Axborot texnologiyalari evolutsiyasi
Reja:
1.
Axborot texnologiyalari evolyutsiyasi – axborot texnologiyalari taraqqiy etishining
asosiy bosqichlari.
2.
Axborotlarni taqdim etish tizimlarining rivojlanishi
3.
Axborot texnologiyalarining rivojlanish tendensiyasi.
Tayanch tushunchalar: Axborot texnologiyalari evolyutsiyasi, rivojlanish tendensiyasi,
taqdim etish tizimlari
Axborot texnologiyalari taraqqiy etishining asosiy bosqichlari
Axborot texnologiyasining rivojlanishi bir nechta bosqichlarni o„z ichiga oladi. XIX asrning
ikkinchi yarimigacha axborot texnologiyasining asosini pero, siyohdon va buxgalteriya daftari
tashkil etgan (qo„l axborot texnologiyasi).
Kommunikatsiya (aloqa) paket (rasmiy hujjatlar solingan konvert) yuborish orqali amalga
oshirilar edi. Axborotni qayta ishlash mahsuldorligi o„ta past bo„lib, har bir xat alohida, qo„lda
ko„chirib olingan. Qaror qabul qilish uchun bir-biriga qo„shiladigan hisob-kitobdan boshqa
axborot ham bo„lmagan.
“Qo„l” axborot texnologiyasi o„rniga XIX asr oxirida “mexanik” texnologiya kirib keldi. Yozuv
mashinasi, telefon, diktafonning kashf etilishi, jamoa pochtasi tizimining takomillashuvi – bular
bari avvaliga axborotni qayta ishlash texnologiyasida, so„ng ish mahsuldorligida sezilarli
o„zgarishlar yuz berishiga zamin bo„ldi. Mohiyatan, mexanik texnologiya mavjud muassasalarda
tashkiliy tarkibining shakllanishiga yo„l ochib berdi. XX asrning 40-60 yillarida “elektr”
texnologiyasi paydo bo„lib, u echib almashtiriladigan elementlarga ega elektr yozuv
mashinkalari, oddiy qog„ozdan foydalanuvchi nusxa ko„chirish mashinasi, portativ
diktafonlardan iborat edi. Aynan shu vositalar hujjatlarni qayta ishlash sifati, soni va tezligini
oshirish hisobiga boshqarish faoliyati yaxshilandi. Ko„pgina zamonaviy muassasalar «elektr»
texnologiyasiga asoslanadi.
1960 yillarning ikkinchi yarmidan esa “elektron” (yoki “kompyuter”) texnologiyasi yuzaga kela
boshladi va axborotning shaklini emas, mazmunini o„zgartirishga urg„u berila boshlandi.
Ma‟lumki, boshqaruvning axborot texnologiyasi axborotni qayta ishlash bo„yicha eng kamida
quyidagi muhim uchta tarkibiy qismga ega bo„lishi lozim: hisobga olish, tahlil va qaror qabul
qilish. Bularni kompyuterlarda amalga oshirish tobora murakkablashib bormoqda. Chunki, o„zida
sanoqsiz ma‟lumotlarni jamlagan “qog„ozlar dengizi” tobora kengayib bormoqda.
Dostları ilə paylaş: |