14.4. Menejmentning funksiyalari va ularning tasnifi
Menejmentning jarayon sifatidagi mohiyati uning vazifalarida
ifodalanadi. Menejment vazifalari deganda boshqaruv bo‘yicha
ma’lum masalalami hal etishga qaratilgan harakat yig‘indisi
tushuniladi.
Menejment vazifalari, awalo, boshqariluvchi obyektning o‘ziga
xos xususiyatidan kelib chiqadi. Ishlab chiqarish tarkibiga mos
ravishda
quyidagilami aks ettiruvchi vazifalar mavjud bo‘ladi:
-iqtisodiyotning tarmoq tarkibini;
-uning hududiy tarkibini;
-ishlab chiqarishning alohida unsurlarini.
Milliy xo‘jalikning tarmoq tarkibi menejment oldiga moddiy
ishlab chiqarishni boshqarish va nomoddiy ishlab chiqarishni
boshqarish kabi vazifa qo‘yadi. Birinchi soha tarkibida ishlab chiqa
rish va muomala sohalarini boshqarishni ajratadilar. Ishlab chiqarish
sohasini boshqarishga sanoat va uning tarmoqlarini boshqarish,
qurilishni, tansport, aloqani boshqarish vazifalari; muomala sohasini
boshqarish vazifalariga - savdoni, moliya, moddiy- texnikaviy
ta’minot, madaniyat, ta’lim sohalarini boshqarishni qam- rab oladi.
Ishlab chiqarishni boshqarish vazifalarining hududiy tarkibiga
respublika, viloyat, shahar, tuman miqyosidagi menejment vazifalari
kiradi. Ishlab chiqarishning boshlang‘ich bo‘g‘ini - korxonani
boshqarish muhim vazifadir. Menejment vazifalari boshqaruv
tashkilotlari, bajaruvchilar va boshqaruv apparati vazifalarini bel
gilab beradi.
358
Menejment jarayonini bajariladigan vazifalar bo‘yicha tahlil
etish har bir vazifada ish hajmi, boshqaruvchi xodimlar sonini
aniqlash, va nihoyat, boshqaruv apparati tarkibini loyihalash uchun
asos bo‘lib xizmat qiladi. Boshqaruv tashkilotining asosiy va aniq
vazifalari ajratiladi.
Asosiy vazifalar har bir korxona va
boshqaruvning barcha darajasi uchun xosdir. Ular jumlasiga
quyidagilar kiradi:
a) marketing; b) biznes-reja; d) tartibga solish; e) tashkil etish; Г)
rag‘batlantirish; g) nazorat va hisob; h) undash; i) rejalashtirish.
Marketing - bu korxonani iste’molchi bilan bozor orqali
bog‘lovchi eng muhim bozor munosabatlari va axborot oqimlari
to‘plamidir. Marketing tarkibiga: bozomi o‘rganish, iste’molchilar
buyurtmalariga ko‘ra tovarlar turlarini rejalashtirish, tovarlami bo-
zorga chiqarish, reklama, tovar va xizmatlami ishlab chiqarishdan
iste’molchiga yetkazish bilan bog‘liq tadbirkorlik faoliyati kiradi.
Bozor u yoki bu tovarga bo‘lgan talabni lakmus qog‘ozi singari aks
ettiradi. Bozor taklif etilgan tovami yo qabul etadi, yoki inkor qiladi.
Bozor iqtisodiyotida iqtisodiyotni boshqarish marketingni ishlab
chiqarish siklining so'nggida emas, boshida boiishini taqozo etadi,
chunki boshqaruv qarorlarini qabul qilish asosida ishlab chiqarish
imkoniyatlari emas, balki bozor talablari, xaridorlaming mavjud va
istiqboldagi ehtiyojlari yotadi. Agar markazlashgan, ma’muriy-
buyruqbozlikka
asoslangan
boshqaruvda
bozorga
ishlab
chiqarishning oxirgi nuqtasi sifatida qaralgan bo‘Isa, bozor
iqtisodiyotiga o‘tilishi bilan bozor talablari ishlab chiqarish
bosqichining boshidayoq hisobga olinishi zarur. Bozor ishlab
chiqarish ko'lamini belgilovchi, butun menejment jarayoniga ta’sir
etuvchi kuchga aylanadi.
359
Biznes-reja - bu ijodiy loyihalashtirish, istiqbolni belgilashdir.
Biznes-rejalarda
iqtisodiy
strategiya
belgilanadi,
kelajakda
rivojlanish yo‘llari va vositalari aniqlanadi, tarkibiy siyosat, ijtimoiy
rivojlanish miqyoslari belgilanadi.
Tashldl etish - bu boshqariluvchi tizimning texnikaviy,
iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa kichik tizimlami tartibga solish
jarayonidir. Tashkil etish maqbul tuzilmalar tashkil etish, tizim
tarkibiy qismlari o‘rtasidagi qismlari to‘g‘risida qoidalarni yaratishi,
lavozim majburiyatlari, barqaror iqtisodiy normativlami belgilashni
qamrab oladi.
Tartibga solish (koordinatsiya qilish) - bu menejmentning bar
cha boshqa vazifalari uning texnikaviy, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy
masalalarini, hamda boshqaruvchi tizimidagi turli-tuman aloqalami
muvofiqlashtirish jarayonidir. Bu o‘zaro uzviylikni o‘matish, bel
gilangan me’yor va normativlardan cheklanishlaming oldini olish-
dir. Rag‘batlantirish - bu manfaatlami va keng demokratlashtirish,
inson omili faolligini oshirish asosida manfaatlar vositasida
boshqarishdir. Nazorat va hisob - boshqariladigan tizim ma’lum
maqsadga erishishga qaratilgan inson faoliyatining sabablari va
mexanizmini o‘rganadi. Undash kishilar faolligi bilan ular ega
bo‘lgan tajribaning moslashishi natijasida shaxsiy va guruhiy
extyojlami qondirishga qaratilgandir. Menejmentning aniq maxsus
vazifalari menejment mehnati taqsimoti natijasi bo‘Iib, aniq
mazmunga egadir. Korxona miqyosida boshqaruvning quyidagi
maxsus vazifalarini ko‘rsatish mumkin:
a) asosiy ishlab chiqarishni boshqarish;
b) yordamchi ishlab chiqarishni boshqarish;
d) mahsulot sifatini boshqarish;
e) mehnat va ish haqini boshqarish;
f) kadrlar, ta’minot, moliya va kredit, jamoa ijtimoiy
rivojlanishini boshqarish;
g) marketingni boshqarish.
Menejmentning har bir sohasi maxsus tizim jihatidan majmua
bo‘Iib, o‘z tarkibida menejmentning umumiy vazifalarini qamrab
oladi. Masalan, ishlab chiqarishni ilmiy-texnikaviy jihozlashni
360
boshqarish vazifasi tarkibiga reja, tashkil etish, tartibga solish,
rag‘batlantirish, nazorat kiradi. Barcha vazifalar bir-biri bilan uzviy
bog‘liqdir.
Menejment vazifalarining tarkibi va mazmunini
aniqlashga yetarli darajada e’tibor bermaslik boshqaruv ta ’sirining
bo‘shashib ketishiga sabab bo‘ladi. Menejment va uning vazifalari
samaradorligi kishilaming mehnat intizomi, tashabbuskorlik va
omilkorlik, yangilikka intilish va tashkilotchilik qobiliyati bilan
uzviy bog‘liqdir.
Dostları ilə paylaş: |