4 .
Eskizli loyihalash . Bu aniqlashtirilgan texnik topshiriq asosida bajariladi.
Bu yerda bo’lg’uvchi buyumni ayrim printsipial uze’llari modellashtiriladi,
holatlarni matematik modellari ishlanadi. Bo’lajak buyimni bunyod etishning real
imkoniyatlari tahlil qilinadi va isbotlanadi. Ko’p variantli sinovlar o’tkaziladi,
ko’pincha fizik model (qolip) quriladi. Eskizli loyihalashning natijasi bo’lib
kelajakdagi buyimni aniqlashtirilgan texnik-iqtisodiy tasnifi, uzelning printsipial
tarkibi, tarkibiy qisimlarni detallashgan qayta ishlovi (sxemalar, chizmalar), loyiha
buyurtmasi, maket bo’lishi mumkin bo’lganlar hisoblahadi. Ayrim loyihalar
loyihalash jarayonlarda kelajagi yo’q bo’lishi mumkin, balki davom etishi mumkin.
5. Texnik loyihalash . Bunda buyumni barcha komponentlari qayta ishlanadi:
korpusini dizayini, loyihaning barcha qismlari ishlanadi. Texnik loyihalash to’la
parametrik optimallash, barcha chizmalarga, uze’llar sxemasi, buyumni to’liq
yozilmasi, ishning rejimi va natijalardan tashkil topadi. Buyurtmachi tomonidan
seriyali ishlab chiqarishga berish to’g’risida yechim qabul qilinganida ishchi
loyihaga ishlov beriladi. Loyihalash tashkiloti loyiha ishini texnik loyihalash ishlab
chiqarish hujjatni buyurtmachiga beradi.
6. Ishchi loyihalash . Buyumni ommaviy ishlab chiqarish uchun hujjatlar
to’plami yaratiladi.
7.
Tayyorlash va tuzatish. ALT ning bu bosqichida tuzatish, sinash va ishlab
chiqarish jarayoni qarab o’tiladi. Dastlabki tekshirish (sinash) lar o’tkaziladi va
kamchiliklari ko’rsatiladi va tuzatiladi.
8.
Harakatga kiritish. Bu ALT ni yaratishning oxirgi bosqichi hisoblanib
bunda ALTni buyurtmachiga topshirish ishlari amalga oshiriladi. Bunda masalan
foydalanuvchilarni, qurilish - montajchilarni o’qitish ishlari.