Menejment, mazmuni va vazifalari,
axborot, tizim.
14.1.
Menejmentning mohiyati, maqsad va vazifalari
Menejment tushunchasi
tor m a’noda biror-bir tashkilot
maqsadini aniqlash va unga erishish uchun zarur boMgan
rejalashtirish, tashkil etish va nazorat jarayonlarining foyda
keltirishi, samara berishi faoliyat yo‘nalishini qanchalik to‘g‘ri
tanlay bilishga, qarorlar qabul qila olishga hamda uning
boshqarilishini nazorat qilishga va bu jarayon borishiga bog‘liq
bo‘ladi. Menejment keng m a’noli tushuncha sifatida, jahondagi
menejment va uni tashkil etishning nazariyotchilaridan biri Piter
Druker aytganidek, «alohida faoliyat turi bo‘lib, tashkil etilmagan
betartib ommani bir maqsadga yo‘naltirilgan samarali va unumli
guruhga, jam iyatga aylantiradigan, ijtimoiy o ‘zgarishlami rag‘bat-
lantiruvchi element hisoblanadi».
350
Menejment nafaqat korxona doirasida, qolaversa, butun bir
jamiyat, davlatni o‘z tanlagan yo‘li, maqsad va intilishlariga
yetaklovchi, iqtisodiyotni kuchli, barqaror ishlovchi mexamzmga
aylantirishda muhim ta’sir etuvchi kuch hisoblanadi.
Menejmentni jamiyatning iqtisodiy negizi bilan bog‘lab, shu
bilan birga, uning ikki: tashkiliy-texnikaviy, va ijtimoiy-Kltisodiy
tomonlarini hisobga olgan holda o‘rganish lozim.
Tashkiliy-texnikaviy boshqaruv aniq iste’mol qiymatini olish
uchun mahsulot tayyorlashda mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi
bilan ajralib turadi. Ijtimoiy-iqtisodiy boshqaruv mavjud ishlab
chiqarish
munosabatlari
bilan
bog‘liq
bo‘lib,
boshqarish
maqsadlarini belgilaydi. Tashkiliy-texnikaviy boshqaruv mehnat
unumdorligi va ishlab chiqarish samaradorligining oshishi uchun
sharoit yaratishga imkon beruvchi faoliyat turidan iboratdir.
Ijtimoiy-iqtisodiy menejmentning maqsadi ishlovchilar samarali
mehnat qilishi uchun sharoit yaratish, ulami ijtimoiy himoya
qilishning ishonchli umumdavlat tizimini shakllantirish, bandlikni
ta’minlash va aholining kam ta’minlangan qatlamlariw qo‘llab-
quwatlashdan iboratdir.
Menejmentning mohiyati
ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar
darajasi, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va iqtisodiy
aloqalaming murakkablashuvi bilan kengayib boradi- Menejment
ishlab
chiqarish jarayonida,
ishlab
chiqarish
vositalariga
mulkchilikning turli shakllari mavjud boigan sharoitda, ishlab
chiqaruvchilar
o‘rtasida
raqobatni
shakllantirish,
foydani
maksimallashtirishga qaratilgan bo‘lsa, u butun bir iqtisodiy tizimda
ishlab chiqarish evaziga jamiyat ehtiyojini qondira oladigan bozor
infratuzilmasi elementlari va ulaming o‘zaro aloqasini ta’minlovchi
mexanizmning barqaror ishlashiga, har bir fuqaro, guruh, uyushma,
tashkilot va muassasalar manfaatlarini e’tiborga olgan holda, ularrn
jahon sahnasida o‘z o‘miga ega bo'lishiga qaratilgan bo‘ladi.
Menejmentning asosini obyektiv iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa
qonunlarga asoslanuvchi huquqiy ilmiylik tashkil etadi. Xo‘jalik
yurituvchi subyektlar rahbarlari mazkur qonunlami o ‘rganish va
ulaming aniq vaziyatlarda namoyon bo‘lishini hisobga olgan holda
iqtisodiyotni boshqarishning strategiya va taktikasini belgilaydilar.
351
14.2. M enejm entning o‘ziga xos xususiyatlari
Bugungi kunda «menejment ilmi», «qabul qilish ilmi», «tizimli
tahlil», «tizimlar haqida ilm», «operatsiyalar tadqiqoti» kabi bir-
birini almashtirib qo‘yish mumkin bo‘lgan tushunchalami uchratish
mumkin. Menejment ilmining yondashish sifatida o ‘ziga xos
xususiyatlari quyidagicha:
-ilm iy usulning qo‘llanilishi;
-tizimli yondashish;
-modellar ishlatilishi.
Ilmiy usul menejment ilmi maktabining amaliyotda birinchi bor
ishlatilgan, har qanday ilmiy tadqiqotning fundamental tadbiridir. U
uch bosqichdan iborat.
1.K uzatuv. Gap muammo va vaziyat haqida axborotni
obyektiv tarzda yig‘ish va tahlil qilish ustida ketmoqda. Masalan,
mahsulotlarga ehtiyoj va zaxiralar darajasi o'rtasidagi bog‘liqlik
ko‘rib chi- qilayotganda rahbar zaxiralar darajasi ehtiyojga qarab
o‘zgarishini baholashi kerak. (Bugungi kunda ilmiy tahlilning bu va
deyarli hamma boshqa jihatlari, odatda, idora boMinmalari
mutaxassislari to- monidan o‘tkaziladi).
2. Gipotezaning ifoda qilinishi. Gipotezani ifoda etayotib,
tadqiqotchi:
Mavjud
imkoniyatlar
(altemativlar)-
faoliyat
(harakat)
352
variantlari va vaziyat uchun ulaming oqibatlarini aniqlaydi,
shuningdek, ushbu kuzatuvlar asosida ulami prognozlaydi. Maqsad
- muammoning tarkibiy qismlari o'rtasidagi o‘zaro bog'liqlikni
o‘matish. Masalan, kuzatuv oyi davomida ehtiyoj 10 foizga
o‘sganda zaxiralar kamayishni ko‘rsatsa, rahbar zaxiralaming
muayyan miqdorga o'sishi ulaming bunday vaziyatda qisqarishi
oldini oladi, degan gipotezaga asoslanishi mumkin.
3.
Verifikatsiya. Verifikatsiyaning yoki gipotezaning to‘g‘ri-
ligini tasdiqlanishning uchinchi bosqichida tadqiqotchi gipotezani
qabul qilingan qaroming natijalarini kuzatib tekshiradi. Bizning
misolni davom ettirib, rahbar zaxiralar darajasini idora mutaxassisi
taklif etgan miqdorga ko'paytirishi mumkin. Agar bunda zaxiralar
kamaymasa yoki haddan ziyod ko‘paymasa, gipotezani to‘g‘ri deb
tan olish kerak. Agar ehtiyojning o‘sishi bilan mahsuJptlaming
yetishmasligi paydo bo‘lsa yoki zaxiralar shunchalar o‘ssaki, ulami
saqlash chiqimlari haddan ziyod bo‘lib qolsa, unda gipotezani
noto‘g‘ri deb tan olish kerak. Bu holda, rahbar birinchi bosqichga
qaytib, mavjud axborotga gipotezani tekshirish bosqichida yig‘ilgan
axborotni va boshqa ma’lumotlami qo‘shgandan keyin yangi gi-
potezani ifoda qilishi kerak.
Menejment muammolarini hal etayotganda ilmiy usulni qo‘Hab,
shuni esda tutish kerakki, tashkilot - bu o'zaro bog‘langan
353
qismlardan iborat ochiq tizimdir. Shuning uchun menejmentda ilmiy
yondashishning ikkinchi xususiyati sifatida tizimli yondashish
gavdalanadi.Menejment ilmining uchinchi xususiyati - modellarni
ishlatishdir. Modellashtirish k o ‘p hollarda menejment muam-
molarining murakkabligi va ilmiy tajribalami real hayotda o ‘tkazish
qiyinchiligi tufayli zarurdir.
Modellashtirish - bizning muhokamada ko‘p e ’tibor berilgan
konsepsiyadir.
Ilmiy
menejment
maktabining
eng
k o ‘zga
k o ‘rinadigan va ehtimol eng yirik hissasi oddiy sabab - oqibatli
baholash uchun juda murakkab vaziyatlarda obyektiv qaror qabul
qilishga
imkoniyat
beradigan
muqobil
modellarni
ishlab
chiqishdadir. Bunday modellaming ko‘pi shunchalik murakkabki,
hamma rahbarlar ham ulami mustaqil ravishda ishlatishga qodir
emaslar. Biroq, modellar haqida ishonarli tasaw um ing yo‘qligi
rahbaming sinash va xatolar usulini qo‘llashiga hamda tekshirilgan
usullar qo‘llashning o ‘miga o ‘ylanmagan qarorlar qabul qilishiga
olib keladi.
M odellashtirish. Model o‘zi nima? Menejment ilmi ishla-
tadigan ayrim modellarni kompyutersiz amalga oshirish murakkab
b o isad a, modellashtirish konsepsiyasi oddiy. Shennonning ta ’rifiga
binoan: «Model - bu obyektning, tizimning yoki g ‘oyaning
butunlikning o ‘zidan farqli m a’lum bir shaklda taqdim etilishi».
Masalan, tashkilot sxemasining o ‘zi uning tuzilishini ifoda etadigan
modeldir.
Ushbu
kitobda
tavsiflangan
hamma
menejment
nazariyalari tashkilot yoki uning qandaydir kichik tizimi ishlash
modelining mohiyatidir. Siz ko‘p o'tm ay modellaming boshqa -
sizga tanish bo ‘lgan misollari borligiga ishonch hosil qilasiz.
