Aziz o‘quvchilar!



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə126/136
tarix19.05.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#117486
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   136
10-ona-tili-konspekt

112-mashq. A. Oripovning G‘afur G‘ulom xotirasiga bag‘ishlangan «Alvido, ustoz» she’ridan olingan parchadagi iqtibos va uning asosiy matn bilan munosabatiga e’tibor bering ,uni tushuntirishga harakat qiling.
«Zo‘r karvon yo‘lida yetim bo‘tadek
Intizor ko‘zlarda halqa-halqa yosh...»
Sarbonim, qo‘lingdan ketdimikin erk, Sarbonim, ne uchun ko‘tarmaysan bosh...
113-mashq. M. Yo‘ldoshevning «Badiiy matn lingvopoetikasi» monografiyasidan olingan quyidagi parchani o‘qing. Undagi iqtibos larning qo‘llanish maqsadini, asosiy matn bilan bog‘lanishini tushuntirishga harakat qiling. Ularning manbalariga e’tibor bering. Iqtiboslarda ifodalangan fikrlar haqida bahslashing. Adabiyotning so‘z san’ati ekanligi, uning birlamchi unsuri til ekanligi haqidagi haqiqatni hech kim hech bir zamonda inkor etgan emas. Kishilik tarixida adabiyot atalmish dunyoni obrazli idrok etish san’ati yaralibdiki, bu san’atning ifoda vositasi bo‘lgan so‘z, tilni tugal talqin etmoqday mashaqqat li yumush inson tasavvuri va tafakkurini muttasil band etib keladi.
Buyuk ma’rifatparvar adib Abdurauf Fitrat: «Go‘zal san’atlardan tovar (materiyol) tovush, ohang bo‘lsa, go‘zal san’at musiqiy bo‘ladir; bo‘yovlar, chiziqlar bo‘lsa, rasm bo‘ladir; tosh yo boshqa turli ma’danlar esa haykalchilik bo‘ladir; tosh, yog‘och, kirpich, ganch, tuproq bo‘lsa, me’morliq bo‘ladir; tan, mug‘a (muqom, mimika) harakatlari esa o‘yun (tans) bo‘ladir; gap, so‘z esa adabiyot bo‘ladir» deb yozadi va adabiyotga shunday ta’rif beradi: «Adabiyot – fikr, tuyg‘ularimizdagi to‘lqunlarni
so‘zlar, gaplar yordami bilan tasvir qilib, boshqalarda ham shunday to‘lqunlarni yaratmoq dir» (Fitrat A. Ada biyot qoidalari / Tanlangan asarlar. IV jild. – Toshkent: Ma’naviyat, 2006. 12–13-betlar).
Atoqli o‘zbek adabiyotshunosi O. Sharafiddinov shunday yozadi: «Rangsiz tasviriy san’at, ohangsiz musiqa bo‘l maganidek, tilsiz adabiyot ham bo‘lmaydi. Adabiyotni insonshunoslik deydilar. Darhaqiqat, yozuvchi xilma-xil insoniy xarakterlarni tadqiq qilib, jamiyat rivojiga yordam beradigan salmoqli haqi qatlarni kashf qiladi. Biroq bularning hammasi adabiyotda til orqali ro‘yobga chiqariladi» (O. Sharafiddinov Adabiyot tildan boshlanadi // O‘zbekiston adabiyoti va san’ati. 1986. 5-sen t abr).

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin