajralib turadi:
1. Loyiha oldi bosqichi;
2. Texnik loyihalashtirish;
3. Qo‘llanma loyihalashtirish;
4. Tadbiq etish;
5. Ekspluatatsiya.
Shuni qayd etish lozimki, avtomatlashtirilgan axborot tizim- 
larining funksional qismi tarkibi va mazmuni ma’lum bir obyektga 
bog‘liq. Axborot tizimlarining ta’minlovchi qismi tarkibi va 
mazmuni turli obyektlar uchun bir xilda bo‘ladi.
13.6. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining
rivojlanib borish tendensiyalari.
Axborot tizimlari evolyutsiyasi axborotlami qayta ishlashning 
texnik vositasi rivojlanishi mazmunini va axborot tizimlari qadr- 
qimmati bilan bog‘liq.
345


1-bosqich (60-yiIlar oxirigacha) apparat vositalarining 
imkoniyatlari cheklangan sharoitda katta hajmdagi ma’lumotlami 
qayta ishlash muammosi bilan farqlanadi.
2-bosqich (70-yillar oxirigacha) IBM/360 seriyasidagi 
EHMning tarqali-shi bilan bog‘liq. Dastur ta’mmotining apparat 
vositalari rivojlanish darajasidan orqada qolishi - mazkur bosqich 
muammosi sanaladi.
3-bosqich (80-yilIar boshlaridan). Bu davrda kompyuter 
professional foydalanuvchining quroliga, axborot tizimlari esa -
uning qarorlami qabul qilishini qo‘llab-quwatlash vositasiga 
aylandi.
4-bosqich (90-yillar boshlaridan) - tashkilotlararo aloqalar va 
axborot tizimlarining zamonaviy texnologiyasini yaratishdan iborat. 
Mazkur bosqich biznesdagi strategik afzalliklami tahlil qilish 
tushunchasi bilan bog‘liq va telekommunikatsiya texnologiyalari 
yutuqlari hamda axborotlami qayta taqsimlashga asoslangan edi.
Barcha turdagi tizimlar oqibat natijasida, vaqt o‘tishi bilan 
boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish jarayonlarini yaxshilash, 
osonlashtirish va arzonlashtirishga qaratadilar. Bu- avtomat­
lashtirilgan axborot tizimi bajaradigan «yordam fiinksiyasi»dir. Bu 
to‘g‘risida 13.1-jadval tasawur beradi.
346



Yüklə 10,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   269




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin