Axborot texnologiyalari evolutsiyasi Reja


Axborotni taqdim etish tizimining rivojlanishi



Yüklə 225,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix06.06.2023
ölçüsü225,74 Kb.
#125795
1   2   3   4   5   6   7   8
Maruza 1

Axborotni taqdim etish tizimining rivojlanishi. Aytish mumkinki, axborot texnologiyasi bir 
necha million yillar avval odamzod o„rtasida ilk bor o„zaro muloqotga kirishish usullari (turli 
tovushlar chiqarish, imo ishora, hatti-harakatlar qilish) paydo bo„lishi bilan birga yuzaga kelgan 
deb aytish mumkin. Bunda axborot almashinuvi faqat yakka shaxslar o„rtasidagina amalga 
oshirilgan. Nutq paydo bo‘lishi bilan birga(taxminan 100 ming yil oldin) odamlar miyasida 
axborot to„planishi imkoniyati yuzaga keldi. 
Keyingi bosqichda, ya‟ni yozuvning paydo bo‘lishi (5-6 ming yil avval) insoniyatning umumiy, 
jamoa xotirasining yuzaga kelishiga sabab bo„ldi. Aynan yozuvning paydo bo„lishi axborotni 
to„plash, uzatish, qayta ishlash, saqlash va etkazish kabi to„liq jarayonni amalga oshirishga 
imkoniyat yaratib berdi. Bu imkoniyat tufayli axborot moddiy tashuvchilarda qayd etila 
boshlandi. Axborot tizimi va texnologiyasining keyingi taraqqiyoti asosan kommunikatsiya 
vositalari bilan bog„liq. 
Kommunikatsiya tizimining rivojlanishi. Axborot texnologiyasining rivojlanishi axborotni 
taqdim etish tizimidan tashqari, axborot kommunikatsiya vositalarini takomillashtirish bilan 
bog„liq edi. Ular axborotning nomoddiy tashuvchisi, ya‟ni nutq paydo bo„lgandan so„ng yuzaga 
kelgan. Buni axborot texnologiyasining rivojlanishi tarixidagi ilk “portlash” deb baholash 
mumkin edi. 
Taraqqiyotning keyingi fazasi – qog‘oz kashf qilingunga qadar axborotning moddiy tashuvchi 
vositalari o„zgarib bordi. Ya‟ni, so„zlarni toshga o„yib yozish orqali birinchi marta axborotni 


