murakkab muammolardan biri «iroda erkinligi» emas, balki «ixtiyor erkinligi» degan istiloh bilan
atalishi maqsadga muvofiqdir.
Ixtiyor erkinligi eng avvalo ixtiyorning uch bosqichda voqe bo‘lishi bilan bog‘liq. Birinchi
bosqich – ichidan faqat bittasini tanlab olish va harakatga aylantirish mumkin bo‘lgan
alohida
xohish–istaklarning tug‘ilishidan iborat. Ikkinchi bosqichda mazkur xohishlarning o‘zaro bir –
birini tutib turishi, teng holatga keltirishi yuz beradi va bu – tanlov oraqali bir qarorda to‘xtash
imkonini yaratadi. Uchinchi bosqich tanlangan xohishning o‘ziga mos jismoniy harakatga o‘tishi
bilan belgilanadi.
Erkinlikka kelsak, shuni aytish kerakki, muayyan ixtiyorga berilgan erkinlik faqat tanlovning
boshlanishida va tanlov jarayonidagina mavjud bo‘ladi. Tanlov jarayoni tugashi bilan, ya’ni ikki
narsadan birini tanlaganingiz zahoti ixtiyoringiz uchun berilgan erkinlikning vakolati tugaydi: siz
ixtiyor qilib bo‘ldingiz, bundan buyog‘iga erkin emassiz, endi tanlagan narsangizga mos harakatni
boshlashingiz kerak. Demak, ixtiyor erkinligi tanlanayotgan ikki narsa oralig‘idagi fikrlash
mobaynidagina voqe bo‘ladigan hodisadir.
Tanlovning o‘zi esa ikki xil xohish o‘rtasidagi kurashdan iborat.
Bu kurashda faqat bitta
hohish – qaysinisi kuchli bo‘lsa, o‘sha g‘alaba qozonadi: ham unisining, ham bunisining baravar
tanlanishi mumkin emas. Ruhshunoslik nuqtai nazaridan tanlov hissiyotga asoslangan,
qanday
sabab orqali vujudga kelishi ahamiyatsiz bo‘lgan ruhiy omil. Axloqshunoslikdagi tanlov esa
qadriyat bilan bog‘liq, aqlga asoslangan tushuncha. Birinchisi –
bor narsa, ikkinchisi – bo‘lishi
kerak deb hisoblangan narsa; birinchisi –mavjud omilni, ikkinchisi – idealni, me’yorni anglatadi.
Shunday qilib, insondagi ixtiyor erkinligi zaruriyat talabi bilan oqilona, aqlga bo‘ysundirilgan
ravishda, ideal va me’yorlarga mos tarzda cheklanadi. Aks holda, muayyan
bir yo bir necha inson
yoki guruhning betiyiq erkin ixtiyori na faqat boshqa insonlar va guruhlar, balki nabotot, hayvonot
olami, butun dunyo uchun fojeaga aylanishi mumkin.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, ixtiyor erkinligi tufayli inson har qadamda axloqiy tanlov
muammosiga duch keladi. Bu muammo kishida mas’uliyat hissi mavjudligidan dalolat beradi.
Mas’uliyatni, o‘zgalar va o‘z vijdoni oldida javobgarlikni sezmagan kishi xohlagan ishga qo‘l
urishi mumkin – uni o‘z qilmishining oqibati qiziqtirmaydi, u faqat
manfaat ustuvorligini tan
oladi, xolos. Unday odamni axloqsiz deb ataydilar. Zero inson yo ezgulikni, yo yovuzlikni
tanlashi tufayli nimanidir ixtiyor etadi: axloqiy tanlov – har bir xatti–harakat,
har bir qilmishning
ibtido nuqtasi.
Dostları ilə paylaş: