EHM lar uchinchi avlodi 1960 yillar oxiri va 1970 yillar boshlarida paydo bo„ldi. Ushbu
mashinalar integral holda ishlaydigan yarim o„tkazgichlar asosiga qurilgan. Integral sxema ancha
murakkab tranzistorli sxemaga mos tugallangan mantiqiy funktsional bloklarni ifodalaydi.
Ushbu sxemalarning qo„llanilishi EHM lar o„lchamining keskin qisqarishiga, ishonchliligi
unumdorligining oshishiga olib keldi. Bunga ko„p qatlamli chop etish montajining qo„llanishi
ko„mak berdi. Ayni turdagi EHM lar mashinalar tuzilmasining nomarkazlashuv tendentsiyasi
davom etishiga olib keldi. SHundan keyin bir necha, jumladan ixtisoslashgan protsessorli
hisoblash tizimlari keng qo„llanila boshlandi. Tashqi qurilmalar nomenklaturasi o„zgardi.
Ularning tarkibida asosiy o„rinni terminal va terminal stantsiyalar, katta hajmni sig„dira oladigan
magnitli disklar egallaydi.
Ta‟kidlash joizki, bu davrda EHM ning mantiqiy tuzilmasi bilan bog„liq bo„lgan tavsiflar
majmuini anglatuvchi EHM “arxitekturasi” (me‟morchiligi) atamasi joriy etildi. “Arxitektura”
tushunchasiga EHM elementlari (apparatura va dasturiy ta‟minot), foydalanuvchi nuqtai
nazaridan EHM xususiyatini belgilovchi elementlar o„rtasidagi aloqa va o„zaro harakatlar
tamoyillari kiradi. Uchinchi avlod EHM larida ilk bor EHM lar oilasini yaratishga nisbatan
arxitektura jihatdan yagona yondashuv qo„llanilgan. Bunday yondoshuv birinchi galda bir oila
tarkibiga kiruvchi EHM modellarining yagona konstruktorlik-texnologik bazasi va dasturiy
muvoffiqligini anglatadi. Dasturiy ta‟minot va birinchi galda operatsion tizimlarning roli
kuchaydi. Operatsion tizimlarining rivojlanishi mashinalarning turli rejimda paketlarni qayta
ishlash, vaqtni bo„lish, so„rov-javob rejimi ishlarini boshqarishni ta‟minladi. Aytish joizki,
dasturiy ta‟minot qiymati tufayli apparaturalar narxi oshdi. Ushbu avlod mashinalarida ularga
uzoq masofada bo„lgan abonentlarning bevosita kira olish imkoniyati kengaydi. Abonentlarning
EHM lar bilan muloqoti mashina-axborot aloqa kanallari (telegraf, telefon, radioaloqa va
hakazo) bilan bog„liq abonent punktlarining rivojlangan tarmog„i hisobiga amalga oshiriladi.
EHM dan foydalanish sohalari ancha kengaydi. Masalan, samarali ishlash nuqtai nazaridan
mumkin bo„lmagan vazifalar borasidagi cheklashlar deyarli yo„q bo„ldi. Ulardan
foydalanuvchilar o„rtasida vaqtni avtomat ravishda aniqlash rejimidagina emas, boshqaruvchi
tizim tarkibida vaqtning aniq bir ko„lamida ham ishlashga qodir universal mashinalar sifatida
foydalanila boshlandi.