Qo‘llanilayotgan modelni real hayotiy vaziyatni soddalashti-
rishning asosiy xususiyati deb hisoblasa b o ‘ladi. Model shaklida
murakkablik kamroq b o ‘lgani va ishga tegishli b o ‘lmagan, real
hayot- da muammodan chalg‘itadigan raa’lumotlarning y o ‘q bo‘Iib
ketishi sababli u rahbarda uning oldida paydo bo‘layotgan
muammolami tushunish va hal etish qobiliyatini oshiradi. Model,
shuningdek, rahbarga o ‘z tajribasini va mulohaza qilish qobiliyatini
ekspertlar
tajribasi
va
mulohaza
qilish
qobiliyati
bilan
mujassamlashtirishga yordam beradi.
354
M odellashtirish z a ru ra ti. Real hayot bilan to‘g ‘ridan-to‘g‘ri
o‘zaro munosabatda bo‘lish o ‘m iga model ishlatishni shart qilib
qo‘yadigan bir necha sabablar mavjud. Ularga ko‘pchilik tashkilot-
larda vaziyatlaming tabiiy murakkabligi, real hayotda, zarur
bo'lganda, ilmiy tajribalami o ‘tkazishning imkoni bo'lmasligi va
rahbariyatning kelajakka qarashi taalluqlidir.
M u rak k ab lik . Hamma menejment maktablarida bo'lganidek,
menejment ilmi real olamning tashkilot muammolarini hal etishda
foydali bolishiga intiladi. Insonning model yordamida reallik bilan
o‘zaro munosabatda bo‘lganida qobiliyatlarining oshishi g‘alati
ko'rinishi mumkin. Ammo bu shunday, chunki tashkilotning real
hayoti nihoyatda murakkab va muayyan muammoga taalluqli
o‘zgaruvchan miqdorlarning
faktik
soni
har bir kishining
qobiliyatidan ancha ortiq bo‘ladi hamda uni real hayotni
modellashtirish yordamida soddalashtirib anglash mumkin.
Ilm iy ta jrib a o‘tkazish. Muammolami hal etish altemativ
variantlami sinab ko‘rish va tajribada tekshirish ma’qul boigan
menejment vaziyatlari ko‘p uchraydi. Albatta, rahbarlaming yangi
mahsulotga, awaldan uning ko‘zlaganday ishlashi va iste’molchilar
tomonidan qabul qilinishini tajribada aniqlamasdan, millionlab dol-
larlami tikishi noto‘g‘ri b o ‘ladi. Real hayotda muayyan tajribalar
o‘tkazish mumkin va shart.
«Boing» firmasi yangi samolyotni, «Nissan» yangi avtomobilni,
«IBM» yangi kompyutemi loyihalashtirayotganda ular har doim
355
namuna ishlab chiqib, uni real sharoitda tekshiradi va undan keyin-
gina keng k o ‘lamli ishlab chiqarishni boshlaydi. Lekin, bunday
k o ‘rinishdagi to ‘g ‘ridan-to‘g ‘ri tajriba o‘tkazish qimmat bo‘Iib, vaqt
talab qiladi. T asaw u r qiling, agarda «Jeneral Elektrik» firmasi firma
muhandislari tomonidan faqat potensial takomillashtirishlar deb
o ‘ylab topgan mingta qismlarni ishlab chiqarib, sinab k o ‘rsa,
avtomobii qanday qiymatga ega bo‘Iar va undagi yangiliklar qancha
kam b o ‘lar edi. Bunday holatda modellar yordam beradi.
Qaror qabul qilish kerak b o ig an , lekin real hayotda tajriba
o ‘tkazish mumkin bo ‘lmagan behisob tang vaziyatlar mavjud.
Masalan, «Folksvagen» firmasi AQShda ishlab chiqaruvchi
korxona qurishga qaror qilganda, unga yetarli ish kuchi, m a’qul
bo‘ladigan soliq solish shartlari, mavjud va zarur materiallami
olishda va tayyor avtomobillami yuklab j o ‘natishda iqtisodiy
jihatdan qulay joyni tanlashiga to ‘g ‘ri keldi. Unga «Rebbit»
modelining ko‘p minglab qismlarini yig‘ish navbatini aniqlash,
zavodning o ‘zi qay bir qismlarni ishlab chiqarishi, qay birini esa
sotib olishi mumkinligini bilib olish, har bir qismning zarur zaxira
darajasini
belgilashga
to‘g ‘ri
keldi.
M a’lumki,
firma
bu
muammolami tajriba sifatida har bir imkoni bor joyda bir necha
loyihalar bo‘yicha zavod qurib hal qila olmasdi.
Dostları ilə paylaş: |