EHM larning ikkinchi avlodi nafaqat muxandislik va ilmiy vazifalarni, shuningdek, keladigan
hamda chiqadigan katta hajmdagi axboroti bilan farqlanuvchi iqtisodiy, axborot masalalarini hal
etishda ham qo„llanila boshlandi. Ularning nisbatan takomillashgan element bazasi sezilarli
darajada protsessorning tezroq harakatlanishiga va xotira hajmini oshirishga, EHM o„lchami
qisqarib energiya sarfining kamayishiga imkon berdi. Bunga ko„p darajada axborotni bosib
chiqarish montajining qo„llanishi sabab bo„ldi.
Dostları ilə paylaş: