2. Birgalikda harakat qilish qobiliyati. Axborot mahsulotining ahamiyati oshib
borishi bilan mazkur mahsulotlarni kompyuter va inson yoki axborot tizimlari o„rtasida ideal
tarzda almashuvini o„tkazish imkoniyati ilg„or texnologik muammo kasb etadi. Axborot
mahsulotlarini qayta ishlash va uzatish muammosi ularning kelishi va tez harakatlanishi bo„yicha
to„liq muvofiq bo„lishi lozim.
3. Oraliq bo‘g‘inlarni tugatish. Birgalikda harakatlanish qobiliyatining rivojlanishi
axborot mahsulotlari almashish jarayonining takomillashuviga, so„ngra, axborot manbai yo„lidan
iste‟molchiga qarab (ya‟ni, bu sohadagi etkazib beruvchi va iste‟molchilar) oraliq bo„g„inlar
tugatiladi. Masalan, muallif va o„quvchi, sotuvchi va haridor, qo„shiqchi va tinglovchi,
o„qituvchi va o„quvchi yoki iqtisodiy obyektlarda mutahassislar o„rtasida videokonferentsiya,
elektron kiosk, elektron pochta tizimi orqali bevosita muloqot qilish imkoniyati tug„iladi.
4. Globallashtirish. Iqtisodiy obyekt yo„ldosh aloqa va Internet tarmog„idan
foydalanib axborot texnologiyalari yordamida hohlagan joyda va hohlagan paytda ish olib
borishi mumkin. Aynan Internet tufayli odamlar dunyoning har qanday nuqtasidan turib o„zaro
muloqot qilish imkoniga ega. Bu holatda doimiy va yarim doimiy harajatlar yanada keng
geografik mintaqada taqsimlanish hisobiga ustuvorlikka ega bo„ladi.
5. Konvergentsiya. Konvergentsiya AATning zamonaviy rivojlanish jarayonining
oxirgi bosqichi sifatida ko„rib chiqiladi. Bunda mahsulotlar va xizmatlar, axborot va dam olish,
shuningdek, ovozli, raqamli hamda videosignallarni uzatish kabi ish rejimlari o„rtasidagi farq
yo„qoladi. Moddiy ishlab chiqarish va axborot biznesi sohalari o„rtasidagi tafovut o„chib ketadi,
firmalar va korporatsiyalarning faoliyat turlari diverfikatsiyasi, sanoat tarmoqlari, moliya sektori
va xizmat sohalari o„zaro uyg„unlashib ketadi. Shunday qilib, yangi axborot texnologiyalari
– bu dunyo miqyosida jamiyat taraqqiyotining sanoat asridan axborot asriga qarab o„tish
asosidir. Mazkur tendentsiyaning biznesda qo„llanilishi quyidagi o„zgarishlarga olib keladi:
–
har bir ish o„rnida resurslar etarli bo„lganda axborotni qayta ishlash uchun
taqsimlangan shaxsiy (personal) hisoblashlarni amalga oshirish;
–
xabarlarni jo„natish uchun ish o„rinlari birlashganda kommunikatsiyaning
rivojlangan tizimini yaratish;
–
iqtisodiy obyekt axborot oqimiga ulanganda, moslashuvchan global
kommunikatsiyalarga ega bo„lishi;
–
elektron savdo tizimini yaratish va rivojlantirish;
–
iqtisodiy obyekt integratsiyasi – tashqi muhit tizimidagi oraliq bo„g„inlarni
bartaraf etish.