ko„z bilan ko„rib qabul qilish imkoniyati yuzaga keldi. 
Eramizdan avvalgi to„rtinchi ming yillikda avvaliga loydan, so„ng yog„ochdan yasalgan 
tablichkalarga yozishga o„tildi va bu axborot-kommunikatsiyalarga dinamik mazmun kasb etdi. 
Papirusning kashf etilishi axborot tashish vositasining hajmini oshirdi va unga buyoq qo„llash 
imkoniyati mavjudligi bois ahamiyati ham oshib bordi. Pergamentning paydo bo„lishi 
(eramizdan avvalgi III asr) bilan esa yangi axborot «portlashi» ro„y berdi: axborotning eng 
maqbul tashuvchisi 
– 
kitob yuzaga keldi (IV asr). 
Axborot texnologiyasining qog„oz fazasi V asrdan boshlanadi. Bu paytda qog„oz (II asrda 
Xitoyda kashf etilgan) Evropa mamlakatlarining sanoat ishlab chiqarish obyektiga aylangan edi. 
Shundan keyingi davr axborot texnologiyasi rivojlanishida katta rol o„ynadi. Shundan so„ng 
savdo va hunarmandchilik rivojlangach shahar pochtasi, XV asrdan boshlab esa xususiy pochta 
(G„arbiy Evropa), XVI-XVII asrlarda markaziy qirollik pochtasi (Frantsiya, Shvetsiya, Angliya 
va boshqalar) yuzaga keldi. Ushbu barqaror kommunikatsiya tufayli axborot faoliyatiga yanada 
ko„proq odamlar jalb etilmoqda va u yirikroq mintaqalarni qamrab olmoqda. 
Germaniyada kitob chop etilishining kashf etilishi (XV asr o„rtasida) axborot texnologiyasi 
rivojlanishi jarayonida kashfiyot bo„ldi. Bu hol unga ommaviylik olib keldi. Mohiyatan bu 
tabiatshunoslikda ilmiy-texnik taraqqiyotining yangi bosqichi bo„lib qoldi. Ilmiy-texnik 
atamaning paydo bo„lishi axborot texnologiyasida sifat o„zgarishini, ko„p nushada kitob, jurnal, 
gazeta, geografik harita, texnik chizmalarning chop etilishi esa miqdor o„zgarishini keltirib 
chiqardi. 
XIX asr oxiridagi texnik inqilob bilan bog„liq axborot texnologiyasi rivojlanishidagi yangi 
bosqich barqaror xalqaro kommunikatsiya shakli sifatida pochta aloqasining yuzaga kelishi 
bilan izohlanadi. Ayni davrda fotografiya (1879 y.), telegraf (1832 y.), telefon (1876 y.), radio 
(1895 y.) kashf qilingan edi. Axborot texnologiyasi rivojlanishida foydalanuvchi uchun qulay 
shaklda axborotni olish, saqlash va tezda uzatishning umumjahon tizimini yaratish davri yuzaga 
keldi. Bu esa axborotni texnik, ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotning harakatlanuvchi kuchiga 
aylantirdi hamda zamonaviy texnik inqilob bosqichida uning etakchilik kuchini belgilab berdi. 
Natijada uzoq yillar davomida jamiyatda juda katta hajmda axborot to„planib qolishi va undan 
oqilona foydalana olmaslik masalasini hal etish imkoniyati yuzaga keldi. 
Axborot ham mazmun, ham miqdor jihatidan insoniyat iste‟mol qiladigan eng qimmatli 
mahsulotlardan biriga aylandi. Axborot inqilobining taraqqiyoti XX asr ikkinchi yarmida yangi 
bosqichga keldi. Bu davrda axborot texnologiyasi rivojlanib, qog„oz o„rnini texnik vositalar 
egalladi. Endi axborotni uzatish (elektromagnit to„lqinlar yordamida) tezligi og„zaki nutqqa 
nisbatan million marta ortib keldi. 
Intiutsiyasi (ekspert tizimi) ishlab chiqarish kuchiga aylandi, sun‟iy intellekt esa texnik 
taraqqiyotning sifat jihatidan yangi vazifalarini hal etish imkoniyati yuzaga keldi. Mashinaviy 
dinamik axborot tizimining alohida ahamiyati jamiyat hayotida eng oldingi rejaga yanada 
zamonaviy EHM va u bilan bog„liq texnologiyalarni yaratish muammosini qo„ydi. Insonlar 
o„rtasida (endilikda inson va mashina o„rtasida) o„zaro axborot harakati mexanizmining 
rivojlanish tarixi axborot texnologiyasini barcha ilm sohalari rivojlanishining yagona 
integratsiya tizimi sifatida tushunishga asos beradi. 
XX asrning 50 yillarida EHM ning paydo bo„lishi va ulardan foydalanish imkoniyatining jadal 
oshib borishi bilan mehnatni avtomatlashtirish, axborot mahsulotlari va xizmati bozorining 
yuzaga kelishiga asos bo„ldi. 
Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasining rivojlanishi axborotni qayta ishlash va uzatish 
bo„yicha yangi texnik vositalarning paydo bo„lishi, EHM dan foydalanishning tashkiliy 
shakllarini takomillashtirish, infratuzilmani yangi kommunikatsiya vositalari bilan boyitish bilan 
bir qatorda kechdi. 
Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasining evolyutsiya jarayoni 1-jadvalda berilgan. EHM 
avlodlari almashuvi ro„y berdi. Bu EHMning asosiy texnik foydalanish va iqtisodiy parametrlari, 
birinchi navbatda samaradorlik, xotira hajmi, ishonchliligi, gabarit o„lchami va narxi kabi 


omillar o„zgarishi bilan bog„liq edi. Mashina orqali echish uchun vazifalarni tayyorlash ish 
hajmini kamaytirish, insonning EHM bilan aloqasini engillashtirish hamda EHMdan foydalanish 
samaradorligini oshirish EHM rivojlanishining asosiy omili edi va shunday bo„lib qolmoqda. 
1-jadval 

Yüklə 225,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin