Axmedova fotima


Test metodining keng tarqalishi, rivojlanishi va takomillashuviga uning quyidagi afzalliklari



Yüklə 21,67 Kb.
səhifə4/5
tarix16.04.2023
ölçüsü21,67 Kb.
#98918
1   2   3   4   5
Axmedova fotima

Test metodining keng tarqalishi, rivojlanishi va takomillashuviga uning quyidagi afzalliklari:
-Test topshiriqlari tadqiqot maqsadiga muvofiq respondentlarning bilim, ko’nikma va malakalariga aniq baholash imkonini beradi; ( Ijtimoiy so’rovlarda ishtirok etgan ko’psonli respondentlarning fikr va mulohazalarini aniqlash va umumlashtirish imkoniyati mav jud;
-Talabalarning bilim, ko’nikma va malakalarini aniqlash va baholash jarayoni ob’yektiv amalga oshiriladi, baholovchi tomonidan sub’yektivizmga yo’l qo’yish oldini oladi.
-Turli guruh respondentlaridan olingan ma’lumotlarni qiyosiy-statistik tahlilini o’tkazish imkon berishi kabilar zamin yaratgan. 50 Test topshiriqlarining yalpi joriy etishdan avval, tanlangan maqsadli guruhda sinovdan o’tkazish, olingan natijalar va baholashning ob’yektivligi tahlil qilinishi lozim. Olingan natijalar va testlarning maqsadga muvofiqligi quyidagi mezonlar bo’yicha tahlil qilinadi:
Test topshiriqlarining qiyinlik darajasi mezoni. Test topshiriqlarining qiyinlik darajasi mezoni o’rganilayotgan ob’yektning xususiyatlarini o’zida to’liq aks ettirib, u talabalar tomonidan mazkur xususiyatlarni aniqlash uchun bajaradigan aqliy operatsiyalariga ko’ra:
-Reproduktiv daraja;
-Produktiv daraja;
-Qisman-izlanishli daraja;
-Ijodiy (kreativ) darajada bo’lishi mumkin.
Reproduktiv darajadagi test topshiriqlari talabalarning tomonidan yodda saqlangan bilim, ko’nikma va malakalarni tanish odatiy vaziyatda axborotlarni qayta ishlamasdan javob qaytarishni talab etadi. Bu darajada tuzilgan testlar talabalar tomonidan o’zlashtirgan bilim, ko’nikma va malakalarni aniq baholash imkonini bermaydi.
Produktiv darajada tuzilgan test topshiriqlari talabalar tomonidan o’rganilgan ob’yektlarni qiyoslash, o’xshashlik va farqlarni aniqlash, umumiy xulosa chiqarish orqali javob berishni talab etadi.
Qisman-izlanishli darajadagi test topshiriqlari talabalar tomonidan o’rganilgan ob’yektlarning xususiyatlarini boshqa ob’yektga ko’chirish, mazkur ob’yektlarni taqqoslab, keyingi ob’yektning o’ziga xos xususiyatlari haqida xulosa chiqarish, qisman izlanish olib borishni talab etadi. Talabalar tomonidan mazkur darajadagi test topshiriqlariga javob berishda avval o’zlashtirilgan bilimlar yangi vaziyatlarga ko’chiriladi.
Ijodiy (kreativ) darajada tuzilgan test topshiriqlari talabalar tomonidan ijodiy fikr yuritish ko’nikmalariga ega bo’lish, mazkur test topshiriqlarini bajarish jarayonida talabalar tomonidan avval o’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va malakalarni yangi kutilmagan vaziyatlarda qo’llashni talab etadi. Dastlabki reproduktiv va produktiv darajadagi test topshiriqlari o’quv fan bo’yicha tasdiqlangan DTS ining minimal darajasiga, qismanizlanishli va ijodiy (kreativ) darajadagi test topshiriqlari DTSining maksimal darajasiga mos tuzilishi zarur.

Yüklə 21,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin