86
V-BOB. ELEKTRON BIZNES TIZIMLARI
5.1. Mavzu: Tashkilot biznes tizimlari. Mijozlar bilan
munosabatlarni boshqarish. Korxona resurslarini
rejalashtirish
Reja:
1.
Yetkazib berish zanjirini boshqarish. Korxona dasturiy ilovalarini
integratsiyalash. Tranzaksiyalarni amalga oshirish tizimlari.
2.
Korxona hamkorlik tizimlari. Funksional biznes tizimlari
3.
Biznesda axborot tizimlari. Marketing tizimlari. Moliyani
boshqarish tizimlari
Internet nisbatan qisqa vaqt ichida katta yo‘lni bosib o‘tdi, u avval
oddiy AQSh va Yevropa harbiy-ilmiy institutlarini
aloqa kanallarini
birlashtirgan bo‘lsa, hozirda telefon va sun‘iy yo‘ldosh aloqa kanallari
orqali butun jahon axborot muhitini o‘z ichiga qamrab olmoqda.
Internetda tijoratdan foydalanish g‘oyasi, uning ommaga tashkilot va
foydalanuvchilarga keng foydalanish imkoniyati paydo bo‘lishi bilan
vujudga kelgan. Avvaliga u faqat axborotlarni joylashtirish,
undan
foydalanish va elektron pochta xizmatlarga ko‘rsatgan.
Foydalanuvchilar va ish bilarmon foydalanuvchilarni ortishiga,
HTML (Hyper-Text Markup Language), ularning protokoli HTTP
(Hyper-Text Transfer Protokol), shuningdek,
ushbu gipermatnlarni
ko‘rsatuvchi-brauzer dasturlarning paydo bo‘lishi sabab bo‘lgan.
Ushbu innovatsiyalar orqali axborot Internetda zamonaviy
ko‘rinishga ega bo‘lgan. Internetda joylashtirilgan axborotlarga
elektron nashrlar deb nom berildi. Natijada dizayn,
dasturlash kabi
xizmatlarga talab paydo bo‘ldi. Veb-dizayn deb nom olgan agentlik
tashkil topdi va u mijozlarga axborot resurslarini Internetda yaratishga
yordam berdi. Elektron nashrlar Internet-nashriyot, Internet-reklama va
qog‘ozda qilinadigon ishlarni elektron shaklda tayyorlashga keng yo‘l
ochib berdi.
Tovar va xizmatlarni elektron to‘lov orqali xarid qilish va global
tarmoqlardan butun dunyo bo‘yicha tranzaksiya o‘tkazmalaridan
foydalanish imkoniyatlari paydo bo‘ldi va elektron tijorat vujudga
keldi. Ko‘pgina Veb-kataloglar reklama va axborot bilan to‘la edi,
elektron to‘lovlar paydo bo‘lgandan so‘ng, ushbu kataloglardan tovar
va xizmatlarni xarid qilish imkoniyati qo‘shildi. Ko‘pchilik elektron
tijoratni Internetda oldi-sotdi ishlarini olib borish deb hisoblaydi, ammo
87
uning kelib chiqishi tijoratni avtomatlashtirish
vositalariga va
faoliyatda global tarmoqdan foydalanishga borib taqaladi.
Yetkazib berish zanjirining boshqaruv tizimi. (Supply Chain
Management – SCM) еtkazib beruvchi, distribyuter va sotib
oluvchilarni yagona mantiqiy jarayonga birlashtiradi. Yetkazib berish
zanjiri deganda yеtkazib berish bo‘yicha
buyurtmani bajarish uchun
birlashtirilgan ishlab chiqarish korxonalari, ulgurji savdo markazlari va
distribyutsiya, insonlar va boshqa ko‘pgina iqtisodiy agentlar
tushuniladi. SCMning sohasiga buyurtmani shakllantirish, yеtkazib
beruvchilarni izlash, ular
orasida buyurtmani taqsimlash, bajarilishini
nazorat qilish, yеtkazib berish rejasi va grafigini aniqlash, qabul qilish
va buyurtmani buxgalteriyaga kiritishlar va boshqalar kiradi.
Mijozlar bilan munosabatni boshqarish tizimlari (Cystomer
Relations Management – CRM) Zamonaviy iqtisodiyotning
paradigmasi e’tiborni ishlab chiqarishga emas, balki mijozga qaratish
hisoblanadi. U zamonaviy kompaniyalarning
biznes-jarayonlarini
rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlariga aylanmoqda.
Tizimning funksiyalari:
1. Sotuvni boshqarish (Mijoz hisobini boshqarish, sotuvni
bashoratlash, tovar va xizmatlar ro‘yhatini boshqarish,
mijozlar bilan
aloqani boshqarish);
2. Marketing (mijozga dolzarb axborotni еtkazish);
3. Mijozga yordam xizmati (mijozlar bilan o‘zaro munosabatni
boshqarish).
Dostları ilə paylaş: