«axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va tizimlar»



Yüklə 10,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə186/269
tarix28.09.2023
ölçüsü10,74 Mb.
#150106
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   269
«axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va tizimlar»

14.5. 
Menejment jarayonini axborot bilan ta’minlash
Axborot atamasi lotincha so‘z bo‘lib, xabardorlik, biror hodisa 
yoki biror kishi faoliyati haqida xabarga ega bo‘lish m a’nosini 
bildiradi. Axborot menejment tizimiga uni rivojlantirish va 
takomillashtirish 
maqsadida 
faol 
ta’sir 
etish uchun 
zarur 
ma’lumotlar yig‘indisidan iboratdir. Yetarli va aniq axborotga ega 
bo‘lmay boshqaruvni tashkil etish mumkin emas.
Ishlab chiqarish axboroti boshqaruvchi va boshqariluvchi 
tizimlar 
o‘rtasidagi 
aloqa 
usulidir. 
Boshqaruvchi 
tizim 
boshqariladigan tizimdan ishlab chiqarish holati va uning xo‘jalik 
faoliyati to ‘g ‘risida axborot oladi. Boshqaruvchi tizim olingan 
axborot asosida boshqariluvchi tizim faoliyatiga baho beradi, 
menejmentni 
yanada takomillashtirish maqsadida ko‘rsatma, 
farmoyishlar chiqarib, boshqariluvchi tizimga ijro uchun yuboradi.
Axborot menejment tizimida alohida bo‘g‘in bo‘lib hisoblana­
di. Unga qator o ‘ziga xos xususiyatlar mansub bo‘lib, ular axborot 
boshqaruvining barcha bo‘g ‘inlari, barcha vazifalarini qamrab 
olishiga bog‘liqdir.
Axborot 
- bu boshqaruv apparati faoliyatining ham dastlabki 
nuqtasi, ham natijasidir, shuningdek, amalga oshirilayotgan harakat- 
lar mavjudligi sharti, mustahkamlash usulidir. Axborot hajmi orti- 
shi bilan boshqaruv axborotining sifat ko‘rsatkichlariga b o ‘lgan 
talab ham ortib boradi.
361


Menejment jarayoni boshqaruv qarorlarini qabul qilish 
maqsadida axborot to‘plash, uzatish va qayta ishlash, boshqaruv 
buyruqlari 
ko‘rinishida axborot berish va uni 
ijrochilarga 
yetkazishdan iborat.
Axborotning quyidagi turlari mavjud: statistik, operativ, iqti­
sodiy, hisob, moliya, ta’minot, kadrlar bo‘yicha, texnologik, mar­
keting, konstruktorlik, ijtimoiy va boshqalar.
Ishlab chiqarishni boshqarishda iqtisodiy axborot alohida o ‘rin 
egallaydi, chunki u kishilaming moddiy boyliklami ishlab chiqarish, 
taqsimlash, 
ayirboshlash 
va 
iste’mol 
qilish 
jarayonidagi 
munosabatlarini aks ettiradi. Shu bilan birga fan-texnika taraqqiyoti 
asosida ishlab chiqarish rivojlanishini aks ettiruvchi ilmiy- 
texnikaviy axborot ahamiyatini ham ta ’kidlab o‘tish lozim.
Kelib chiqish manbasiga bog‘liq ravishda axborot tashqi va 
ichki axborot turlariga bo‘linadi.
Tashqi axborot tashqi muhitdan olinadigan xabarlardan iborat 
bo‘ladi. Bular jum lasiga yuqori tashkilotlar farmoyishlari, reja top- 
shiriqlari, mahsulotni sotish shartlari haqidagi axborotlar kiradi.
Ichki axborot korxona yoki uning boshqaruv bo‘g ‘inida 
shakllanib, iste’mol qilinadi. Korxona miqyosida ular jum lasiga 
sexlar tomonidan rejaning bajarilishi, moddiy-texnikaviy taminot, 
mahsulot tannarxi, kadrlar, mehnat unumdorligi haqidagi axborotlar 
kiritili- shi mumkin.
Y o‘nalishi b o ‘yicha axborot - boshlang'ich va boshqaruv- 
chi (rahbarlik) axborot turlariga bo‘linadi. BoshlangMch axborot 
doimo menejment tizimining quyi darajasidan yuqoriroq darajaga 
qarab harakat qiladi, rahbarlik axboroti esa teskari y o ‘nalishda 
harakatlanadi. Rahbarlik axboroti boshlang‘ich axborotni qayta ish­
lash asosida qaror qabul qilish natijasidir.
362


Axborot vaqt o‘tishi bilan turli ahamiyat kasb etadi. Barqarorlik 
darajasi b o ‘yicha uni barqaror, shartli-barqaror, o ‘zgaruvchan 
turlarga b o ‘lish mumkin.
Barqaror axborot uzoq muddat davomida o ‘z ahamiyatini 
o ‘zgartirmaydi (korxona, uning b o ‘linmalari nomi, mahsulot turi).
Shartli-barqaror axborotning ahamiyati m a’lum muddat davo­
mida saqlanib turadi. Korxona miqyosida bunday axborotga turli 
m e’yor va m e’yoriy hujjatlar (moddiy, mehnat sarfi, ta ’riflar 
m e’yorlari)ni kiritish mumkin. Axborotning bunday turi korxona 
bo‘yicha umumiy axborotning 35% dan ko‘pini tashkil etadi.
0 ‘zgaruvchan axborot menejment obyekti faoliyati va unga mos 
holda boshqaruv jarayonlari o‘zgaruvchanligini aks ettirib, qaror 
qabul qilish uchun tez qayta ishlashni talab etadi.
Menejment faoliyatida, shuningdek, boshlang‘ich axborotni 
qay- ta ishlash natijasida olingan hosila (ikkilamchi) axborotdan 
ham foydalaniladi.
Axborot yig‘indisi menejmentning axborot tizimini tashkil etib, 
u menejment jarayonini axborot bilan ta ’minlash shaklida namoyon 
bo‘ladi.
Axborot to ‘g ‘ri, aniq, o‘z navbatida, obyektiv, mazmunli va 
qarorlami qabul qilish uchun tushunarli bo ‘lishi kerak.
Axborot hajmi jihatidan kichik, mazmun jihatidan chuqur, uning 
matni tushunarli va sodda bo‘lishi lozim.
Korxonani 
axborot 
bilan 
ta ’minlash 
to ‘g ‘ri 
aloqalar 
ko‘rinishidagi turli-tuman axborot oqimlari vositasida amalga 
oshirilib, ular aniq ishlab chiqarish vazifasini hal etish imkonini 
beradi.
363


Zamonaviy yirik korxonalarda axborot hajmi million hujjat 
satrigacha yetadi, bu o ‘rinda barcha axborot tez qayta ishlanishi 
zarurligini ham inobatga olish zarur. M asalan, aviatsiya zavodida 
kundalik birlamchi axborot million k o ‘rsatkichni tashkil etadi. 
Bunday sharoitda axborot bilan ishlashni tashkil etish b o ‘yicha 
quyidagi qator muammolami hal etish lozim b o ‘ladi:
-m aqbul axborot tizimini ishlab chiqish;
-ax b o ro t oqimlarini shakllantirish usullarini ishlab chiqish; 
-axborot qabul qilish va yuborishning maqbul usullarini tanlash; 
-axborotni saqlash va izlashni tashkil etish;
-axborotni qayta ishlash jarayonini m exanizatsiyalash va av­
tomatlashtirish.
Bu y o ‘nalishda olib boriladigan barcha ishlar axborotni yig‘ish 
va qayta ishlashning yagona umum davlat tizimini yaratishni 
ta ’minlashi zarur. Axborotlar y ig ‘indisi m enejmentning axborot tizi­
mini tashkil etadi.
A x b o ro t tizim i - hujjatlar axborot oqimlari, aloqa kanallari va 
menejment obyektining texnikaviy vositalarini qamrab oluvchi 
murakkab axborot majmuidir. M enejment obyektining qandaydir bir 
qismi b o ‘yicha axborot y ig ‘indisi kichik tizim ni tashkil etadi. 
Maqbul axborot tizimini tashkil etish menejmentning u yoki bu 
tashkiliy tizimini loyihalashtirish va uning samarali faoli- yat 
yuritushuning m uhim shartlaridan bo‘lib hisoblanadi.
Axborot tizimlari oddiy va murakkab tizim b o ‘lishi mumkin. 
Oddiy axborot tizimi uni qayta ishlashni talab etmaydi, axborot 
manbasidan u iste’mol qilinishi joyigacha yetkazishda o ‘zgarish yuz
364


bermaydi. Bunday axborot telefon yoki boshqa xabar berish 
vositalari yordamida bir marta beriluvchi xabar sifatida yetkaziladi. 
Murakkab 
axborot 
tizimlari 
axborotni 
qayta 
ishlashning 
mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish darajasi bo‘yicha 
turlarga ajratiladi. Birinchi guruhga qo‘lda yoki eng oddiy 
mexanizmiar yordamida qayta ishlanuvchi axborot tizimlari kiradi. 
Ikkinchi guruhga axborotni to ‘plash, qabul qilish va qayta ishlashda 
mexanizatsiya keng qoilaniladigan axborot tizimlari kiradi. 
Uchinchi guruhga m a’lumotlami majmuiy mexanizatsiya vositasi 
bilan birga avtomatlashtirish elementlarini qo‘llab qayta ishlash va 
to‘plash qo‘llanilgan axborot tizimlari kiradi.
Axborot qabul qilish, uzatish va qayta ishlash siklining avtomat­
lashtirilgan axborot tizimi to ‘rtinchi guruhni tashkil etadi.
Axborotni qayta ishlashda qo‘llaniladigan boshqaruv tizimlari 
avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi (ABT) nomini olgan. ABT 
quyidagi vazifalami bajaradi:
-axborot qabul qilish;
-axborotni qayta ishlash;
—axborotni saqlash, yig‘ish;
-boshqaruv tashkilotiga axborot berish;
-ijrochilarga buyruq uzatish.
Ilg‘or axborot tizimini loyihalashtirish jarayoni quyidagi vazi­
falami amalga oshirishga asoslanishi lozim:
-korxonada mavjud axborot tizimini tahlil qilish, axborotning 
asosiy y o ‘nalishlarini o ‘rganish;
-axborot tizimining iqtisodiy modelini ishlab chiqish;
-zaru r axborot hajmi va mazmunini aniqlash;
-axborot to ‘plash va qayta ishlash uchun texnikaviy vositarlami 
aniqlash;
-axborotni qayta ishlash texnologiyasini yaratish;
-axborot vujudga kelishi va foydalanish davriyligini belgilash; 
-korxonada qo‘llaniladigan axborot uchun shifrlar tizimini ya­
ratish;
-axborotni uzatish va qayta ishlashni avtomatlashtirish va 
mexanizatsiyalashtirish qulay b o ‘lishi uchun standart m a’lumotlami 
loyihalashtirish;
-loyihalashtirish jarayonida olingan barcha materiallami tartib­
ga solish va rasmiylashtirish.
365


Bozor sharoitida ishlab chiqarish axborot tizimlarini ular 
rivojlanishi va loyihalashtirishga tizimli yondashish asosida 
majmuiy tashkil etishni talab etadi. Bu talablarga m a’lumotlami 
qayta ishlashning integratsion tizimi javob beradi. Uni turli 
darajadagi zamonaviy kompyuterlar, inson mashina tizimini har 
tomonlama qo'llash asosida loyihalashtirish mumkin.

Yüklə 10,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   269




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin