«axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va tizimlar»



Yüklə 10,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə187/269
tarix28.09.2023
ölçüsü10,74 Mb.
#150106
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   269
«axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va tizimlar»

Nazorat savollari
1. Menejmentning mohiyati, maqsad va vazifalari haqida 
m a'lumot bering.
2. Menejmentning o‘ziga xos xususiyatlariga nimalar kiradi?
3. Menejmentning mazmuni va vazifalari haqida m a'lum ot 
bering.
4. Menejmentning funksiyalari va ulaming tasnifi nimalardan 
iborat?
5. Menejment jarayonini axborot bilan ta ’minlash nima?
366


15-mavzu. STATISTIKA FAOLIYATIDA
AVTOMATLASHTIRILGAN AXBOROT TIZIMLARI VA
_________________ TEXNOLOGIYALARI_________________
15.1. Milliy iqtisodiyotni boshqarish tizimida davlat 
statiskasining vazifalari, ulaming xizmatlari va tashkil qilinishi.
15.2. 
Axborotlami elektron usulda ishlab chiqish maj- 
mualari.
15.3. Axborot xizmatlarini ko'rsatish yo'llari.
15.4. 
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 
asosida 
iqtisodiy tahlil vazifalarini echishni tashkil qilish.
15.5. Davlat statistika hisobotlarini elektron ko‘rinishda 
shakllantirish va taqdim etish
T ayanch ib o ralar: davlat statistikasi, statistik axborot 
tizimlari, AEICH, KMB dasturiy majmuas, «Mezozavr» ADP.
15.1. 
Milliy iqtisodiyotni boshqarish tizimida davlat
statiskasining vazifalari, ularning xizmatlari va tashkil qilinishi
Davlat statistikasi 
- mamlakat milliy iqtisodiyotini boshqarish 
tizimidagi eng muhim bo‘g ‘inlaridan biri. U jamiyat hayotidagi 
ommaviy hodisalami o‘rganish, ulaming murakkab o‘zaro aloqalari 
va hamkorliklarini aniqlash, hamda milliy iqtisodiyotni faoliyat 
yuritish va rivojlanishga ilmiy asoslangan baho berishga qaratilgan.
Davlat statistikasining 
asosiy vazifalari 
quyidagilar:
- milliy iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalari hamda ularga 
tegishli korxonalaming faoliyati haqidagi statistik axborotlami 
yig‘ish, ishlab chiqish va turli foydalanuvchilarga taqdim etish;
- hozirgi sharoitda jam iyat ehtiyojlari va xalqaro andozalarga 
mos keluvchi ilmiy asoslangan statistik uslubiyotlarini ishlab 
chiqish;
- b a rc h a rasmiy statistik axborotlar to ‘liqligi va ilmiy asos- 
langanligini kafolatlash;
- milliy 
iqtisodiyotni 
boshqarish 
idoralarining 
statistik 
faoliyatini 
muvofiqlashtirish 
va 
ular 
tomonidan 
sohaviy 
(muassasaviy) statistik kuzatishlarini o ‘tkazishni ta’minlash;
-barcha foydalanuvchilarga mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy 
holati, milliy iqtisodiyotning tarmoq, sohalari va sektorlari haqidagi
367


rasmiy m a’ruzalami tarqatish yo‘li bilan ochiq statistik axbo- 
ro tlarg a teng kirishni taqdim etish.
Davlat statistikasi mamlakatda statistik axborot tizimlarini 
yaratish uchun baza bo‘lib xizmat qiladi. Davlat statistika idoralari 
o‘z faoliyatini 0 ‘zbekistonda hisob va statistika tizimlarida milliy 
iqtisodiyotni rivoj-lantirishning davlat tomonidan boshqarishning 
muhim tayanchi ekanligiga rioya qilgan holda amalga oshiradi. 
0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo'mitasi boshqamv 
idoralariga milliy iqtisodiyot tarmoqlar va sohalari hamda ularga 
qarashli korxonalar va tashkilotlar faoliyati haqidagi barcha zarur 
statistik axborotlami bergan holda, ularga nisbatan tesk ari aloqa 
vazifasini bajaradi.
Iqtisodiy kibemetika milliy iqtisodiyotni boshqarish tizimida 
davlat statistika idoralari vazifalarini k o ‘rgazmali taqdim etishga 
imkon beradi (15.1-rasm).
statistika itiaraiartning vazifalari
368


Boshqaruv obyektlari deganda tizimning me’yoriy faoliyat 
yuritishi uchun muntazam nazorat qilish va tartibga solishni talab 
qiladigan element tushuniladi. Milliy iqtisodiyotning tarmoqlari, 
sohalari hamda ulaming korxonalari va tashkilotlari boshqaruv 
obyektlari bo ‘ladi.
Obyektlami boshqarish uchun boshqaruvchi tizim (boshqarish 
subyekti) yaratiladi, u ulami o‘z vaqtida me’yoriy faoliyat yuritishga 
olib 
kelishni 
ta ’minlaydi. 
Boshqaruv 
idoralari 
boshqarish 
obyektlariga davlat statistika idoralari orqali to‘g ‘ridan-to‘g‘ri aloqa 
(vazifalar) va teskari aloqa (hisobot) vositasida ta’sir qiladi.
Davlat statistika idoralari, davlat boshqaruvi idoralarini milliy 
iqtisodiyot tarmoq va sohalarining faoliyati haqida xabardor qilib, 
vazifalar ko‘rinishidagi boshqaruvchi axborot qabul qilingani va 
boshqaruv obyektlarining haqikiy holatidan kelib chiqqan holda 
qayd etilgan, m o‘ljallangan harakatlarida aks ettiriluvchi muhim 
signal vazifalarini bajaradi.
Statistik axborot tizimlari murakkab tizimlaming oldiga 
qo‘yilgan quyidagi barcha talablariga javob beradi:
• umumiy maqsadga erishish uchun tizim elementlarining 
muvofiq o ‘zaro hamkorligi nuqtai nazaridan birligi;
• katta o‘lchamlilik;
• holatning murakkabligi va boshqalar.
0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasiga qarovchi 
davlat statistika idoralari o‘z ishini umumiy tamoyillar, davlat 
statistikasining yagona uslubiyoti va ulami tashkil kilinishi asosida 
bajaradi. Ulaming asosiy vazifasi - mamlakatda hisob va statistika 
ishiga markazlashtirilgan holda rahbarlik qilishdir. Q o‘mita tizimi 
butun rcspublikani qamrab olgan, davlat statistika idoralari 
mamlakatning barcha m a’muriy-hududiy tuzilmalarida mavjud. Bu 
idoralar minglab sanoat korxonalari, qurilish, qishloq xo‘jalik 
korxonalari, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, o‘n minglab 
madaniy, maishiy va boshqa muassasa hamda tashkilotlardan kelib 
tushgan statistik axborotlami yig‘adi va qayta ishlab chiqadi. 
Statistik 
axborotlar 
turli-tumanligi, 
ommaviyligi 
va 
kelib 
tushishining davriyligi bilan farklanadi. K o‘rsatib o‘tilgan obyekt- 
lardan kelib tushgan barcha statistik hisobotlami ishlab chiqish
369


yiliga bir necha milliard hisoblash operatsiyalam i bajarishni talab 
qiladi.
Bunday katta ishni bajarish uchun q o ‘m ita axborotlam i y ig ‘ish 
va ishlab chiqish b o ‘yicha zamonaviy axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarining tarm og‘iga ega. U nda turli hisoblash texnikasi 
vositalarini q o ‘llash statistik axborot tizim lariga statistik ax­
borotlam i ishlab chiqishni avtom atlashtirish darajasini belgilovchi 
«inson-mashina» xarakterini beradi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo ‘mitasi tomonidan 
davlat 
statistika 
idoralariga 
respublika 
darajasidagi 
m ar­
kazlashtirilgan rahbarlik amalga oshiriladi. U asosiy hisob-statistika 
markazi sifatida va 0 ‘zbekiston Respublikasi hukumati, respublika 
vazirlik va qo‘mitalari, boshqa tashkilotlami statistik axborotlar 
bilan ta’minlaydi.
Q o‘m ita statistik axborotlam i o ‘z vaqtida obyektiv (to‘g ‘ri) va 
ishonchli ishlab chiqish, ulam i ko‘rsatilgan idoralar va keng 
jam oatchilikka yagona ilmiy uslubiyot asosida yetkazib berish 
vazifasi yuklangan.
Ushbu vazirlik mam lakat hududidagi hisob-statistika ishlari, 
xususan, statistika b o ‘yicha viloyat qo‘mitalari faoliyatini tashkil 
qilishga rahbarlik qiladi.
Statistikaning viloyat idoralari korxonalar va tashkilotlar bilan 
bevosita va doim iy axborotli muloqotda b o ‘lib, ularga hisob va 
hisobotni tashkil qilishda amaliy yordam k o ‘rsatadi va o ‘z 
mintaqasida asosiy axborot manbai b o ‘ladi.
Viloyat qo ‘mitalari tarkibiga statistika b o ‘yicha tuman (shahar) 
boshqarmalari 
(bo‘limlari) 
-
davlat 
statistika 
tizimining 
boshlang‘ich tashkilotlari kiradi. U lar barcha qishloq x o ‘jalik, 
sanoat, qurilish, transport, maishiy xizm at ko'rsatish korxonalari, 
tuman yoki shahar m aorif va sog‘liqni saqlash idoralari ishi haqidagi 
axborotlami yig‘adi va qayta ishlab chiqadi.
Davlat statistika idoralari statistik ishlam ing yagona uslubiyoti 
va yagona rejasi bo‘yicha ishlaydilar, ular tegishli yuqori idoralar 
tomonidan tasdiqlanadi. Bu rejaga kiritilgan vazifalar iqtisodiyot 
sohalariga mos keluvchi statistika sohalari b o ‘yicha taqsim langan 
(15.2-rasm).
370


Turli sohalarda hal etiladigan statistik vazifalar foydalanuvchi 
nuqtai 
nazaridan 
tartibga 
soluvchi 
va 
so‘rov 
(tartibga 
solinmaydigan) vazifalariga bo'linadi. Ular orasida, o‘z navbatida 
axborot xizmati ko‘rsatish vazifalari va boshqaruvning turli idoralari 
uchun iqtisodiy tahlil vazifalari farqlanadi.
M a k ry k jtis o d iy k o 'rs a ik ic h la r 
( iijtiM xliy b a la m la r)
T a r u o q l a r a r o s ts lis tik u
M o l h a
B ah o lai
М ехиа!
S av d o va 
to v arla r 
b«zo ri
T ash q i
iq tiso d iy
faoiiyat
T a r i m u j l a r s ls tis lik a s i
Ish lab
Q ish lo q
Q u rilis h
A lo q a va
Ijtim o iy so h a
D em o
A holini
еЬ Ц а-
xt.i'jaligi
va
trauv po rt
v a x i/m a l
gratiy a
v ashash
rish
invesiit-
siya
k o ’rxatish
d arajasi

Yüklə 10,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   269




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin