1. Genetika fanining predmeti, vazifalari va tadqiqot uslublari?


Monoduragay chatishtirish. G.Mendelning o‘simlik duragaylaridagi tajribalari va uning 1 va 2 qonunlari ?



Yüklə 23,21 Kb.
səhifə3/4
tarix17.05.2023
ölçüsü23,21 Kb.
#114824
1   2   3   4
Umumiy genetika savol va javob

3. Monoduragay chatishtirish. G.Mendelning o‘simlik duragaylaridagi tajribalari va uning 1 va 2 qonunlari ?
Javob: Bir juft belgisi bilan o‘zaro keskin farq qiluvchi ota-ona organizmlami chatishtirish monoduragay chatishtirish deyiladi.
• Mendel dastavval bitta belgisi, so‘ngra ikki va nihoyat uchta va undan ortiq belgilari bilan keskin farqlanuvchi no‘xat navlarini o‘zaro chatishtirdi;
• chatishtirishdan olingan duragay urug‘lar kelgusi yili ekilib, birinchi avlod (F1,) o‘simliklari olindi va ular o‘rganilayotgan belgisi bo‘yicha tavsiflandi. F1 o‘simliklari o‘z-o‘ziga chatishtirildi;
• har qaysi F1, o‘simligidan olingan duragay urug‘lar kelgusi yili ayrim-ayrim, alohida oila tarzida ekilib, ikkinchi (F2) avlod o‘simliklari olindi. F2 da o'simliklarning belgilari bo‘yicha xilma-xillik guruhlari -sinflari ajratilib, ularda o‘simliklar soni aniqlandi. Bu ko‘rsatgich bo‘yicha F2 dagi belgilar ajralishida sinflarning o‘zaro miqdoriy nisbatini aniqlash uchun matematik-statistik metoddan foydalandi;
• ikkinchi avloddagi har qaysi sinfga oid o‘simliklar o‘z-o‘ziga chatishtirilib, ularning avlodlari keyingi yillarda F3, F4 tarzida tahlil qilindi;
• olingan dalillar asosida belgilarning irsiylanish qonunlari ochildi.
Mendel no‘xatning bir juft belgisi, ya’ni gulining rangi qizil va oq bo‘lgan navlarini chatishtirib, birinchi avlod (F1) duragay o'simliklarini oldi. F1 duragaylarining barchasi qizil gulli bo'lgan. Demak, birinchi avlodda bir juft keskin farqlanuvchi belgidan (qizil-oq) faqat bittasi namoyon bo‘ldi. Ikkinchi belgi esa rivojlanmadi.Bir belgining ikkinchi bir belgi ustidan ustun qilishlik holatini Mendel dominantlik hodisasi deb atadi. Birinchi avlodda namoyon bolgan belgi dominant belgi, namoyon bo‘lmagan belgi esa retsessiv belgi deb ataladi.Bayon etilgan irsiy jarayon Mendel birinchi qonunining mazmunini tashkil etadi. Bu qonun birinchi avlod duragay organizmlarining dominantlik yoki bir xillilik qonuni deb ataladi.
Mendelning ikkinchi qonuni. F1 o‘simliklari o‘z-o‘ziga chatishtirilib olingan ikkinchi avlod (F2) duragay o‘simliklarini tahlil qilish natijasida, ularda gul rangi bo‘yicha xilma-xillik hodisasi borligi aniqlandi.Ularning orasida qizil gulli o‘simliklar xam oq guli o‘simliklar ham paydo bo‘ldi. Ularning miqdoriy nisbati 3:1 bo‘lgan. Bu irsiy jarayon Mendelning ikkinchi qonuni yoki ikkinchi avlodda belgilarning ajralish qonuni deb ataldi.

Yüklə 23,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin