Aziz o‘quvchilar!



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə127/136
tarix19.05.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#117486
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   136
10-ona-tili-konspekt

114-mashq. Taniqli adabiyotshunos Umarali Normatovning «Istiq lol qayg‘usi» nomli tadqiqotidan olingan parchadagi iqtibosning asosiy matn bilan munosabatini izohlang. Abdulla Qodiriy asarlari haqida bilganlaringizni gapiring.
Qodiriy «O‘tkan kunlar»da tanlagan yo‘lga e’tiroz bildirish badiiy ijodning oddiy qonuniyatini, yozuvchining oddiy ijodiy erki, huquqini, ruhiy erkinligini mensimaslik, rad etish demakdir. Bu yerda men Qodiriy, aniqrog‘i, uning tarixiy romanlari xususida
faqat birgina odam, iste’dodli va insofli adib Maqsud Shayxzodaning dil so‘zlaridan bir parcha keltirish bilan cheklanaman. «Abdulla Qodiriy, – deydi u, – o‘ziga yaqin bo‘lgan qardosh xalqlar adabiyotlari, xususan, ozarbayjon, tatar, rus adabiyotlari tajribalaridan foydalanib, birinchi o‘zbek romani – yevropa adabiyoti mezonlari bilan o‘lchanadigan roman yaratdi. Abdulla Qodiriy bu romanlari bilan favqulodda iste’dod sohibi, yirik
asarlar ustasi ekanini isbotladi...»
115-mashq. Taniqli tilshunos E. Begmatovning «Hozirgi o‘zbek adabiy tilining leksik qatlamlari» monografiyasidan olingan parchadagi iqtibosning nima maqsadda keltirilganligi haqidagi fikrlaringizni ayting.
Professor A. Hojiyevning ta’kidlashicha, o‘z qatlam shu tilning o‘ziga xos leksik qatlamdir. O‘z qatlamni u shunday izohlaydi: «O‘z qatlamga o‘zbek tilining o‘ziniki bo‘lgan, shuningdek, turkiy tillar uchun umumiy bo‘lgan so‘zlar kiradi. O‘zbek tili lug‘at tarkibida turkiy tillar uchun umumiy bo‘lgan so‘zlar kattagina qismni tashkil etadi» (Hozirgi o‘zbek adabiy tili. 1-tom. – Toshkent: O‘qituvchi, 1980. 121-bet).
116-mashq. Iqtibosning matnga olib kirilishi maqsadini tushuntiring. Iqtibos va matn o‘rtasidagi mazmuniy bog‘lanishni izohlang. «Gap» odatda choyxo‘rlikdan boshlangan va gap beruvchi kishining imkoniyatiga qarab quyuq-suyuq taomlar tortilgan. Taomlar orasida kuyqo‘shiqlar tinglangan, ashulalar ijro etilgan, askiyabozlik, qiziqchilik qilingan, latifa, naql, rivoyatlar hikoya qilingan. Bahodir Sarimsoqov to‘g‘ri ta’kidlaganidek, «gap-gashtak marosimlarida xalq qo‘shiqlari va termalari ham ijro etiladi. Ammo mazkur marosimning o‘zidagina aytiladigan maxsus qo‘shiq yoki aytimlar haqida aniq ma’lumot mavjud emas. Taxminimizcha, o‘tmishda gap-gashtak qo‘shiqlari bo‘lgan, lekin keyinchalik ular unutilib ketgan» (Sarimsoqov B. O‘zbek marosim folklori. – Toshkent, 1986. 45-bet) (M. Jo‘rayev) A. Hojiyevning «O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati»dan olingan vatan so‘zi sinonimlari tavsifi bilan tanishing, ulardagi ma’no nozikliklarini eslab qoling. Bu so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin